Ubaydullaeva Shaxlo Majidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qandli diabet 2 turi negizida yurak ishemik kasalligi bor bemorlarda revaskulyarizatsiyadan keyin miokardning morfofunksional xolati” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3510.
Ilmiy rahbar: Alyavi Baxromxon Anisxonovich, tibbiet fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, bir martalik Ilmiy kengash raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiet fanlar doktori, professor; Muxamedova Muyassar Gafurjanovna, tibbiet fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalligi va qandli diabet 2-turi mavjud bemorlarda teri orqali koronar aralashuvdan keyin miokardning morfofunksional holati xususiyatlarini, global bo‘ylama deformatsiya va standart exokardiografik ko‘rsatkichlar dinamikasin, shuningdek, miokard funksiyasi tiklanishi va klinik natijalarga ta’sir qiluvchi xavf omillarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak ishemik kasalligi va qandli diabet 2-turi mavjud bemorlarda teri orqali koronar aralashuvdan keyin spekl-treking exokardiografiya orqali miokardning morfo-funksional xususiyatlari, jumladan global bo‘ylama deformatsiya ahamiyati aniqlangan;
global bo‘ylama deformatsiya ko‘rsatkichi qoldiq ishemiya, miokard remodellanishining ilk belgilari va yurak etishmovchiligi rivojlanish ehtimolini bashorat qilishda muhim prognostik ahamiyati aniqlangan;
glikemik nazorat darajasi va miokard faoliyati tiklanish dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rsatilib, teri orqali koronar aralashuvdan keyingi uzoq muddatli prognozni yomonlashtiruvchi insulinrezistentlikning ahamiyati asoslangan;
standart exokardiografik ko‘rsatkichlar yomonlashishidan avval global bo‘ylama deformatsiya o‘zgarishi uni revaskulyarizatsiyadan keyingi yurak funksiyasi buzilishini erta aniqlashda istiqbolli usul ekanligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:                                          
Yurak ishemik kasalligi va qandli diabet 2-turi mavjud bemorlarda miokard morfo-funksional xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik. yurak ishemik kasalligi va qandli diabet 2-turi mavjud bemorlarda teri orqali koronar aralashuvdan keyin spekl-treking exokardiografiya orqali miokardning morfo-funksional xususiyatlari, jumladan global bo‘ylama deformatsiya ahamiyati aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati mintaqaviy filiali 21.11.2024 yildagi 56-sonli, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali 06.12.2024 yildagi 254-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy markazi 04.01.2025 yildagi 01/nauka-sonli va Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik kasalliklar shifoxonasi 24.03.2025 yildagi 56-sonli buyruqlar asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: miokardning morfo-funksional xususiyatlari baholash yurak faoliyatini tiklanishini bashorat qilish, reabilitatsiya sifatini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: teri orqali koronar aralashuvdan keyin bemorni kuzatish xarajatlari kamayishi, kasalxonada etish kunlarini kiskarishiga olib keladi. Xulosa: GLS baholash - miokard disfunksiyasini erta aniqlash, davolashni individuallashtirish va sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini kamaytirishda muhim vosita hisoblanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: global bo‘ylama deformatsiya ko‘rsatkichi qoldiq ishemiya, miokard remodellanishining ilk belgilari va yurak etishmovchiligi rivojlanish ehtimolini bashorat qilishda muhim prognostik ahamiyatga ega ekani aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati mintaqaviy filiali 21.11.2024 yildagi 56-sonli, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali 06.12.2024 yildagi 254-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy markazi 04.01.2025 yildagi 01/nauka-sonli va Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik kasalliklar shifoxonasi 24.03.2025 yildagi 56-sonli buyruqlar asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: GLS kamayishi SYuE xavfi orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ekani aniqlash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: GLS asosida SYuEning erta aniqlanishi davolash samaradorligini oshirildi Xulosa: GLS — teri orqali koronar aralashuvdan keyin SYuE va remodellanishni erta bashorat qilishda kalit marker bo‘lib, sog‘liqni saqlash xarajatlarini kamaytirishda katta ahamiyatga ega
uchinchi ilmiy yangilik: glikemik nazorat darajasi va miokard faoliyati tiklanish dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rsatilib, teri orqali koronar aralashuvdan keyingi uzoq muddatli prognozni yomonlashtiruvchi insulinrezistentlikning ahamiyati asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati mintaqaviy filiali 21.11.2024 yildagi 56-sonli, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali 06.12.2024 yildagi 254-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy markazi 04.01.2025 yildagi 01/nauka-sonli va Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik kasalliklar shifoxonasi 24.03.2025 yildagi 56-sonli buyruqlar asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qondagi glyukoza darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarda miokard tiklanishi sekin kechishi, asoratlar xavfi ortishi aniqlanishi imkoni yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: insulinrezistentlikni erta bartaraf etish miokard tiklanishini jadallashtirib, uning prognozini yaxshilanishi imkonini berdi. Xulosa: qondagi glyukoza nazorati va insulinrezistentlikni koreksiya qilish teri orqali koronar aralashuvdan keyingi uzoq muddatli prognozni yaxshilashga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: standart exokardiografik ko‘rsatkichlar yomonlashishidan avval global bo‘ylama deformatsiya o‘zgarishi uni revaskulyarizatsiyadan keyingi yurak funksiyasi buzilishini erta aniqlashda istiqbolli usul ekanligi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati mintaqaviy filiali 21.11.2024 yildagi 56-sonli, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali 06.12.2024 yildagi 254-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy markazi 04.01.2025 yildagi 01/nauka-sonli va Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik kasalliklar shifoxonasi 24.03.2025 yildagi 56-sonli buyruqlar asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: miokardning global bo‘ylama deformatsiyasi – disfunksiyani subklinik bosqichda aniqlash va davolashni o‘z vaqtida boshlashda muhimligini ko‘rsatib beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bu usul yurak kasalliklari xavfini pasaytirish, hayot sifatini yaxshilash, terapiya samaradorligini oshirish imkonini beradi. Xulosa: Miokardning global bo‘ylama deformatsiya ko‘rsatkichi – miokard disfunksiyasini erta aniqlash, asoratlarni kamaytirish va sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini optimallashtirishda muhim o‘rin egallaydi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish