Ruzimurodova Zilola Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qalqonsimon bez disfunksiyasi bo‘lgan bemorlarda tishlarning qattiq to‘qimalari va parodont kasalliklarining klinik va patogenetik jihatlari», 14.00.21 - Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.PhD/Tib2848.
Ilmiy rahbar: Nazarova Nodira Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Zoyirov To‘lqin Elnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gromova Svetlana Nikolaevna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Mara university of technology (Malayziya).
II. Tadqiqotning maqsadi: diffuz endemik bo‘qoq bilan og‘rigan bemorlarda tish qattiq to‘qimalari va parodont kasalliklarining klinik va patogenetik jihatlarini aniqlash va ularni korreksiya qilish choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
engil va o‘rta og‘irlik darajali diffuz endemik bo‘qoq mavjud bemorlarda surunkali tarqalgan parodontitning klinik belgilari aniqlanib, ushbu guruhdagi bemorlarning sitogrammalarida o‘rtacha leykotsitlar infil`tratsiyasi fonida immunokompetent hujayralar etishmovchiligi aniqlangan, bu parodont to‘qimalarida surunkali yallig‘lanish rivojlanishi bilan himoya jarayonlarining pasayishiga olib kelishi asoslangan;
emal va dentin demineralizatsiyasi mavjud bemorlarda diffuz endemik bo‘qoqning rivojlanishi og‘iz suyuqligi qovushqoqligining oshishi va mineral tarkibining yomonlashuvi bilan kechishi so‘lakning kislotali muhiti oshishi negizida minerallovchi qobiliyatining tish qattiq to‘qimalari holatiga salbiy ta’siri aniqlangan;
diffuz endemik bo‘qoq fonida karies va surunkali tarqalgan parodontit mavjud bemorlarda fagotsitar bo‘g‘im parametrlarining o‘zgarishi uning etishmovchilik turi bo‘yicha aniqlandi, bu fagotsitoz faolligi (FF), fagotsitar indeks (FI) va NKT-test parametrlarining sezilarli pasayishi aniqlangan;
diffuz endemik bo‘qoq bilan og‘rigan bemorlarda surunkali tarqalgan parodontitni korreksiya qilish bo‘yicha choralar majmuasini qo‘llash natijasida milklardagi yallig‘lanish jarayonining tarqalishi va jadalligining pasayishi, parodontal cho‘ntaklar chuqurligining, milklar qonashining kamayishi, fagotsitar, hujayraviy va gumoral immunitetning me’yorlashuviga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning ilmiy- tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2025 yil 25 apreldagi 16–son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Engil va o‘rta og‘irlik darajali diffuz endemik bo‘qoq mavjud bemorlarda surunkali tarqalgan parodontitning klinik belgilari o‘rganilib ushbu guruhdagi bemorlarning sitogrammalarida o‘rtacha leykotsitlar infil`tratsiyasi fonida immunokompetent hujayralar etishmovchiligi aniqlangan, bu parodont to‘qimalarida surunkali yallig‘lanish rivojlanishi bilan himoya jarayonlarining pasayishiga olib kelishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: stomatolog shifokorlarga diffuz endemik bo‘qoq bilan og‘rigan bemorlarda parodont to‘qimalari kasalliklarini sifatli va erta tashhislashning zamonaviy yondashuvlari, klinik va funksional o‘zgarishlar, shuningdek kasallikning ushbu shaklida qo‘llaniladigan davolash samaradorligini nazorat qilishda aniqlanishi lozim bo‘lgan klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ixtisoslashgan bolalar stomatologiya ilmiy-amaliy markaziga (05.11.2024 y, 56-sonli buyruq) va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasiga (14.09.2024 y, 77-sonli buyruq) joriy qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: endemik bo‘qoq bo‘lgan bemorlarda parodont to‘qimalaridagi klinik va funksional o‘zgarishlar og‘iz bo‘shlig‘ida mahalliy immun tizimning buzilishi natijasida rivojlanishini erta aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: endemik bo‘qoq mavjud bemorlarda surunkali tarqalgan parodontit rivojlanishi tibbiy-ijtimoiy jihatlarini qiyosiy o‘rganish natijalari stomatologik xizmatni tashkil etishda, o‘z vaqtida davolash-profilaktika tadbirlarini rejalashtirilishi va amalga oshirilishi orqali sarflanadigan xarajatlarni 1 nafar bemor xisobiga sarflanadigan mablag‘larni 160000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: emal va dentin demineralizatsiyasi mavjud bemorlarda diffuz endemik bo‘qoqning rivojlanishi og‘iz suyuqligi qovushqoqligining oshishi va mineral tarkibining yomonlashuvi bilan kechishi so‘lakning kislotali muhiti oshishi negizida minerallovchi qobiliyatining tish qattiq to‘qimalari holatiga salbiy ta’siri aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy tibbiyotga tadbiq etilishi endemik bo‘qoq va karies bilan zararlangan emal va dentinning tarkibiy o‘zgarishlarini aniqlashda ushbu tekshirish usulini qo‘llash tashhislash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ixtisoslashgan bolalar stomatologiya ilmiy-amaliy markaziga (05.11.2024 y, 56-sonli buyruq) va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasiga (14.09.2024 y, 77-sonli buyruq) joriy qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: og‘iz suyuqligi qovushqoqligining oshishi va mineral tarkibi yomonlashuvining tahlili bemorlardagi so‘lakning kislotali muhiti oshishi natijasida karies va uning asoratlari rivojlanishining oldini olish imkonini bergan, bu o‘z navbatida profilaktika chora tadbirlari tibbiy-ijtimoiy samaradorligini oshirish evaziga endemik bo‘qoq mavjud bemorlar stomatologik salomatligini yaxshilashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: og‘iz suyuqligi qovushqoqligining oshishi va mineral tarkibi yomonlashuvining tahlili uning minerallovchi qobiliyatining tish qattiq to‘qimalari holatiga salbiy ta’sir etishini diagnostik mezon sifatida tavsiya etilganligi bemorlarning poliklinikada boshqa tekshiruvlarga qatnamasligi hisobiga 1 nafar bemor xisobiga sarflanadigan mablag‘larni 180000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: diffuz endemik bo‘qoq fonida karies va surunkali tarqalgan parodontit mavjud bemorlarda fagotsitar bo‘g‘im parametrlarining o‘zgarishi uning etishmovchilik turi bo‘yicha aniqlandi, bu fagotsitoz faolligi (FF), fagotsitar indeks (FI) va NKT-test parametrlarining sezilarli pasayishi bilan namoyon bo‘lgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: endemik bo‘qoq fonida karies va surunkali tarqalgan parodontit mavjud bemorlar og‘iz bo‘shlig‘ida rivojlanadigan tarkibiy o‘zgarishlarni aniqlashda ushbu tekshirish usullarini qo‘llash tashhislash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ixtisoslashgan bolalar stomatologiya ilmiy-amaliy markaziga (05.11.2024 y, 56-sonli buyruq) va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasiga (14.09.2024 y, 77-sonli buyruq) joriy qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: fagotsitoz faolligi, fagotsitar indeks va NKT-test parametrlarining tahlili bemorlardagi fagotsitar bo‘g‘im parametrlarini normallashtirish orqali karies va parodontit rivojlanishining oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: fagotsitoz faolligi, fagotsitar indeks va NKT-test parametrlarining tahlili uning fagotsitar bo‘g‘im parametrlarining o‘zgarishiga va natijada tish qattiq to‘qimalari va parodont holatiga salbiy ta’sir etishini aniqlash 1 nafar bemor xisobiga sarflanadigan mablag‘larni 150000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: diffuz endemik bo‘qoq va surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan bemorlarda davolash-profilaktika chora-tadbirlari majmuasini qo‘llash natijasida milklardagi yallig‘lanish jarayonining tarqalishi va jadalligining pasayishi, parodontal cho‘ntaklar chuqurligining, milklar qonashining kamayishi, fagotsitar, hujayraviy va gumoral immunitetning me’yorlashuviga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: parodont to‘qimalaridagi struktur-funksional buzilishlarni erta tashhislash bo‘yicha ishlab chiqilgan kompleks dastur ob’ektiv mezonlar asosida og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi darajasini va shunga mos ravishda parodont to‘qimalarida yallig‘lanish asoratlari paydo bo‘lish xavfini oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ixtisoslashgan bolalar stomatologiya ilmiy-amaliy markaziga (05.11.2024 y, 56-sonli buyruq) va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasiga (14.09.2024 y, 77-sonli buyruq) joriy qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: diffuz endemik bo‘qoq va surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan bemorlarda davolash-profilaktika chora-tadbirlari majmuasini qo‘llash ijobiy samaradorligiga erishish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: endemik bo‘qoq va surunkali tarqalgan parodontit mavjud bemorlarda takomillashtirilgan davo kompleksini qo‘llashning ijobiy samaradorligi ko‘rsatilib, uning stomatologiya amaliyotida qo‘llanilishi 1 nafar bemor xisobiga sarflanadigan mablag‘larni 380000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.