Mahmudova Nozimaxon Baxriddinxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududiy tadbirkorlikda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish istiqbollari” (Namangan viloyati misolida), 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt4210.
Ilmiy rahbar: Mullabaev Baxtiyarjon Bulturbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Baxodir Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Fayzullaev Nurullo Baxramovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududiy tadbirkorlikda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘rsatkichlarning vazn qiymatlaridan foydalangan holda Inson kamoloti (0,177-0,182), oila ravnaqi (0,172-0,177), hudud taraqqiyoti (0,166-0,172), davlat ravnaqi (0,161-0,166), mehnat jamoalari takomillashuvi (0,156-0,161) va jamiyat taraqqiyoti (0,151-0,156) bilan bog‘liq hududiy tadbirkorlikda xizmat ko‘rsatish sohalari guruhlangan;
mintaqada tadbirkorlik rekreatsiya muassasalari yotoqxonalarining (1 guruh 10-200 nafargacha, 2 guruh 201-500 nafargacha va 3 guruh 500 dan ortiq) guruhlari bo‘yicha tashrif buyuruvchilar sonini oshirish bo‘yicha ko‘p omilli TBS=11,1-0,05*XKX-0,03*OS+0,18*XS modeli taklif etilgan;
standartlashtirilgan ma’lumotlarga va o‘ziga xos indeksning og‘irligiga asoslanib, xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishi indeksi - SDIni hisoblash uchun keng qamrovli juda past (SDI<0,040), o‘rtachadan past (0,056<SDI<0,071 gacha), o‘rtacha (0,071≤SDI<0,087 gacha), o‘rtachadan yuqori (0,087≤SDI<0,102 gacha), yuqori (0,102≤SDI<0,118 gacha) va eng yuqori (0,118≤SDI) mezonlar taklif etilgan;
Namangan viloyatining kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlantirishning istiqbol yo‘nalishlari 2030-yilgacha ko‘p omilli prognoz natijalari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududiy tadbirkorlikda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘rsatkichlarning vazn qiymatlaridan foydalangan holda, inson kamoloti (0,177-0,182), oila ravnaqi (0,172-0,177), hudud taraqqiyoti (0,166-0,172), davlat ravnaqi (0,161-0,166), mehnat jamoalari takomillashuvi (0,156-0,161) va jamiyat taraqqiyoti (0,151-0,156) bilan bog‘liq hududiy tadbirkorlikda xizmat ko‘rsatish sohalarini guruhlash bo‘yicha taklifi Namangan viloyati hokimligi hamda uning hududiy boshqarmalarining amaliyotiga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 18-martdagi 02/10-1125-son ma’limotnomasi). Ushbu taklif kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda xizmat ko‘rsatish sohasining muhitining shakllanishi, hududiy-iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlik darajasini oshishini ta’minlashga xizmat qilgan;
mintaqada tadbirkorlik rekreatsiya muassasalari yotoqxonalarining (1 guruh 10-200 nafargacha, 2 guruh 201-500 nafargacha va 3 guruh 500 dan ortiq) guruhlari bo‘yicha tashrif buyuruvchilar sonini oshirish bo‘yicha ko‘p omilli TBS=11,1-0,05*XKX-0,03*OS+0,18*XS modeli bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimligi hamda uning hududiy boshqarmalarining amaliyotiga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 18-martdagi 02/10-1125-son ma’limotnomasi). Mazkur taklif natijalari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishiga omillar ta’sirini ekonometrik modellar asosida baholash imkonini 10,0-15,2 foizga oshirgan;
standartlashtirilgan ma’lumotlarga va o‘ziga xos indeksning og‘irligiga asoslanib, xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishi indeksi - SDIni hisoblash uchun keng qamrovli juda past (SDI<0,040), o‘rtachadan past (0,056<SDI<0,071 gacha), o‘rtacha (0,071≤SDI<0,087 gacha), o‘rtachadan yuqori (0,087≤SDI<0,102 gacha), yuqori (0,102≤SDI<0,118 gacha) va eng yuqori (0,118≤SDI) mezonlar bo‘yicha taklifi Namangan viloyati hokimligi hamda uning hududiy boshqarmalarining amaliyotiga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 18-martdagi 02/10-1125-son ma’limotnomasi). Ushbu taklif natijasida hududda xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadigan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari sonini 10,0 foizga oshirgan;
Namangan viloyatining kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlantirishning istiqbol yo‘nalishlari 2030-yilgacha ko‘p omilli prognoz natijalari asosida ishlab chiqilgan takliflar Namangan viloyati hokimligi hamda uning hududiy boshqarmalarining amaliyotiga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 18-martdagi 02/10-1125-son ma’limotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik natijalaridan hududlardagi kichik biznes sohasining kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini baholash imkoniyatlarini kengaytirilib, Namangan viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning istiqbolli dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.