Xakimova Dildora Mashrabjonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish”, 13.00.07–Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped239.

Ilmiy rahbar: Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Bosh ilmiy metodik markazi, DSc.30.05.2018.Ped.68.01.

Rasmiy opponentlar: Safaev Nuritdin Salixovich,psixologiya fanlari doktori, professor;Zufarov Sherzod Mirdjalilovich,pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘quvchilarda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonlari tizimli yondashuv asosida (tahliliy va tadqiqiy xususiyatlarga ega bo‘lgan tizim sifatida) takomillashtrilgan;

o‘quvchilarda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari integrativ tizim (hamkorlikdagi faoliyat), sub’ektlar integratsiyasi (o‘qituvchi bilan o‘quvchilar ta’limiy muhitning tashkilotchisi, boshqaruvchisi va ishtirokchisi sifatida) hamda korporativ (umumga tegishli) boshqaruv komponentlarini optimal uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;

o‘quvchilarda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonini tashkil etish va boshqarish funksiyalari («axborot-tahlil», «nazorat-tashxis», «maqsadli-motivlashtirish») axborotlarni tahlil qilish hamda hamkorlikdagi faoliyatda sub’ekt-sub’ekt munosabatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;

o‘quvchilarda refleksiv ko‘nikmalar shakllantirish tizimi («ta’lim», «mustaqil ta’lim», «tarbiyaviy munosabatlar» va «maktabdan tashqari ta’lim»)ni tashkil etish va boshqarish jarayonlari modeli innovatsion yondashuv («korporativ»,  «tizimli», «strategik» yondashuvlar) asosida ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘quvchilarda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonini tashkil etish va boshqarish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

o‘quvchilarda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish va boshqarishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va funksiyalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflardan «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari»da belgilangan kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyalarini aniqlashtirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 apreldagi 01-02/2-2-123-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanlarini o‘qitishning vazifalariga mos ravishda o‘quvchilarda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘nalishlari belgilangan;

o‘quvchilarda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonini tashkil etish va boshqarish modelini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan «Xalq ta’limi tizimida uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida Nizom»ni tayyorlashda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 apreldagi 01-02/2-2-123-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonini tashkil etish va boshqarish modeli strategik yondashuv asosida takomillashtirilgan;

o‘quvchilarda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish va boshqarishning samarali vositasi sifatida refleksiv kundalik «Dars intizomiga salbiy munosabatdagi o‘quvchilar bilan ishlash usullari va vositalari» nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 apreldagi 01-02/2-2-123-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish va boshqarish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish