Shaxlo Jaloliddin qizi Kurbanovaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston xalqaro aloqalarining rivojlanishi va bu jarayonda Sharof Rashidovning roli (1950 – 1983 yy.)” 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.1.PhD/Tar1786.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Renesans ta’lim universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03
Ilmiy rahbar: Ergashev Shuhrat Ergashevich tarix fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar tarix fanlari doktori, professor Mahkamova Nodira Raxmanovna, tarix fanlari doktori Boboev Feruz Sayfulloevich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekiston tashqi aloqalarining rivojlanishi va bu jarayonda Sharof Rashidovning rolini mavjud ilmiy asarlar, dissertatsiyalar, arxiv materiallari, muzeylarda saqlanayotgan materiallar asosida yaxlit ilmiy ish sifatida yaratish maqsad qilib olingan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
1950-yillarning o‘rtalarida G‘arb davlatlari va sobiq SSSR o‘rtasida “uchinchi dunyo” mamlakatlarini o‘zinig siyosiy ta’sir doirasiga olish uchun boshlangan kurashda mohir diplomat va siyosiy yetakchi Sh.Rashidovning tashqi siyosat sohasidagi faoliyati asosan Osiyo va Afrika mamlakatlari bilan ijtimoiy-gumanitar sohalarda hamkorlik o‘rnatishga hamda ularni umuminsoniy g‘oyalarga sodiqlik ruhida rivojlanish yo‘liga jalb qilishga yo‘naltirilganligi ochib berilgan;
Sh.Rashidovning 1962-yilgi “Karib inqirozi” davrida AQSh bilan sobiq SSSR o‘rtasida vujudga kelgan ziddiyatni yumshatishda, global yadroviy urush xavfini bartaraf etishda, Kuba Respublikasi mustaqilligini saqlab qolish va uning xavfsizligini kafolatlashda Kubaga sovet raketalarini paxta terish va boshqa qishloq xo‘jalik mashinalari nomi ostida joylashtirishdagi mahorati hamda mustaqillikka erishgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari ozodligini mustahkamlashdagi sa’yi-harakatlari dalillangan;
O‘zbekiston Markaziy Osiyo respublikalari orasida yuqori madaniy va ilmiy-texnik salohiyatga ega bo‘lganligi sababli Toshkent shahrini Sharq mamlakatlari uchun madaniy muloqot maydoniga aylantirishda, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun kadrlar tayyorlashga yo‘naltirishda hamda 1970 – 1980-yillari oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan yoshlar ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratishda sobiq SSSR rahbarlari Sh.Rashidovning diplomatik salohiyatidan mavjud tuzum manfaatlari yo‘lida foydalanganligi ko‘rsatib berilgan;
Sovet davrida O‘zbekiston sanoatining asosan paxta etishtirish va uni qayta ishlash bilan bog‘liq sohalari rivojlanganligi, chet davlatlar bilan iqisodiy aloqalar markazdan boshqarilganligi va cheklanganligi, respublika 1500 dan ortiq korxonalari o‘z mahsulotlarini asosan Osiyo va Afrika mamlakatlariga eksport qilganligi, eksportning asossiy qismini qishloq xo‘jaligi mashinalari va kimyo sanoati mahsulotlari tashkil qilganligi hamda shu mamlakatlarga Sh.Rashidov boshchiligida tashrif buyurgan sovet delegatsiyasining maqsadlari sobiq SSSRning tashqi siyosat strategiyasi va iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston xalqaro aloqalarining rivojlanishi va bu jarayonda Sharof Rashidovning roli mavzusini tadqiq etish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
1950-yillarning o‘rtalarida G‘arb davlatlari va sobiq SSSR o‘rtasida “uchinchi dunyo” mamlakatlarini o‘zinig siyosiy ta’sir doirasiga olish uchun boshlangan kurashda mohir diplomat va siyosiy yetakchi Sh.Rashidovning tashqi siyosat sohasidagi faoliyati asosan Osiyo va Afrika mamlakatlari bilan ijtimoiy-gumanitar sohalarda hamkorlik o‘rnatishga hamda ularni umuminsoniy g‘oyalarga sodiqlik ruhida rivojlanish yo‘liga jalb qilishga yo‘naltirilganligini ochib berishga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlanib, “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Sharof Rashidovni xotirlab” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasi tomonidan 28.02.2023 yilda berilgan № 02-30-320-sonli ma’lumotnoma). Bu o‘z navbatida Sharof Rashidovning global miqyosda fikrlaydigan yetakchi bo‘lganligi, 1962-yilgi Karib inqirozi davrida AQSh bilan SSSR o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishda, insoniyatni yadro urushi xavfidan asrab qolshda uning ham katta hissasi borligi haqidagi ma’lumotlarni ilmiy tadqiqotchilar va keng ommaga etkazishda xizmat qildi.
Sh.Rashidovning 1962-yilgi “Karib inqirozi” davrida AQSh bilan sobiq SSSR o‘rtasida vujudga kelgan ziddiyatni yumshatishda, global yadroviy urush xavfini bartaraf etishda, Kuba Respublikasi mustaqilligini saqlab qolish va uning xavfsizligini kafolatlashda Kubaga sovet raketalarini paxta terish va boshqa qishloq xo‘jalik mashinalari nomi ostida joylashtirishdagi mahorati hamda mustaqillikka erishgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari ozodligini mustahkamlashdagi sa’yi-harakatlari dalillashga oid takliflar Sharof Rashidov nomidagi xalqaro jamoat fondi materiallarini boyitishda keng foydalanildi (Sharof Rashidov nomidagi xalqaro jamoat fondi Boshqaruv kengashi tomonidan 02.05.2023 yilda berilgan № 50-sonli ma’lumotnoma). 1968-yil sentyabrda Osiyo, Afrika, Evropa, Amerika va Avstraliyaning 46 mamlakatidan yozuvchilar Toshkentda yigʻilib, “Adabiyot va zamonaviy dunyo” mavzusida o‘tkazilgan simpozium ham Sh.Rashidovning xalqaro maydondagi rolini xolisona yoritilishiga yordam berdi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo respublikalari orasida yuqori madaniy va ilmiy-texnik salohiyatga ega bo‘lganligi sababli Toshkent shahrini Sharq mamlakatlari uchun madaniy muloqot maydoniga aylantirishda, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun kadrlar tayyorlashga yo‘naltirishda hamda 1970 – 1980-yillari oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan yoshlar ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratishda sobiq SSSR rahbarlari Sh.Rashidovning diplomatik salohiyatidan mavjud tuzum manfaatlari yo‘lida foydalanganligi ko‘rsatib berishga hamda Sovet davrida O‘zbekiston sanoatining asosan paxta etishtirish va uni qayta ishlash bilan bog‘liq sohalari rivojlanganligi, chet davlatlar bilan iqisodiy aloqalar markazdan boshqarilganligi va cheklanganligi, respublika 1500 dan ortiq korxonalari o‘z mahsulotlarini asosan Osiyo va Afrika mamlakatlariga eksport qilganligi, eksportning asossiy qismini qishloq xo‘jaligi mashinalari va kimyo sanoati mahsulotlari tashkil qilganligi hamda shu mamlakatlarga Sh.Rashidov boshchiligida tashrif buyurgan sovet delegatsiyasining maqsadlari sobiq SSSRning tashqi siyosat strategiyasi va iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalalri bo‘yicha qo‘mitasiga a’zo bo‘lgan barcha millatlar haqidagi ma’lumotlarning boyishiga xizmat qildi (O‘zbekiston Respublikasi millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalalri bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan 25.04.2025-yilda berilgan №14-07-157-sonli ma’lumotnoma). Sharof Rashidov tashabbusi bilan o‘tkazilgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari Toshkent xalqaro kinofestivali, Hindiston va Pokiston o‘rtasida munosabatlarni normallashtirish haqida imzolangan Toshkent deklaratsiasi hamda Osiyo, Afrika va Evropa mamlakatidan kelgan yigit-qizlar O‘zbekistonning turli oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olganliklari hamada Sharof Rashidov tashabbusi bilan o‘tkazilgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari Toshkent xalqaro kinofestivali, Hindiston va Pokiston o‘rtasida munosabatlarni normallashtirish haqida imzolangan Toshkent deklaratsiasi hamda Osiyo, Afrika va Evropa mamlakatidan kelgan yigit-qizlar O‘zbekistonning turli oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olganliklariga oid qimmatli ma’lumotlar bilan boyitildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish