Madumarova Saodatxon Orifovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi suv havzalari Cladocera turkumining faunasi va ekologiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/V1253.
Ilmiy rahbar: Raximov Matnazar Shomurotovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Nazarov Muhammadrasul Sharapovish, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi faunasi Cladocera turkumi tur tarkibi, turlarning morfologiyasi, biologiyasi, turli suv muhitlarida tarqalishi, ekologiyasi hamda zoogeografik tarqalish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi Cladocera turkumi bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot natijasida 2 kenja turkum, 8 oila, 19 avlodga mansub 38 turi, ularning Coronatella (Ephemeralona) anemae, Eurycercus (Eurycercus) lamellatus, Moina lipini turlari Farg‘ona vodiysida, Alona intermedia turi O‘zbekiston faunasi uchun aniqlangan; 
avval qayd etib kelingan Alona avlodiga tegishli Alona costata turi Flavalona avlodiga, Alona comboei, A. archeri turlari Ovalona avlodiga, Picripleuroxus laevis turi Pleuroxus avlodiga tegishli ekanligi hamda Chydorus latus va Ch.rylovi turlari Chydorus sphaericus turiga mansubligi morfologik va zamonaviy sistematik nomenklatura bo‘yicha qayta malakalangan; 
vodiyning suv havzalarida uchrovchi Cladocera turkumi turlari xilma-xilligi shakllanishiga bentik-fitofil kompleksi vakillari 31,6% ni, planktonik turlar 68,4% ni tashkil etishi tahlil natijasida aniqlangan;
Alona intermedia, Diaphanosoma mongolianum, Coronatella (Ephemeralona) anemae, Eurycercus (Eurycercus) lamellatus, Moina lipini turlarining morfologiya, biologiya va hayot tarzi o‘rganilib avvalgi ma’lumotlar to‘ldirilgan va turlani aniqlash kalitlari ishlab chiqilgan;
Cladocera turkumiga oid 38 turning 10 turi (Ovalona cambouei, Flavalona costata, Alona intermedia, Coronatella (Ephemeralona) anemae, Eurycercus (Eurycercus) lamellatus, Ilyocryptus sordidus, Leydigia acanthocercoides, Macrothrix triserialis, Moina lipini, Pleuroxus trigonellus) faqat palearktik, Bosmina longirostris turi barcha zoogeografik oblastlarida uchrashi aniqlangan;
Cladocera turkumi turlarining keng tarqalishi past va o‘rta balandlik mintaqalarida, baland tog‘ mintaqalarida esa sezilarli darajada past ekanligi tahlil qilingan hamda balandlikning oshib borishi bilan keng tarqalgan termofil turlar (Diaphanosoma mongolianum, D.macrophthalma, Simocephalus vetulus, S. exspinosus, Scapholeberis mucronata, Leydigia leydigi, Coronatella rectangula) kamayishi asoslangan;
Farg‘ona vodiysining Sariqamish ko‘li va uning atrof hududi suv havzalarida turlarning eng ko‘p miqdori qayd etilgan bo‘lib, 12 turi (38,6 foizi) uchrashi isbotlangan;
Scapholeberis mucronata turi suv harorati 17-19 °C da har bir yangi avlod individlar 6-8, ba’zan 9 kun, 23-25 °C da 6-7 kun, 30 °C dan oshganda yashab qolish va nasl qoldirish sezilarli darajada pasaygan. 17-25 °C bitta urg‘ochining o‘rtacha unumdorligi 47% ga yuqori bo‘lib, yashash doimiyligi davomida 6-8 martagacha avlod berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi suv havzalari cladocera turkumining faunasi va ekologiyasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Cladocera turkumining 8 avlodga mansub 16 turdan iborat 45 nusxa namunalari Respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 27 fevraldagi 4/1255-500-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar zooplanktonlar kolleksiyasi fondini boyitgan va turlarni identifikatsiya qilish uchun qiyosiy tahlil etish, shuningdek, havzalar bo‘yicha taqsimlanishni tahlil qilish va atlas tayyorlashda foydalanish imkonini bergan;
Sladocera turkumi turlari Global biologik xilma-xillik ma’lumotlar tarmog‘iga (GBIF) joylashtirilgan (Global biologik xilma-xillik ma’lumotlar tarmog‘ining 2025 yil 20 fevraldagi  027-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Global biologik xilma-xillik ma’lumotlar tarmog‘ida (GBIF) Farg‘ona vodiysidagi Cladocera turkumi turlari bo‘yicha global tahlil qilish imkonini bergan. 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish