Qarshiev Sharif Sherqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Quyosh kollektorlarini buzilishdan himoyalash uchun energiya tejamkor va ishonchli o‘zini o‘zi drenaj qiladigan gelioqurilmalar”, 05.09.03–Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish  ixtisosligi bo‘yicha, (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T1259.
Ilmiy rahbar: Rashidov Yusuf Karimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universitetida. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Klichev Shavkat Isakovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim. 
Abdullaev Qulmamat Yusupovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi  tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi quyosh kollektorlarida issiqlik tashuvchini bir marta past oqim bilan isitish, shuningdek, uning tarkibiy qismlarini, jumladan quyosh kollektori tuzilishini takomillashtirish orqali, o‘z-o‘zini drenaj qiladigan gelioqurilmaning energiya samaradorligi va ishonchliligini oshirish hamda investisiya va foydalanish xarajatlarini kamaytirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyosh radiatsiyasining o‘zgaruvchan intensivligida gelioqurilmaning investisiya va ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish imkonini beradigan quyosh kollektorlarida issiqlik tashuvchini bir marta past oqim bilan isitadigan o‘z-o‘zini drenaj qiladigan gelioqurilmalarning ikki fazali suv-havo oqimi sharoitlarida ishlashi uchun asbob-uskunalarning xususiyatlari va sxematik echimlariga qo‘yiladigan asosiy talablar va drenajlash sxemasining takomillashtirilgan gidravlik konfiguratsiyasi ishlab chiqgan; 
quyosh kollektorlari va drenaj bakining o‘zaro joylashuvi geometrik belgilarining nisbiy farqi qiymatiga, past sarfli bir martalik isitishda faol elementli o‘z-o‘zini drenaj qiladigan gelioqurilmada quyosh radiatsiyasi intensivligining o‘zgarish ta’sirini baholash uchun bog‘liqlik aniqlangan;
o‘z-o‘zini drenaj qiladigan gelioqurilmada drenaj bakidagi suyuqlik sathi va napori o‘zgaruvchan bo‘lgan sharoitda quyosh kollektorlarini drenajlash va issiqlik tashuvchi bilan to‘ldirish vaqtini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;
quyosh kollektorining o‘zgarmas kesimli kanallari bo‘ylab suvni bir tekis taqsimlash uchun konussimon suv taqsimlagichning matematik modeli va o‘z-o‘zini drenaj qiladigan gelioqurilmaning yangi quyosh kollektori konstruksiyasini qiyosiy sinovdan o‘tkazish uchun tajriba stendi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyosh kollektorlarini buzilishdan himoyalash uchun energiya tejamkor va ishonchli o‘zini o‘zi drenaj qiladigan gelioqurilmalar bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida quyidagilar amaliyotga tatbiq etildi:
quyosh kollektorlarida issiqlik tashuvchini bir marta past oqim bilan isitish va quyosh kollektori tuzilishini takomillashtirish orqali o‘z-o‘zini drenaj qiladigan gelioqurilmaning energiya samaradorligi va ishonchliligini oshirish hamda investisiya va foydalanish xarajatlarini kamaytirish usuli Toshkent viloyati Shodlik MFY, 59-uyda “Gold-Arch Construktion” xususiy korxonasida amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi 11.18.2022 y. №05/15-2819- sonli ma’lumotnomasi). Natijada quyosh kollektorlarining samaradorligini 20% gacha oshirishga, tarmoqdan elektr energiya iste’mol qilishni 9-11% ga tejalishiga va yillik iqtisodiy samarani 31407063 so‘mni tashkil etishiga erishildi (Toshkent viloyati Shodlik MFY, 59-uyda “Gold-Arch Construktion” xususiy korxonasinig dalolatnomasi 05.08.2022 y.);    
quyosh kollektorlarida issiqlik tashuvchini bir marta past oqim bilan isitish va quyosh kollektori tuzilishini takomillashtirish orqali o‘z-o‘zini drenaj qiladigan gelioqurilmaning energiya samaradorligi va ishonchliligini oshirish hamda investisiya va foydalanish xarajatlarini kamaytirish usuli Toshkent viloyati Do‘rmon, Qurama 4-tor berk ko‘chasida, quyosh suv isitish qurilmalarida amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 05.09.2022 y. Natijada quyosh kollektorlarining samaradorligi, tarmoqdan elektr energiya va tabiiy gaz iste’mol qilishni 20%ga kamaytirilishiga va yillik iqtisodiy samarani 39 366 894 so‘mni tashkil etishiga erishildi (“Toshkent viloyati issiqlik manbai ishlab chiqarish boshqarmasi” dalolatnomasi 09.08.2022 y.).

Yangiliklarga obuna bo‘lish