Axmedov Voxid Nizomovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ««Gidrofob kompozisiyalarning olinishi, xossalari va texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/T337. 
Ilmiy maslahatchi: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor; Ziyadullaev Odiljon Egamberdievich, kimyo fanlari doktori, professor; Bafoev Husniddin Mirzaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida kremniyorganik termo va girofob (oligo)polimerlar sintez qilish, modifikatsiyalash va ularni turli sohalarda  gidrofobizator va termik barqarorlashtiruvchi sifatida qo‘llash texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vinildigidroksixlorsilan, viniltrietoksisilan, gidrolizlangan poliakrilonitril, akril emulsiyasi asosidagi polimerlar sintezining kinetik qonuniyatlari asosida maqbul sharoitlari, shuningdek,  polimerlarning tuzilishi, strukturasi identifikatsiya qilingan va dastlabki komponentlar 1:1 nisbatda bo‘lganida efir sistemasida unum 62 % ga bo‘lishi aniqlangan;
vinildigidroksixlorsilan, viniltrietoksisilan, gidrolizlangan poliakrilonitril, akril emulsiyasi asosidagi modifikatsiyalangan polimerlarning fizik holati, issiqlik, termik va gidrofobik xususiyatlariga hamda ularning o‘zgartirilgan shakllariga ta’sir qilish orqali suv, namlik va haroratga chidamli kompozitlarning samaradorligini oshirish usuli ishlab chiqilgan;
olingan termik gidrofob polimerlarning tuzilishi, fizik kimyoviy xossalari, shuningdek optimal tarkiblarning tashqi omillar ta’sirida termik-gidrofobik parametrlarining o‘zgarishlari aniqlangan;
vinildigidroksixlorsilan, viniltrietoksisilan, gidrolizlangan poliakrilonitril, akril emulsiyasi asosida samarali gidrofob qoplamalar tarkibi, hamda ular asosida charm va sement  materiallarining gidrofob xususiyatini oshiruvchi ko‘p bosqichli gidrofobik himoya qilish usuli ishlab chiqilgan;
vinildigidroksixlorsilan, viniltrietoksisilan, gidrolizlangan poliakrilonitril, akril emulsiyasi asosidagi olingan polimerlar materiallarning termik hususiyatlari va destruksiyasi tadqiqi  asosida termobarqarorligi aniqlangan;
vinildigidroksixlorsilan, viniltrietoksisilan, gidrolizlangan poliakrilonitril, akril emulsiyasi asosidagi tikilgan polimerlarning olinish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kremniy organik polimerlar olish texnologiyasi va ularni termik barqarorlashtiruvchi - gidrofobizator sifatida qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olingan polimerlarning 1/20 nisbatdagi ishchi aralashmasi asosidagi qurilish materiallarini gidrofoblovchi modda «201-son xo‘jaliklararo ko‘chma mexanizatsiyalashgan kalonna» MChJda amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024 yil 13 maydagi 5/4/38-1515-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilish materiallari va binolarni tashqi ta’sirlardan samarali himoyalovchi gidrofobizatorlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
olingan termobarqaror polimer birikmalar va ular asosidagi kompozisiyalar   “Buxoro viloyat yong‘indan saqlash jamoat birlashmasi” korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligining 2024 yil 13 maydagi 5/4/38-1515-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir vaqtning o‘zida ham gidrofoblik, ham termik xususiyatlari yaxshilangan charm va boshqa qurilish materiallarini olish imkonini bergan;
VEDGXS, VETES, GIPAN, AE asosidagi gidrofob polimer kompjzisiya  “201- xo‘jaliklararo ko‘chma mexanizatsiyalashgan kalonna” MChJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligining 2024-yil 13-maydagi 5/4/38-1515-son ma’lumotnomasi). Natijada, charm, beton va keramika maxsulotlarining namga chidamliligini 50-60 barobargacha oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish