Xodjimatov Umidjon Jasurbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Epileptik statusda serebral gipoksiya. Davolash tamoyillari», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
 Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3167.
Ilmiy rahbar: Azizova Ra’no Baxadirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Muratov Faxmitdin Xayritdinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi:  epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda epileptik status holatida klinik-biokimyoviy, immunologik ko‘rsatkichlarning xususiyatlarini o‘rganish, tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
epileptik statusli bemorlarda patologiyaning rivojlanishiga olib keluvchi asosiy omillar sifatida serebrovaskulyar shikastlanishlar posttravmatik bosh miya jaroxatlari, shuningdek, infeksion yalliglanish jarayonlari kayd etilgan bo‘lib, ushbu holatlarda epilepsiyaning davomiyligi 20-30 yilgacha etishi patologik jarayonning surunkali va residiv xarakterda kechishi, epileptik status bilan yakunlanish extimolini oshirishi aniklangan;
epileptik statusda HIF-1α (598,04±173,86) va fibrinogen (5,63±0,44) miqdorining oshishi gemostazning faollashuviga olib kelishi xamda epileptik statusga ega bemorlarda miya gipoksiyasini kuchaytirishi va organizmda gipoksik holatning shakllanishida muhim rol` o‘ynashi isbotlangan;
epileptik statusda MoSA shkalasi va hayot sifatini baxolashning 5 balli shkalalari natijalari bemorlarni davolashda individual yondashuvni ishlab chiqish hamda o‘tkazilayotgan terapiya samaradorligini baholash uchun muhim vositalar ekanligi aniqlangan;
epilepsiyada qo‘llanilgan davolash  rejasi  epileptik xurujlarni nazorat qilishi, kognitiv buzilishlarni yaxshilashi va hayot sifatini oshirishi tufayli bemorlarni davolash usuli patogenetik daolash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Serebral gipoksiyasining mavjudligiga qarab epileptik status  va epilepsiyaning klinik va immunologik xususiyatlari buyicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: epileptik statusli bemorlarda patologiyaning rivojlanishiga olib keluvchi asosiy omillar miya shishi va postravmatik bosh miya jarohatlari, shu jumladan bolalikdagi jarohatlar ekanligi isbotlangan, bunda epilepsiyaning davomiyligi 20-30 yilni tashkil etgan. Ushbu natijalar Andijon Davlat tibbiyot institutining 2024-yil 24-oktyabrdagi 6i-71/n-sonli Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori bilan tasdiqlangan «Serebral gipoksiyasi mavjudligiga qarab epileptik status va epilepsiyaning klinik-immunologik xususiyatlari» bo‘yicha uslubiy tavsiyalarga kiritilgan. Taqdim etilgan takliflar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali nevrologiya va neyroreanimasiya bo‘limlariga 20.01.2025yildagi 16/19-sonli  xamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi nevrologiya bo‘limida 11.12.2024 yildagi 35-sonli buyruq asosida joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2023-yil 25-yanvardagi 8n-z/52-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Epileptik statusni erta aniqlash va remissiyasi organizm gipoksiyasi va patologik xurujlarni kamayishiga olib keladi, bu esa nevropatologlar patologiyasini davolashda asosiy rol o‘ynaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha aniqlanadi: yillik tejash miqdori: IA = M×(AX–AY)=55000 so‘m× (12-4) =440000 so‘m. Bu erda M - shifokorga bir marta tashrif buyurishning o‘rtacha narxi; AX va AY- bitta kasallikni davolash uchun asosiy va tavsiya etilgan variantlarda shifokorga murojaatlar soni. Xulosa: taklif etilgan usul 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 440000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: epileptik statusli bemorlarda HIF-1α (598,04±173,86) va fibrinogen (5,63±0,44) miqdorining oshishi gemostazning faollashishiga olib kelishi hamda bosh miya gipoksiyasining kuchayishi va organizmda gipoksik holatning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishi isbotlandi. Ushbu natijalar Andijon Davlat tibbiyot institutining 2024-yil 24-oktyabrdagi 6i-71/n-sonli Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori bilan tasdiqlangan «Serebral gipoksiyasi mavjudligiga qarab epileptik status va epilepsiyaning klinik-immunologik xususiyatlari» bo‘yicha uslubiy tavsiyalarga kiritilgan. Taqdim etilgan takliflar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali nevrologiya va neyroreanimasiya bo‘limlariga 20.01.2025yildagi 16/19-sonli  xamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi nevrologiya bo‘limida 11.12.2024yildagi 35-sonli buyruq asosida joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2023 yil 25 yanvardagi 8n-z/52-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Epileptik status bilan og‘rigan bemorlarda HIF-1α va fibrinogen kabi biomarkerlarning rutin tahlillar ro‘yxatiga kiritilishi orqali gipoksik holatlarni erta aniqlash imkoni yaratildi, giperkoagulyasiya va serebral gipoksiyaning o‘zaro bog‘liq mexanizmlarini inobatga olgan holda individual davolash strategiyalarini shakllantirish imkoni kengaydi, fibrinogen va HIF-1α ekspressiyasiga qarab davolash samaradorligini baholash va davolash muolajalarini dinamik nazorat qilish amaliyotiga asos yaratildi, davolashni standartlashtirish, epidemik xavfsizlikni ta’minlash va hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan sog‘liqni saqlash siyosatiga amaliy hissa qo‘shildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilar bilan belgilanadi: yillik tejash miqdori: EA=PZR-RV× (VX-BY) =400000 so‘m× (1200000-400000)=800000 so‘m. Bu erda PZR-RV real vaqt rejimida polimeraza zanjir reaksiyasining bir martalik genetik testini ifodalaydi; VX va VY - bazaviy va tavsiya etilgan variantlarda bitta kasallikni tashxislash uchun tahlillar narxi. Xulosa: taklif etilgan usul 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 800000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
uchinchi ilmiy yangilik: epileptik statusda MoSa shkalasi va hayot sifatini baxolashning 5 balli shkalalari natijalari bemorlarni davolashda individual yondashuvni ishlab chiqish hamda o‘tkazilayotgan terapiya samaradorligini baholash uchun muhim vositalar ekanligi aniqlangan. Ushbu natijalar Andijon Davlat tibbiyot institutining 2024-yil 24-oktyabrdagi 6i-71/n-sonli Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori bilan tasdiqlangan «Serebral gipoksiyasi mavjudligiga qarab epileptik status va epilepsiyaning klinik-immunologik xususiyatlari» bo‘yicha uslubiy tavsiyalarga kiritilgan. Taqdim etilgan takliflar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali nevrologiya va neyroreanimasiya bo‘limlariga 20.01.2025yildagi 16/19-sonli  xamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi nevrologiya bo‘limida 11.12.2024yildagi 35-sonli buyruq asosida joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2023-yil 25-yanvardagi 8n-z/52-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 5 ballik shkala bemorlarni olib borishga individual yondashuvni yaratish va olib borilayotgan davolash samaradorligini baholash uchun muhim vositadir. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagiga teng: Iu=ID+IB=D×(tx–ty)+B(tx–ty) = 1982227 so‘m×(30-14)+ 80500 so‘m ×(30-14)=33003632 so‘m. Bu erda D - 2019-yilda 1 ish kunida ishlovchiga 1 to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha qiymati; tx va ty - bazaviy va tavsiyaviy variantlarda bitta hodisa uchun vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikning o‘rtacha davomiyligi; B - vaqtincha mehnatga layoqatsizlikning bir kunidagi o‘rtacha pul miqdori. Xulosa: mehnatga layoqatsizlik sababli bir yil davomida kasallik tufayli har bir bemor uchun o‘rtacha moddiy xarajatlarni tejash qiymati 33003632 so‘mni tashkil etishi aniqlandi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: epilepsiyada qo‘llanilgan davolash  rejasi  epileptik xurujlarni nazorat qilishi, kognitiv buzilishlarni yaxshilashi va hayot sifatini oshirishi tufayli bemorlarni davolash usuli patogenetik daolash asosida takomillashtirilgan. Ushbu natijalar Andijon Davlat tibbiyot institutining 2024-yil 24-oktyabrdagi 6i-71/n-sonli Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori bilan tasdiqlangan «Serebral gipoksiyasi mavjudligiga qarab epileptik status va epilepsiyaning klinik-immunologik xususiyatlari» bo‘yicha uslubiy tavsiyalarga kiritilgan. Taqdim etilgan takliflar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali nevrologiya va neyroreanimasiya bo‘limlariga 20.01.2025yildagi 16/19-sonli  xamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi nevrologiya bo‘limida 11.12.2024yildagi 35-sonli buyruq asosida joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2023-yil 25-yanvardagi 8n-z/52-son xulosasi).  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: epileptik statusda davolashni takomillashtirish va kognitiv buzilishlarni aniqlash orqali bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi va nogironligi kamayadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yillik tejash miqdori: 1 yil =Iu– SHum = 33003632 -7800000 = 25203632 so‘m. Bu erda 1 yil - kasallikning o‘rtacha yillik qiymati; Iu - SHum-asosiy va tavsiya etilgan variantlarda 1 yil davomida bitta kasallikni tashxislash va davolash xarajatlari. Xulosa: 1 nafar bemorni tekshirish va davolashda 1-yilda 25203632 so‘m iqtisod qilindi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish