Raxmonova Gulbaxor Ergashovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus etiologiyali o‘tkir pnevmoniya va undan keyingi asoratlarning nur tashxisi va davolash monitoringi algoritmlarini ishlab chiqish», 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib567.
Ilmiy maslaxatchi: Teshaev Oktyabr Ruxillaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc 04/07.06.2024 Tib 177.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dautov Tairxan Bekpulatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston);   Normuradova Nodira Murodullaevna,  tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nur tashxisi usullarini kompleks qo‘llash orqali koronavirus etiologiyali o‘tkir pnevmoniya va uning asoratlarini tashxislash hamda davolash monitoringi natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir koronavirus etiologiyali pnevmoniyaning nur tashxislash usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qiyosiy tahlil qilindi va ko‘krak qafasi rentgenografiyasi (KR) imkoniyatlari, sezuvchanligi va o‘ziga xos belgilarining o‘rni isbotlangan;
koronavirus etiologiyali o‘tkir pnevmoniyaning asosiy nur tashxisotida va uning imkoniyatlarini turli nur tashxisi usullarini qo‘llash orqali kasallikni erta aniqlash bosqichli tashxisotini ishlab chiqish birinchi bosqichda saralash sifatida ko‘krak qafasi rentgenografiyasi, ikkinchi bosqichda o‘zgarishlarni aniq ifodalash maqsadida ko‘krak qafasi MSKTdan foydalanish, uchinchi bosqichida koronavirus etiologiyali o‘tkir pnevmoniyani asoratlarini nur tashxisi usullarini kompleks qo‘llash tartibi isbotlangan; 
o‘tkir koronavirusli pnevmoniyaning tashxisotida ko‘krak qafasi rentgenografiyasining (KQR) tashxisiy imkoniyatlari va davolash monitoringida uning samaradorligini oshirish maqsadida Care-score  shkalasi  imkoniyatlarini 18% ga oshirishdagi o‘rni isbotlangan;
koronavirus etiologiyali pnevmoniyani davolash va bashoratlash natijalarini baholashda turli nur tashxislash usullarining ahamiyati va afzalliklari hosobiga davolash monitoringida nur tashxisi usullarini dinamikada qo‘llash orqali davo taktikasi muvofiqlashtirish tartibi isbotlangan;
koronavirus etiologiyali o‘tkir pnevmoniyaning o‘pkadagi va o‘pkadan tashqari asoratlari tashxisotida KQR, MSKT, MRT va UTTlarining o‘rni va afzalliklari kombinatsiyalangan tartibi patogenetik o‘zgarilarni inobatga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Koronavirus etiologiyali o‘tkir pnevmoniya va undan keyingi asoratlarning nur tashxisi va davolash monitoringi algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 iyundagi 20/30-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir koronavirus etiologiyali pnevmoniyaning nurli tashxislash usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qiyosiy tahlil qilindi va ko‘krak qafasi rentgenografiyasi (KQR) imkoniyatlari, sezuvchanligi va o‘ziga xos belgilarining o‘rni isbotlanganligi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni vazirligining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 9 dekabrdagi 8 p/r 14/45-son bilan tasdiqlangan «Koronovirus etiologiyali o‘pka pnevmoniyasini nur tashxisi» va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni vazirligining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 9 dekabrdagi 8 p/r 14/44-son «Koronovirus etiologiyali o‘pka pnevmoniyasi asoratlarining nur tashxisi» nomli uslubiy tavsiyanomalarning mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 08.11.2024 yildagi №155 I/Ch – son buyruq hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Buxoro filialining 26.02.2025 yildagi №61-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 iyundagi 20/30-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash birinchi marta korreksiyalovchi usullar yordamida o‘pkalar va plevraning shikastlanish joylari va maydoni, turi, klinik-morfologik variantlariga bog‘liq xolda plevra bo‘shlig‘ida ekssudatni to‘planish jadalligi hamda bemorlar umr davomiyligini uzayishiga qaratilgan zamonaviy tashxislash tartibi amalga oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir koronavirus etiologiyali pnevmoniyaning nurli tashxislashda ko‘krak qafasi rentgenografiyasi (KQR),imkoniyatlari, sezuvchanligi va o‘ziga xos belgilarining o‘rni isbotlash uchun bemorlar bilan ishlagan vaqtda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga to‘lanadigan bir martalik 100000000 so‘m yoki koronovirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda 250000000 so‘m to‘lov miqdori (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4652-son qarori)ni inobatga olgan holda aytish mumkinki, 1 nafar xodimni salomatligini saqlash va muhofaza qilish orqali o‘rtacha 175000000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa. o‘tkir koronavirus etiologiyali pnevmoniyaning nurli tashxislashda ko‘krak qafasi rentgenografiyasi (KQR), imkoniyatlari, sezuvchanligi va o‘ziga xos belgilarining o‘rni isbotlash yordamida kasallik tarqalishini oldini olishning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘rtacha 175000000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: koronavirus etiologiyali o‘tkir pnevmoniyaning asosiy nur tashxisotida va uning imkoniyatlarini turli nur tashxisi usullarini qo‘llash orqali kasallikni erta aniqlash bosqichli tashxisotini ishlab chiqish birinchi bosqichda saralash sifatida ko‘krak qafasi rentgenografiyasi, ikkinchi bosqichda o‘zgarishlarni aniq ifodalash maqsadida ko‘krak qafasi MSKTdan foydalanish; uchinchi bosqichida koronavirus etiologiyali o‘tkir pnevmoniyani asoratlarini nur tashxisi usullarini kompleks qo‘llash tartibi isbotlanganligi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni vazirligining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 9 dekabrdagi 8 p/r 14/45-son bilan tasdiqlangan «Koronovirus etiologiyali o‘pka pnevmoniyasini nur tashxisi» va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni vazirligining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 9 dekabrdagi 8 p/r 14/44-son «Koronovirus etiologiyali o‘pka pnevmoniyasi asoratlarining nur tashxisi» nomli uslubiy tavsiyanomalarning mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 08.11.2024 yildagi №155 I/Ch – son buyruq hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Buxoro filialining 26.02.2025 yildagi №61-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 iyundagi 20/30-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi koronavirus etiologiyali o‘tkir pnevmoniyaning asosiy nur tashxisotida va uning imkoniyatlarini baholashda bosqichli tashxisotini ishlab chiqish birinchi bosqichda saralash sifatida ko‘krak qafasi rentgenografiyasi, ikkinchi bosqichda o‘zgarishlarni aniq ifodalash maqsadida ko‘krak qafasi MSKTdan foydalanish zarurligi, uchinchi bosqichida koronavirus etiologiyali o‘tkir pnevmoniyani asoratlarini nur tashxisi usullarini kompleks qo‘llash tartibi orqali kasallkining og‘ir asoratlarini oldini olish orqali samarali davolash taktikasini tatbiq etish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus etiologiyali o‘tkir pnevmoniyaning asosiy nur tashxisotini o‘rni baholashda bosqichli tashxisotini ishlab chiqish orqali kasallikni yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga to‘lanadigan bir martalik 100000000 so‘m yoki koronovirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda 250000000 so‘m to‘lov miqdori (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4652-son qarori)ni inobatga olgan holda aytish mumkinki, 1 nafar xodimni salomatligini saqlash va muhofaza qilish orqali o‘rtacha 175000000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa koronavirus etiologiyali o‘tkir pnevmoniyaning asosiy nur tashxisotini o‘rni baholashda bosqichli tashxisotini ishlab chiqish va uning o‘rni isbotlash yordamida tarqalishini oldini olishning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari o‘rtacha 175000000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir koronavirusli pnevmoniyaning tashxisotida ko‘krak qafasi rentgenogrammasining (KQR) tashxisiy imkoniyatlari va davolash monitoringida uning samaradorligini oshirish maqsadida Care-score  shkalasi  shkalasining imkoniyatlarini 18% ga oshirishdagi o‘rni isbotlanganligi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni vazirligining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 9 dekabrdagi 8 p/r 14/45-son bilan tasdiqlangan «Koronovirus etiologiyali o‘pka pnevmoniyasini nur tashxisi» va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni vazirligining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 9 dekabrdagi 8 p/r 14/44-son «Koronovirus etiologiyali o‘pka pnevmoniyasi asoratlarining nur tashxisi» nomli uslubiy tavsiyanomalarning mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 08.11.2024 yildagi №155 I/Ch – son buyruq hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Buxoro filialining 26.02.2025 yildagi №61-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 iyundagi 20/30-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: o‘tkir koronavirusli pnevmoniyaning tashxisotida ko‘krak qafasi rentgenogrammasining tashxisiy imkoniyatlari va davolash monitoringida uning samaradorligini oshirish maqsadida Care-score  shkalasi  shkalasining imkoniyatlarini inobatga olish orqali ushbu usulining samaradorligini oshirishi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash orqali samarali davolash tartibini tatbiq etish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir koronavirusli pnevmoniyaning tashxisotida ko‘krak qafasi rentgenogrammasining tashxisiy imkoniyatlari va davolash monitoringida uning samaradorligini oshirish maqsadida Care-score  shkalasi  shkalasining imkoniyatlaridan foydalanilmagan xolda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga to‘lanadigan bir martalik 100000000 so‘m yoki koronovirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda 250000000 so‘m to‘lov miqdori (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4652-son qarori)ni inobatga olgan holda aytish mumkinki, 1 nafar xodimni salomatligini saqlash va muhofaza qilish orqali o‘rtacha 175000000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa. o‘tkir koronavirusli pnevmoniyaning tashxisotida ko‘krak qafasi rentgenogrammasining tashxisiy imkoniyatlari va davolash monitoringida uning samaradorligini oshirish maqsadida Care-score  shkalasi  shkalasining imkoniyatlaridan foydalanilish orqali o‘rtacha 175000000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: koronavirus etiologiyali pnevmoniyani davolash va bashoratlash natijalarini baholashda turli nur tashxislash usullarining ahamiyati va afzalliklari hosobiga davolash monitoringida nur tashxisi usullarini dinamikada qo‘llash orqali davo taktikasi muvofiqlashtirish tartibi isbotlanganligi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni vazirligining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 9 dekabrdagi 8 p/r 14/45-son bilan tasdiqlangan «Koronovirus etiologiyali o‘pka pnevmoniyasini nur tashxisi» va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni vazirligining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 9 dekabrdagi 8 p/r 14/44-son «Koronovirus etiologiyali o‘pka pnevmoniyasi asoratlarining nur tashxisi» nomli uslubiy tavsiyanomalarning mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 08.11.2024 yildagi №155 I/Ch – son buyruq hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Buxoro filialining 26.02.2025 yildagi №61-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 iyundagi 20/30-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: koronavirus etiologiyali pnevmoniyani davolash va bashoratlash natijalarini baholashda turli nur tashxislash usullarining ahamiyatini inobatga olish tanlangan usulning afzalligi hisobiga davolash monitoringini amalga oshirishda  nur tashxisi usullarini dinamikada qo‘llash orqali davo taktikasi muvofiqlashtirish tartibida asoratlarni oldini olish, klinik-morfologik variantlariga bog‘liq xolda o‘pkaning to‘liq shikaslanishini oldini olish, organizmni tiklashga qaratilgantaktikasini amalga oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: koronavirus etiologiyali pnevmoniyani davolash va bashoratlash natijalarini baholashda turli nur tashxislash usullarining ahamiyati va afzalliklari hisobiga davolash monitoringida nur tashxisi usullarini dinamikada qo‘llash orqali davo taktikasi muvofiqlashtirish tartibini tatbiq etish orqalikoronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga to‘lanadigan bir martalik 100000000 so‘m yoki koronovirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda 250000000 so‘m to‘lov miqdori (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4652-son qarori)ni inobatga olgan holda aytish mumkinki, 1 nafar xodimni salomatligini saqlash va muhofaza qilish orqali o‘rtacha 175000000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa. koronavirus etiologiyali pnevmoniyani davolash natijasida o‘rtacha 175000000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: koronavirus etiologiyali o‘tkir pnevmoniyaning o‘pkadagi va o‘pkadan tashqari asoratlari tashxisotida KQR, MSKT, MRT va UTTlarining o‘rni va afzalliklari kombinatsiyalangan tartibi patogenetik o‘zgarilarni inobatga olgan holda takomillashtirilganligi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni vazirligining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 9 dekabrdagi 8 p/r 14/45-son bilan tasdiqlangan «Koronovirus etiologiyali o‘pka pnevmoniyasini nur tashxisi» va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni vazirligining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 9 dekabrdagi 8 p/r 14/44-son «Koronovirus etiologiyali o‘pka pnevmoniyasi asoratlarining nur tashxisi» nomli uslubiy tavsiyanomalarning mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 08.11.2024 yildagi №155 I/Ch – son buyruq hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Buxoro filialining 26.02.2025 yildagi №61-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 iyundagi 20/30-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: koronavirus etiologiyali o‘tkir pnevmoniyaning o‘pkadagi va o‘pkadan tashqari asoratlari tashxisotida KQR, KT, MRT va UTTlarining o‘rni va afzalliklari kombinatsiyalangan tartibi va uning o‘rni ko‘rsatish natijasida bemorlar hayot sifatining pasayishi, nogironlikning ortishi, doimiy ravishda dori ta’minoti, o‘zgalar parvarishiga muhtojlikni oldini olish orqali va  patsientlarning umr davomiyligining uzaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: koronavirus etiologiyali o‘tkir pnevmoniyaning o‘pkadagi va o‘pkadan tashqari asoratlari tashxisotida KQR, KT, MRT va UTTlarining o‘rnini isbotlash natijasida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga to‘lanadigan bir martalik 100000000 so‘m yoki koronovirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda 250000000 so‘m to‘lov miqdori (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4652-son qarori)ni inobatga olgan holda aytish mumkinki, 1 nafar xodimni salomatligini saqlash va muhofaza qilish orqali o‘rtacha 175000000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa koronavirus etiologiyali o‘tkir pnevmoniyaning o‘pkadagi va o‘pkadan tashqari asoratlari tashxisotida KQR, MSKT, MRT va UTTlarining o‘rni isbotlash orqali o‘rtacha 175000000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish