Mashrapov Ahliddin Tursunalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Behi (Cydonia MILL) nav va duragaylarining agrobiologik xususiyatlari hamda ularning seleksiyadagi ahamiyati”, 06.01.07- Mevachilik va uzumchilik, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik k (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1263
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Xilola Ravshanovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Xalmirzaev Dilmurad Kamilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Rejametov Sherzod Nigmatullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Behi (Cydonia mill) ning agrobiologik, fiziologik xususiyatini kompleks o’rganish asosida seleksiya uchun birlamchi manbalar ajratish va qimmatli xo’jalik belgilarga ega bo’lgan navlarni joriy etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Farg‘ona vodiysi sharoitida behi nav va duragaylarining pishish muddatlariga asosan 3 guruxga ertaki, o’rtaki va kechki guruhlarga ajratilgan hamda behi navlari uchun maqbul payvandtaglar tanlab olingan; 
behining Olmabehi, Sovxoznaya, Samarkandskaya krupnoplodnaya, Turush Buxarskaya, Mushk behi, Otlichnisa, Shirin, Samarkand pozdnyaya, Nonbehi navlarining abiotik omillarga chidamlilik xususiyatlari Izobilnaya, Chuchuk krupnaya, Krimskaya rannyaya, Urojaynayalarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan;
Olmabehi, Samarkandskaya krupnoplodnaya, Sovxoznaya, Konservnaya, Urojaynaya, Samarkand pozdnyaya, Nonbehi, Otlichnisa, Shirin navlarining hosildorligi o’rtacha 177-200 s/ga ni tashkil etib Turush Buxarskaya va Erevan navlariga nisbatan 85,6-108,6 s/ga ga yuqori ekanligi aniqlangan;
Olmabehi, Bahri, Nonbehi va Shirin behi navlari mevalari tarkibida qand miqdori 13% dan ko’p bo’lib, bu boshqa navlardan 2,26% ga yuqori ekanligi isbotlangan;
Olmabehi, Anjeranskaya, Turush Buxarskaya, Konservnaya, Kolxoznisa, Samarkand pozdnyaya navlari Sovxoznaya, Samarkandskaya krupnoplodnaya, Nonbehi navlariga nisbatan bakterial rak kasalligiga chidamli ekanligi aniqlangan;
behining qurg‘oqchilikka va issiqqa chidamli bo’lgan “Olmabehi” navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Behi navlarining xo’jalik va bioligik xususiyatlari va ularning seleksiyadagi ahamiyati bo’yicha tadqiqotlar natijaslari asosida:
“Behidan yuqori va sifatli hosil olish” mavzusidagi ilmiy tavsiyanoma tasdiqlangan va Akademik Maxmud Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 8-oktyabrdagi 05/06-03-306-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o’quv va ilmiy ishlab chiqarish jarayonida hamda fermer xo’jaliklari uchun behizorlardan yuqori va sifatli hosil olish bo’yicha ilmiy-uslubiy qo’llanma sifatida xizmat qilgan.
Farg‘ona, Samarqand va Namangan viloyatlari uchun behining istiqbolli navlarini tanlash ishlanmasi “Oq yo’l baraka”, “Rushana” DK bog‘i mevasi omad”, “Adashov Azam Akromovich” fermer xo’jaliklarining 8 gektar maydoniga joriy etilgan (Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 8-oktyabrdagi 05/06-03-306-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Olmabehi” navidan 20 tonna, “Samarkanskaya Krupnoplodnaya” navidan 19 tonna, “Izobelnaya” navidan 17 tonna hosil olishga va “Olmabehi” navidan 87 mln so’m, “Samarkanskaya Krupnoplodnaya” navidan 70 mln so’m daromad olishga erishilgan;
Behi nav va duragaylarining meva sifatini texnologik baholash  ishlanmasi Farg‘ona viloyati “Oq yo’l baraka”, Samarqand viloyati “Rushana” DK bog‘i mevasi omad”, Namangan viloyati “Adashov Azam Akromovich” fermer xo’jaliklarining 8 gektar maydoniga joriy etilgan (Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 8-oktyabrdagi 05/06-03-306-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qand miqdori “Olmabehi” navida 14,2%, “Samarkanskaya Krupnoplodnaya” navida 12,94%, “Izobelnaya” navida 11,22% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish