Ashirov Mavlon Umirzakovichning
falsafa doktori (PhD) dissetatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tovon suyagi siniqlarini tashqi fiksatsiya apparati bilan davolash metodini takomillashtirish», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1 PhD/Tib2519.
Ilmiy konsul`tant: Urinbaev Payzilla, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01
Rasmiy opponentlar: Borzunov Dmitriy Yur`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Tilyakov Akbar Burievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tovon suyagi siniqlari lokalizatsiyasi va turiga mos ravishda takomillashtirilgan jarroxlik davolash usullarini ishlab chiqish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.     
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tovon suyaklari kompression sinishlarini davolash maksadida Ilizarov apparatining pastki xalkasiga  ikkita uzun balka va  six o‘rnatilgan xamda tovon suyagiga maxkamlangan xolatdagi modifikatsiyasi ishlab chiqilgan, natijada tovon suyagi bo‘laklarini suyak o‘qi bo‘ylab distraksiya qilish imkoni  yaratilganligi va suyak bo‘laklari repozisiyasiga erishilganligi isbotlangan;
tovon suyaklari ko‘p bo‘lakli kompression-impression murakkab sinishlarini davolash maksadida Ilizarov apparatining pastki xalkasiga  ikkita uzun balka + six o‘rnatilgan va tovon suyagiga  maxkamlangan, undan tashqari oyoq panjasi suyaklariga yarim xalqa o‘rnatilgan xolatdagi modifikatsiyasi ishlab chiqilgan, natijada tovon suyagi   bo‘laklarini suyak o‘qi bo‘ylab distraksiyasining amalga oshirilishi orqali suyak bo‘laklarining sifatli fiksatsiyasiga va mukammal repozisiyasiga erishilishi xamda  ikkilamchi suyak siljishlarining oldi olinishi isbotlangan;
tovon suyagi kompression-impression va Ligamentum calcaneofibularis  atrofi sinishlarida Bohler burchagining 20 gradusdan past va manfiy darajasini  ball tizimi asosida tasniflash sinishlarning murakkablik darajasini aniqlashga imkon berishi, murakkablik darajasi yuqori bo‘lgan sinishlarini davolashda ishlab chiqilgan tashqi fiksatsiya apparatlarini qo‘llash anatomik va funksional jixatdan samarali natija berishi isbotlangan;
tovon suyagi sinishlarida ishlab chiqilgan matematik ishchi formula yordamida davolash taktikasi asoslangan, bunda 8,0 balldan 9,0 ballgacha to‘plagan bemorlarda tovon suyagini yopiq usulda an’anaviy Ilizarov apparatida osteosintez qilish, 6,5 balldan 8,0 ballgacha to‘plagan bemorlarda esa tovon suyagini yopiq usulda 1-modifikatsiyalangan Ilizarov apparatida osteosintez qilish, 6,5 ballgacha to‘plagan bemorlarda tovon suyagini yopiq usulda 2-modifikatsiyalangan Ilizarov apparatida osteosintez qilish orqali davolash taktikasi ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sog‘likni saqlash vazirligi Ekspert kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/57-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 28 dekabrdagi 012973-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: tovon suyaklari kompression sinishlarini davolash maksadida Ilizarov apparatining pastki xalkasiga  ikkita uzun balka va  six o‘rnatilgan xamda tovon suyagiga maxkamlangan xolatdagi modifikatsiyasi ishlab chikilgan, natijada tovon suyagi bo‘laklarini suyak o‘qi bo‘ylab distraksiya qilish imkoni  yaratilganligi va suyak bo‘laklari repozisiyasiga erishilganligi isbotlangan. Natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (04.11.2024 y; №119-1), Andijon viloyati xujalik xisobidagi travmatologiya va ortopediya shifoxonasi (07.11.2024 y; №153), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (04.11.2024 y; № 233-1) klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tovon suyagi sinishlarida Bohler burchagining va Ligamentum calconeofibularisning xolatini baxolash bo‘g‘im ichi sinishlarini tashxislash va davolash sifatini yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: - bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 5 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 1211500 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 242300 so‘mni tashkil qiladi); 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning vertikalizatsiyasi tezlashtiradi va keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: tovon suyagi sinishlarida Bohler burchagining va Ligamentum calconeofibularisning xolatini baxolash orqali oshiriladigan jarroxlik amaliyoti usuli 1ta bemor uchun 2246500 so‘m iqtisod qilishga imkon berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: tovon suyaklari ko‘p bo‘lakli kompression-impression murakkab sinishlarini davolash maksadida Ilizarov apparatining pastki xalkasiga  ikkita uzun balka + six o‘rnatilgan va tovon suyagiga  maxkamlangan, undan tashqari oyoq panjasi suyaklariga yarim xalqa o‘rnatilgan xolatdagi modifikatsiyasi ishlab chiqilgan, natijada tovon suyagi   bo‘laklarini suyak o‘qi bo‘ylab distraksiyasining amalga oshirilishi orqali suyak bo‘laklarining sifatli fiksatsiyasiga va  mukammal repozisiyasiga erishilishi xamda  ikkilamchi suyak siljishlarining oldi olinishi isbotlangan. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (04.11.2024 y; №119-1), Andijon viloyati xujalik xisobidagi travmatologiya va ortopediya shifoxonasi (07.11.2024 y; №153), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (04.11.2024 y; № 233-1) klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: matematik formulani qullash yordamida, yig‘ilgan ballar asosida jarroxlik davolash usuli belgilab olinadi. Natijada kursatmaga binoan davolash usulini qullash oqibatida asoratlar ulushini kamaytirish imkonini bergan shu bilan birga davolash sifatini yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorning shifoxonadagi davri uchun: - bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 5 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 1211500 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 242300 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: taklif etilgan matematik formulani qullash natijasida, davolash usulini aniq belgilab olish 1 bemor uchun 2246500 so‘m iqtisodi imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: tovon suyagi kompression-impression va Ligamentum calcaneofibularis  atrofi sinishlarida Bohler burchagining 20 gradusdan past va manfiy darajasini  ball tizimi asosida tasniflash sinishlarning murakkablik darajasini aniqlashga imkon berishi, murakkablik darajasi yuqori bo‘lgan sinishlarini davolashda ishlab chiqilgan tashqi fiksatsiya apparatlarini qo‘llash anatomik va funksional jixatdan samarali natija berishi isbotlangan. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (04.11.2024 y; №119-1), Andijon viloyati xo‘jalik xisobidagi travmatologiya va ortopediya shifoxonasi (07.11.2024 y; №153), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (04.11.2024 y; № 233-1) klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: matematik formula asosida davolash usullarini mos ravishda qullash, bo‘g‘im ichi sinishlarini davolashning funksional va anatomik natijalarini yaxshiladi, jarrohlik va umumiy davolanish vaqtini qisqartirdi, erta reabilitatsiyani boshlash va bo‘g‘im funksiyasini to‘liq tiklash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: bo‘g‘im ichi sinishlari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash usulini tanlash uchun ishlab chiqilgan matematik formula travmadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun to‘g‘ri jarrohlik davolash taktikasini tanlashga imkon berish natijasida nogironlik darajasini pasaytirish iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: tovon suyagi sinishlarini xirurgik davolashning optimallashtirilgan stabil usulini tanlash taktikasini qo‘llash noto‘g‘ri va qimmat davo turlarini qo‘llamaslik hisobiga mablag‘larni iqtisod qilishga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tovon suyagi sinishlarida ishlab chiqilgan matematik ishchi formula yordamida davolash taktikasi asoslangan, bunda 8,0 balldan 9,0 ballgacha to‘plagan bemorlarda tovon suyagini yopiq usulda an’anaviy Ilizarov apparatida osteosintez qilish, 6,5 balldan 8,0 ballgacha to‘plagan bemorlarda esa tovon suyagini yopiq usulda 1-modifikatsiyalangan Ilizarov apparatida osteosintez qilish, 6,5 ballgacha to‘plagan bemorlarda tovon suyagini yopiq usulda 2-modifikatsiyalangan Ilizarov apparatida osteosintez qilish orqali davolash taktikasi ilmiy isbotlangan. Natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (04.11.2024 y; №119-1), Andijon viloyati xujalik xisobidagi travmatologiya va ortopediya shifoxonasi (07.11.2024 y; №153), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (04.11.2024 y; № 233-1) klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Olingan natijalar operatsiyadan keyingi uzoq davrda oyoq panja funksiyalarining to‘liq klinik, funksional va anatomik tiklanishi, 1-asosiy guruh bemorlarida Bohler burchagi bo‘yicha 92,2%, Ligamentum calcaneofibular sohasidan sinishlari bo‘yicha 93,5%ni, 2-asosiy guruhdagi bemorlarda esa Bohler burchagi bo‘yicha 94,2%, Ligamentum calcaneofibular sohasidan sinishlari bo‘yicha 95,4% bemorlar a’lo va yaxshi najalar qayd etildi. Iqtisodiy samaradorligi: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: - bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 5 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 1211500 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 242300 so‘mni tashkil qiladi). 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning vertikalizatsiyasi tezlashtiradi va keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: taklif etilgan matematik formulani qullash natijasida, davolash usulini aniq belgilab olish 1 bemor uchun 2246500 so‘m iqtisodi imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish