Djamilova Xilola Abduvali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali arterial bosim kasalligi bilan kasallangan homilador ayollardagi asoratlarni aniqlash va oldini olish usullarini takomillashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.1.PhD/Tib 3262.
Ilmiy rahbar: Kurbanov Baxodir Boburovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gel`dieva Margarita Sobirovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali arterial gipertenziyada «Mitoxondrial disfunksiya, matriks metalloproteinaza va tomir o‘sishi regulyatori» genlari regulyatorlarining patogenetik rolini o‘rganish, homiladorlik oqibatlarini erta tashxislash va prognozlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek populyasiyasida homiladorlarda surunkali arterial gipertenziya rivojlanish mexanizmida va uning klinik variantida «mitoxondrial disfunksiya» – «matriks metalloproteinaza» va «tomir o‘sishi regulyatori» regulyator genlarining polimorf variantlarining roli isbotlangan;
MMP9, VEGFA, SOD2 genlarning genotipik variantlari bilan surunkali arterial gipertenziya rivojlanishi o‘rtasidagi assotsiativ aloqalar, asosiy va nazorat tanlamalari o‘rtasida, shuningdek surunkali arterial gipertenziyali bemorlarning kichik guruhlari o‘rtasida o‘rganilgan genlarning genotipik variantlari chastotalari bo‘yicha muhim farqlar isbotlangan;
arterial bosim va tomir tonusini regulyasiyalashning murakkab ichki tarmoq o‘zaro ta’sirlarida joylashgan MMP9 genining rs17577 (A/G) va VEGFA genining rs2010963 (G634C) polimorfizmlarining noqulay allel variantlarini tashuvchilik bilan surunkali arterial gipertenziyaning shakllanishi va og‘irlik darajasi o‘rtasida ishonchli assotsiativ aloqalar isbotlangan;
surunkali arterial gipertenziyaning klinik kechishi, kasallikning progressiyalanishi, uning asoratlari bilan MMP9 genining rs17577 (A/G) polimorfizmi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasisi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Molekulyar-genetik tadqiqot usullarini qo‘llash bilan homiladorlarda surunkali arterial gipertenziyani tashxislashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘zbek populyasiyasida homiladorlarda surunkali arterial gipertenziya rivojlanish mexanizmida va uning klinik variantida «mitoxondrial disfunksiya» – «matriks metalloproteinaza» va «tomir o‘sishi regulyatori» regulyator genlarining polimorf variantlarining roli isbotlanganligi homiladorlarda surunkali arterial gipertenziyani tashxislash va prognozining aniqligini oshirish yo‘nalishidagi olingan ilmiy natijalar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 mayda 03/265 son bilan tasdiqlangan «Surunkali arterial gipertenziyasi bo‘lgan homilador ayollarda molekulyar-genetik diagnostikaning xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali 16.10.2024 yildagi 245-sonli va Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruq kompleksi 11.10.2024 yildagi 80-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 10 iyundagi №19/07-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: homiladorlik davrida gipertenziv holatlarni tashxislashda molekulyar-genetik tadqiqot usullarini qo‘llash aniq tashxis qo‘yish imkoniyatlarining mavjudligini oshirishga yordam beradi, noto‘g‘ri talqin va kerak bo‘lmagan jarrohlik aralashuvlari ehtimolini kamaytiradi va ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llash ayniqsa yuqori texnologiyali usullarni qo‘llanilishi cheklangan hududlardagi tibbiyot muassasalari uchun to‘g‘ri tashhisot o‘tkazishni imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan yondashuv surunkali arterial gipertenziyali homilador ayollarni tashxislash va davolash xarajatlarini qisqartirishga va 181 bemor uchun 134250000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan algoritmni amaliyotga qo‘llash natijasida bir bemorga uchun 742000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: MMP9, VEGFA, SOD2 genlarning genotipik variantlari bilan surunkali arterial gipertenziya rivojlanishi o‘rtasidagi assotsiativ aloqalar, asosiy va nazorat tanlamalari o‘rtasida, shuningdek surunkali arterial gipertenziyali bemorlarning kichik guruhlari o‘rtasida o‘rganilgan genlarning genotipik variantlari chastotalari bo‘yicha muhim farqlar isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 mayda 03/265 son bilan tasdiqlangan «Surunkali arterial gipertenziyasi bo‘lgan homilador ayollarda molekulyar-genetik diagnostikaning xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali 16.10.2024 yildagi 245-sonli va Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruq kompleksi 11.10.2024 yildagi 80-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 10 iyundagi №19/07-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: foydalanish natijasida tashxisot noaniqligini kamayishi, klinik qarorlarning asoslanganligini oshishi va sub’ektiv xato xavfini qisqarishiga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritmdan amaliyotda foydalanish xisobiga 181 bemor uchun 134250000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan algoritm amaliyotga qo‘llash natijasida bir bemorga 742000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: arterial bosim va tomir tonusini regulyasiyalashning murakkab ichki tarmoq o‘zaro ta’sirlarida joylashgan MMP9 genining rs17577 (A/G) va VEGFA genining rs2010963 (G634C) polimorfizmlarining noqulay allel variantlarini tashuvchilik bilan surunkali arterial gipertenziyaning shakllanishi va og‘irlik darajasi o‘rtasida ishonchli assotsiativ aloqalar isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 mayda 03/265 son bilan tasdiqlangan «Surunkali arterial gipertenziyasi bo‘lgan homilador ayollarda molekulyar-genetik diagnostikaning xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali 16.10.2024 yildagi 245-sonli va Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruq kompleksi 11.10.2024 yildagi 80-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 10 iyundagi №19/07-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: noaniq holatlar ulushining qisqarishi asossiz jarrohlik aralashuvlari sonini kamaytirishga yordam beradi va qo‘shimcha tashxislash ehtiyojini kamaytiradi, yuqori xavfli jarayonlarni ertaroq aniqlashga va davolash natijasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: jarrohlik oldi prognozlash aniqligining yaxshilanishi 10% bemorlarda kerak bo‘lmagan jarrohlik aralashuvlarini istisno qilishga va 107400000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan algoritmni amaliyotga qo‘llash natijasida bir bemorga 742000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali arterial gipertenziyaning klinik kechishi, kasallikning progressiyalanishi, uning asoratlari bilan MMP9 genining rs17577 (A/G) polimorfizmi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasisi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 mayda 03/265 son bilan tasdiqlangan «Surunkali arterial gipertenziyasi bo‘lgan homilador ayollarda molekulyar-genetik diagnostikaning xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali 16.10.2024 yildagi 245-sonli va Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruq kompleksi 11.10.2024 yildagi 80-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 10 iyundagi №19/07-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kasallik darajasini aniq baholash, davolashni o‘z vaqtida boshlashga ko‘maklashadi, giperdiagnostika yoki kasallik og‘irligini past baholash xavfini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: homilador ayollarda surunkali arterial gipertenziyani tashxislashda MMP9 genining rs17577 (A/G) polimorfizmini aniqlashni qo‘llash qimmatbaho tasvirlash usullariga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirishga va 181 bemor uchun 134250000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan algoritmni amaliyotga qo‘llash natijasida bir bemorga 742000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.