Davronova Norniso Faxriddin qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Atrof muhit obektlaridan temir va kobalt ionlarini immobillangan azot- va kislorod saqlagan organik reagentlar yordamida sorbsion-spektroskopik aniqlash va ajratish usullarini ishlab chiqish», 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/K906.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayho Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedgaliev Baxtiyor Abdukadirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Alieva Muqaddas To‘ychievna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Qo‘ng‘irot tumani va Navoiy viloyati oqova suvlari tarkibidan temir va kobalt ionlarini metrologik parametrlarini immobillangan azot- va kislorod saqlagan organik reagentlar yordamida sorbsion-spektroskopik aniqlash va ajratish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor Fe(III) va Co(II) ionlarini aniqlash va ajartish uchun poliakrilonitril asosidagi PPA-1 sorbentiga immobillangan metil timol ko‘ki va nitrozo R- tuzi organik reagentlari qo‘llanilgan hamda immobillashning optimal sharoitlari aniqlangan;
Fe(III) va Co(II) ionlarini immobillangan metil timol ko‘ki hamda nitrozo R- tuzi ishtirokida barqaror kompleks birikmalar hosil bo‘lishining optimal sharoitlari, tarkibi va tuzulishi turli fizik-kimyoviy usullar, kvant kimyoviy hisoblashlar yordamida aniqlangan va ularning metrologik parametrlari topilgan;
ekologik obektlar, jumladan turli oqova va chiqindi suv namunalarida immobillangan metil timol ko‘ki va nitrozo R- tuzi organik reagentlari yordamida Fe(III) va Co(II) ionlarini sorbsion-spektroskopik aniqlash va ajratishning yangi usullari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan sorbsion-spektroskopik usul asosida atrof-muhitni muhofaza qilishda Fe(III) va Co(II) ionlarini oqova va chiqindilar suvlaridagi mikro miqdorining ekologik monitoringini samarali amalga oshirish imkoniyati aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Atrof-muhit obektlaridan temir va kobalt ionlarini immobillangan azot- va kislorod saqlagan organik reagentlar yordamida sorbsion-spektroskopik aniqlash va ajratish usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temir (III) va kobalt (II) ionlarini sorbsion-spektroskopik aniqlash usuli «Navoiyazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («Navoiyazot» AJning 2025 yil 21 fevraldagi 03-3/1437-son ma’lumotnomasi). Natijada, Navoiy viloyati hududidagi oqava suvlarini davlat monitoringini yuritish, suvlarni og‘ir metallar (kobalt(II) va temir(III) ionlari) bilan ifloslanganligini baholash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish imkonini bergan;
immobillangan metil timol ko‘ki va nitrozo R- tuzi organik reagentlar yordamida temir va kobalt ionlarini ajratish usuli «Navoiyazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («Navoiyazot» AJning 2025 yil 21 fevraldagi 03-3/1437-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindi suvlari va oqava suvlardagi temir (III) va kobalt (II) ionlarini tezkor ajratish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish