Satimova Dilafruz Numonjonovnaning    
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Ingliz va o‘zbek tillarida lisoniy substandartning turli diskurslardagi pragmatik, lingvokulturologik va sotsiolingvistik tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Fil336.
Ilmiy rahbar: Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Usmanov Farxad Faxriddinovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ahmedova Mehrinigor Bahodirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Nurislom Xursanov Iskandarovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida substandart lisoniy birliklar – quyi kollokvializm, dialektizm, yoshlar slengi, jinoyatchilik argosi, kasbiy jargon, neologizm, anglisizm, vulgarizm va shu kabi boshqa substandart birliklarni turli diskurslar doirasida pragmatik, lingvokulturologik hamda sotsiolingvistik jihatlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillari leksik korpusining differensiatsiya qatlamlari iste’mol doirasiga ko‘ra keng qamrovda qiyosiy analitik mezonlar asosida – standart va substandart kategoriyalar (ingliz tilida adabiy, umumiy va kollokvial, o‘zbek tilida adabiy leksika va umumiste’moldagi leksika)ga ajratilib, shu asosda lisoniy me’yor va subme’yor tushunchalarining nazariy mezonlari ishlab chiqilgan hamda substandart birliklarning turlari (sleng, jargon, argo, quyi kollokvializm, dialektal leksika, neologizm, anglisizm, vulgarizm kabi), ularning terminologik ta’rifi va taksonomiyasi ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida norasmiy qatlamni ifodalovchi sleng, kasbiy jargon, kollokvial birliklar, dialektizmlar, neologizmlar, anglisizmlar, vulgarizmlar, jinoyat olami so‘zlashuv leksikasi (argot, kriminogen invektiv leksika) kabi substandart birliklarni ijtimoiy, nutqiy va pragmatik jihatlar (pressupozisiya, implikatura, illokusiya, perlokusiya va nutqiy aktlar) doirasida qiyosiy tahlil qilish orqali tillarning umumiy va differensial xususiyatlari dalillangan;
substandartning ommaviy axborot vositalari va internet platformalaridagi nutqiy reallashuvi, subkollokvial leksikaning emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorligi, neologizmlarning aniqlovchi mezonlari (semantik, leksik, leksik-grammatik neologizmlar), neologizm va anglisizmlarning shakllanishida interlingvistik, intralingvistik va ekstralingvistik omillar, anglisizmlarning morfoleksik integratsiyasi, hamda hosil bo‘lish mexanizmlari, ularni qabul qilish bilan bog‘liq sotsiopragmatik omillar ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillari badiiy diskursida substandart leksikaning personajlarning nutqiy portretini shakllantirish, kinoya yoki emotsional-ekspressivlikni ifodalashdagi funksional ahamiyati, mualliflik (okkazional) birliklarining lingvokulturologik jihatlari aniqlangani, shuningdek, tarjimada sotsiokulturologik omillarni hisobga olgan holda ekvivalent, analog va adekvat tarjima variantlarini tanlashdagi murakkabliklar sistemlashtirilib, tarjima jarayonida asliyat va tarjima tillaridagi lisoniy birliklarning uyg‘unlashuvini ta’minlovchi lingvokulturologik ekvilibr (muvozanatli milliy-madaniy moslashuv) tamoyili ishlab chiqilganligi hamda milliy xususiyatga ega bo‘lgan substandart nominativ va frazeologik birliklarni translyasiya qilishda kalkalash usulining samaradorligi ilmiy jihatdan asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida substandart lisoniy birliklarning kiberlug‘atlarda qayd etilishi va ularning lingvokulturologik (so‘zning dialektal talqini, tilda egallagan madaniy maqomi, frazeologik va idiomatik shakllari), sotsiolingvistik (norasmiy yoki substandart ifodalanish holatlari), kommunikativ-pragmatik (autentik misollar orqali turli kontekstlarda tushunilishi) xususiyatlarini tizimli tahlil qilishda onlayn korpuslar, avtomatik leksik tasnif algoritmlari va giperhavola mexanizmlarini qo‘llash hamda sotsiolingvistik pometa berish tamoyillari ishlab chiqilgan holda chog‘ishtirilayotgan tillardagi substandart birliklarning kiberlug‘atlardagi izomorfik hamda allomorfik jihatlari (bir leksemaning ikki tilda namoyon bo‘ladigan 24 ta tahliliy-parametrik imkoniyatlari) statistik ravishda identifikatsiya qilingan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida: 
ingliz va o‘zbek tillari leksik korpusining differensiatsiya qatlamlari iste’mol doirasiga ko‘ra keng qamrovda qiyosiy analitik mezonlar asosida – standart va substandart kategoriyalar (ingliz tilida adabiy, umumiy va kollokvial, o‘zbek tilida adabiy leksika va umumiste’moldagi leksika)ga ajratilib, shu asosda lisoniy me’yor va subme’yor tushunchalarining nazariy mezonlari ishlab chiqilgan hamda substandart birliklarning turlari (sleng, jargon, argo, quyi kollokvializm, dialektal leksika, neologizm, anglisizm, vulgarizm kabi), ularning terminologik ta’rifi va taksonomiyasi umumlashtirilganligiga doir ilmiy natijalari va materiallaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 – “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil, 3-fevraldagi 04-1-423-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy dalillar bilan boyitildi, xususan, lisoniy substandartni belgilovchi ayrim til birliklarining diskursiv jihatlari ochib berilgan;
substandartning ommaviy axborot vositalari va internet platformalaridagi nutqiy reallashuvi, subkollokvial leksikaning emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorligi, neologizmlarning aniqlovchi mezonlari (semantik, leksik, leksik-grammatik neologizmlar), neologizm va anglisizmlarning shakllanishida interlingvistik, intralingvistik va ekstralingvistik omillar, anglisizmlarning morfoleksik integratsiyasi, hamda hosil bo‘lish mexanizmlari, ularni qabul qilish bilan bog‘liq sotsiopragmatik omillari xususidagi ilmiy natijalari va materiallaridan Andijon davlat universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan. (Andijon davlat universitetining 2025-yil, 4-fevraldagi 04-499-son ma’lumotnomasi). Natijada substandart leksikani lingvistik tavsiflashning yangi metodologiyasi ishlab chiqilib, uning ommaviy axborot vositalari va internet maydonlaridagi nutqiy reallashuvining ijtimoiy-kommunikativ funksiyalari nazariy jihatdan asoslab berilgan;
ingliz va o‘zbek tillari badiiy diskursida substandart leksikaning personajlarning nutqiy portretini shakllantirish, kinoya yoki emotsional-ekspressivlikni ifodalashdagi funksional ahamiyati, mualliflik (okkazional) birliklarining lingvokulturologik jihatlari aniqlanganiga oid xulosa va natijalaridan Andijon davlat universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan “№ IL-402104213 – “O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovasion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan. (Andijon davlat universitetining 2025-yil, 4-fevraldagi 04-498-son ma’lumotnomasi). Natijada, substandart leksikaning badiiy diskurslarda va tarjima jarayonida qo‘llanilish xususiyatlari aniqlanib, kiberlug‘atlardagi izomorfik va allomorfik birliklarning lingvistik tavsifi ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida substandart lisoniy birliklarning kiberlug‘atlarda qayd etilishi va ularning lingvokulturologik (so‘zning dialektal talqini, tilda egallagan madaniy maqomi, frazeologik va idiomatik shakllari), sotsiolingvistik (norasmiy yoki substandart ifodalanish holatlari), kommunikativ-pragmatik (autentik misollar orqali turli kontekstlarda tushunilishi) xususiyatlarini tizimli tahlil qilishda onlayn korpuslar, avtomatik leksik tasnif algoritmlari va giperhavola mexanizmlarini qo‘llash hamda sotsiolingvistik pometa berish tamoyillari ishlab chiqilgan holda chog‘ishtirilayotgan tillardagi substandart birliklarning kiberlug‘atlardagi izomorfik hamda allomorfik jihatlari (bir leksemaning ikki tilda namoyon bo‘ladigan 24 ta tahliliy-parametrik imkoniyatlari) statistik ravishda identifikatsiya qilinganligiga doir dalillar, nazariy fikr-mulohazalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022-yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (P020002335) raqamli “FY-18 English Access Microscholarship program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan. (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2025-yil, 3-fevraldagi 10-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar asosida substandart birliklarning kiberlug‘atlardagi mushtarak va farqli jihatlari statistik ravishda identifikatsiya qilingan;
ingliz va o‘zbek tillarida norasmiy qatlamni ifodalovchi sleng, kasbiy jargon, kollokvial birliklar, dialektizmlar, neologizmlar, anglisizmlar, vulgarizmlar, jinoyat olami so‘zlashuv leksikasi (argot, kriminogen invektiv leksika) kabi substandart birliklarni ijtimoiy, nutqiy va pragmatik jihatlar (pressupozisiya, implikatura, illokusiya, perlokusiya va nutqiy aktlar) doirasida qiyosiy tahlil qilish orqali tillarning umumiy va differensial xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar va yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Mutolaa”, “Fan ufqlari”, “Yoshlar va biz” nomli radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘z/RV-23-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirishlar tufayli yurtdoshlarimiz, xususan yosh avlod nutqida qo‘llanilayotgan substandart birliklarning tushunilishi osonlashgan va ularning ijtimoiy ahamiyati oshgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish