Yusupov Ruslan Baxtiyorovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlar investision faolligini oshirish orqali mahalliy byudjetlar daromad bazasini mustahkamlash yoʼllari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Axmedov Sayfulla Normatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hududlar mahalliy byudjetlar daromad bazasini mustahkamlash va unga hududiy   bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hududlarning investision jozibadorligi va raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida direksiyalar va sanoat zonalarida tashkil etiladigan korxonalarning mol-mulk solig‘i, er solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etish taklif etilgan; 
mahalliy byudjetlarning kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida mahalla ettiligining tavsiyasiga binoan,  onlayn auksion savdolari asosida, er uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib to‘lashga ruxsat berish taklif etilgan;
hududlarida ipakchilik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida tutzorlar bilan band bo‘lgan er uchastkalari uchun er solig‘ini soliq stavkalariga 0,1 koeffisient qo‘llagan holda to‘lash, hamda ipak qurti etishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan mol-mulklarga yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod qilish taklif etilgan;
jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘ining variatsion kengligini 30 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash orqali mahalliy byudjetlarning daromadlari manbai barqarorligini oshirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlar investision faolligini oshirish orqali mahalliy byudjetlar daromad bazasini mustahkamlash yo‘llari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
hududlarning investision jozibadorligi va raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida direksiyalar va sanoat zonalarida tashkil etiladigan korxonalarning mol-mulk solig‘i, er solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-maydagi “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-181-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 29-iyuldagi 06/33-4-5031-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yangi korxonalar tashkil etilishi, yangi ish o'rinlarining paydo bo'lishiga olib keladi. Bu, ayniqsa, ish bilan ta'minlanmagan hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qilgan;
mahalliy byudjetlarning kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida mahalla ettiligining tavsiyasiga binoan, onlayn auksion savdolari asosida, er uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib to‘lashga ruxsat berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 29-iyuldagi 06/33-4-5031-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida onlayn auksionlar orqali er uchastkalarining sotilishi va ulushlarga bo‘linib to‘lanishi, ayniqsa kam daromadli qatlamlar uchun keng imkoniyat yaratgan. Bu ularga erga ega bo‘lish va o‘z bizneslarini boshlash imkoniyatini beradi, bu esa kambag‘allikni kamaytirishga yordam bergan;
hududlarida ipakchilik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida tutzorlar bilan band bo‘lgan er uchastkalari uchun er solig‘ini soliq stavkalariga 0,1 koeffisient qo‘llagan holda to‘lash, hamda ipak qurti etishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan mol-mulklarga yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod qilish taklifi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-maydagi “Pilla etishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-72-son farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 29-iyuldagi 06/33-4-5031-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tutzorlar bilan band bo‘lgan er uchastkalari uchun soliq stavkalariga 0,1 koeffisient qo‘llanilishi, ipakchilik bilan shug‘ullanadigan fermerlar va korxonalarga qo‘shimcha iqtisodiy rag'batlantirish bergan. Bu, o‘z navbatida, tutzorlarning ko‘payishiga va ipakchilik sohasining yanada rivojlanishiga xizmat qilgan;
jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘ining variatsion kengligini 30 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash orqali mahalliy byudjetlarning daromadlari manbai barqarorligini oshirish taklifi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-422-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 29-iyuldagi 06/33-4-5031-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida, variatsion kenglikni joriy etish, soliq to‘lovchilar uchun aniq va adolatli tizim yaratadi. Bu, soliq yig‘ish jarayonining shaffofligi va samaradorligini oshiradi, soliq to‘lovchilarni rag‘batlantiradi va ularning o‘z vaqtida to‘lov qilish ehtimolini oshirgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish