Gaipova Muxayyo Tulyaganovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiyma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent yog‘och o‘ymakorligi maktabi an’analari va o‘ziga xos xususiyati” 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/San196.
Ilmiy rahbar: Nishanova Kamola Solijon qizi, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020.San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Akbar Abdullaevich, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Xasanova Nargiza Sagdullaevna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent yog‘och o’ymakorligi maktabi an’analari va o’ziga xos xususiyatilarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O’zbekiston yog‘och o’ymakorligi maktablaridan farqli ravishda Toshkent yog‘och o’ymakorligi maktabiga oid ustalardan Muharram Ibragimova tomonidan yaratilgan naqshlar to’g‘ridan to’g‘ri buyumlarning o’ziga chizib, erkin dinamik kompozisiyalar yaratilganligi, naqshlar bir-birini takrorlamasligi aniqlanib, ustani novator rassom sifatida e’tirof etish mumkin ekanligi dalillangan;
Ibragimovlar sulolasi vakili Jamshid Gaipov monumental arxitekturaviy yog‘och konstruksiya, panjara, qandillarga to’rpardani eslatuvchi islimiy ochiq o’yma naqshlar ishlaganligi va ularning tashqi qismi shisha bilan yopilishi natijasida Toshkent yog‘och o’ymakorligida yangi uslublar paydo bo’layotganligi, sulolaviy ustalardan Azlarovlar maishiy buyumlardagi naqsh kompozisiyalarini boshqa san’at turlari (hattotlik, miniatyura, rangli naqqoshlik) bilan uyg‘un holda yaratayotganligi dalillangan;
XX asrning oxirgi o’n yilligida Toshkent yog‘och o’ymakorligi maktabi sulolaviy ustalarning ustun, eshik, toqilarni bezashda ishlatilgan kalta bo’rtmali, yassi o’ymali naqshlarda Qo’qon maktabi an’analari kuzatilgan bo’lsa, so’nggi o’n yillikda eshiklar bezagida uch va to’rt qavatli mayda o’yma naqshlar texnikasi ustunlik qilganligi asoslangan;
yog‘och o’ymakor ustalar naqqoshlar bilan birgalikda naqsh kompozisiyasini yaratib, yillar davomida takomillashtirib, axtalar avloddan-avlodga meros bo’lib o’tganligi, 2000-yillardan boshlab zamonaviy texnologiyalardan foydalanilishi natijasida hunarmandlarning o’ziga xos ijodiy yondashuvi yo’qolib ketish xavfi borligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent yog‘och o’ymakorligi maktabi an’analarining o’ziga xos xususiyatlarinitalqin qilish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston yog‘och o‘ymakorligi maktablaridan farqli o‘laroq, Toshkent yog‘och o‘ymakorligi maktabiga oid ustalardan Muharram Ibragimova tomonidan naqshlar to‘g‘ridan to‘g‘ri buyumlarning o‘ziga chizib, erkin dinamik kompozisiyalar yaratganligi hamda ular bir-birida takrorlanmasligi aniqlanib, uning novator rassom sifatida e’tirof etish mumkin ekanligi to’g‘risidagi ma’lumotlardan “Amaliy bezak san’ati tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 676-353-son nashr guvohnomasi). Natijada, O‘zbekiston yog‘och o‘ymakorligi maktabining shakllanish tarixi va badiiy bezak uslublarining o‘rganilishi, zamonaviy yog‘och o‘ymakorligidagi asosiy tendensiyalar, yutuq va kamchiliklar, amaliy tajribalarga doir ma’lumotlar yoritilishiga xizmat qilgan;
Ibragimovlar sulolasi vakili Jamshid Gaipov monumental arxitekturaviy yog‘och konstruksiya, panjara, qandillarga to‘rpardani eslatuvchi islimiy ochiq o‘yma naqshlar ishlaganligi va ularning tashqi qismi shisha bilan yopilishi natijasida Toshkent yog‘och o‘ymakorligida yangi uslublar paydo bo‘layotganligi, sulolaviy ustalardan Azlarovlar maishiy buyumlardagi naqsh kompozisiyalarini boshqa san’at turlari (hattotlik, miniatyura, rangli naqqoshlik) bilan uyg‘un holda yaratayotganligi bo’yicha olingan ma’lumotlardan O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyidagi Toshkent yog‘och o‘ymakorligi maktabi, yog‘och o‘ymakor ustalar va ularning sulolasiga xos ustoz-shogird an’anasiga bag‘ishlangan ekskursiya matnini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy me’ros agentligining 2024-yil 8-oktyabrdagi 02-05-3764-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekskursiyada Toshkent yog‘och o‘ymakorligiga oid to‘liq o‘rganilmagan badiiy jarayonlar, xususan yaratilayotgan buyumlarda kuzatilayotgan ijodiy o‘zgarishlar keng yoritilishiga xizmat qilgan;
yog‘och o‘ymakor ustalar naqqoshlar bilan birgalikda naqsh kompozisiyasini yaratib, yillar davomida takomillashtirib, axtalar avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tganligi, 2000-yillardan boshlab zamonaviy texnologiyalardan foydalanishi natijasida hunarmandlarning o‘ziga xos ijodiy yondashuvi yo‘qolib ketish xavfi borligi bo’yicha olingan ma’lumotlardan “Amaliy bezak san’ati tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 676-353-son nashr guvohnomasi). Natijada, O‘zbekiston zamonaviy yog‘och o‘ymakorligi maktabining naqshlar guruxilarini aniqlash, yangi texnologiyalarning o’ymakorlik an’analariga ta’siri, yutuq va kamchiliklarga doir ma’lumotlar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
XX asrning oxirgi o‘n yilligida Toshkent yog‘och o‘ymakorligi maktabi sulolaviy ustalarning ustun, eshik, toqilarni bezashda ishlatilgan kalta bo‘rtmali, yassi o‘ymali naqshlarda Qo‘qon maktabi an’analari kuzatilgan bo‘lsa, so‘nggi o‘n yillikda eshiklar bezagida uch va to‘rt qavatli mayda o‘yma naqshlar texnikasi ustunlik qilganligi bo’yicha olingan ma’lumotlardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining yog‘och o‘ymakorligiga oid kolleksiyasini boyitish, so‘nggi yillarda yog‘och o‘ymakorligida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalardan yangi ashyolarni atribusiya qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 3-iyundagi 3/1255-1379-son guvohnomasi). Natijada, Toshkent yog‘och o‘ymakorligiga oid manbalar bazasi kengaytirilib,Toshkent yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil qilish, dissertatsiyadagi fotolar XX asrning ikkinchi yarmida Toshkentda faoliyat yuritgan yog‘och o‘ymakorlar sulolalarini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.