Nurabullaeva Gulchexra Kuanishbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi limnik ekotizimlaridagi gidrobiotsenoz jamoalari holatini ekologik baholash», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/V786.
Ilmiy rahbar: Allamuratova Ziyuar Bayaddinovna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Baymuradov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Atanazarov Kuralbay Maulenovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi limnik ekotizimlarida suv sifatini yaxshilash va gidrobiotsenoz jamoalari holatini ekologik baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Orolbo‘yi mintaqasidagi limnik ekotizimlarining morfometrik va suv sifatining gidrokimyoviy ko‘rsatkichlari baholangan va ushbu suv havzalari gidrobiont jamoalarining tarqalishi uchun qulay ekologik sharoitga ega ekanligi aniqlangan;
birinchi marotaba mahsuldorligi har xil bo‘lgan limnik ekotizimlarda suv sifatini shakllanishining ekologik mexanizmlari va gidrobiontlarning mavsumiy o‘zgarishlari aniqlangan;
mintaqaning o‘zgaruvchan iqlim sharoitida Sharqiy Qarateren va Mo‘ynoq qo‘ltig‘i ko‘llarida gidrobiotsenoz (zooplankton va fitoplankton) jamoalarining zamonaviy taksonomik tarkibi aniqlangan;
Janubiy Orolbo‘yi mintaqasi limnik ekotizimlari uchun suv havzalari ekotizimiga salbiy antropogen ta’sirni minimallashtirish va atrof-muhitni muhofaza qilishni optimallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi limnik ekotizimlarining gidrobiosenoz jamoalari holatini ekologik baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
limnik ekotizimlarining gidrobiotsenoz jamoalari holatini optimallashtirish va ulardan Orolbo‘yi suv havzalarini bioindikatsiya qilish sifatida foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida joriy etilgan va foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 29 oktyabrdagi 02-01/18-2-3555-son ma’limotnomasi). Natijada, Janubiy Orolbo‘yi limnik ekotizimlarida gidrobiotsenoz jamoalari holatini ekologik baholash va suv havzalarini bioindikatsiya qilish sifatida foydalanish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi limnik ekotizimiga salbiy antropogen ta’sirini kamaytirish boyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv vazirligining 2024 yil 8 noyabrdagi 03/09-3-442-son ma’lumotnomasi). Natijada, er usti suv havzalari suvlarining sifatli tarkibini shakllantirish va Janubiy Orolbo‘yi suv ekotizimlarida gidrobiotsenoz jamoalari dinamikasi qonuniyatlarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini bergan.