Komolov Sadriddin Xayriddinovichning
falsafa doktori (PhD )dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farmatsevtika sanoati korxonalarida innovatsion investisiyalash samaradorligini oshirish yo‘llari», 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2100 
Ilmiy rahbar: Gaibnazarova Zumrat Talatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Irisbekova Mavluda Narinbaevna,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saboxat Sobid qizi Usmanova (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi farmasevtika sanoati korxonalarida innovatsion investisiyalash samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
farmatsevtik mahsulotlarga bo‘lgan import extiyojini  kamaytirish maqsadida mahalliy dorivor o‘simliklar xamda kimyoviy moddalarni tadqiq etishda innovatsion investisiyalash samaradorligini oshirish asosida mahalliylashtirish jarayoni algoritmi ishlab chiqilgan. 
farmatsevtika sanoat korxonalari innovatsion faoliyatini jadal rivojlantirish maqsadida farmatsevtik mahsulot ishlab chiqarish jarayonini zamonaviy ilmiy-texnologik yondashuv, raqamli transformatsiya, biotexnologiya va nanotexnologiyalar asosida sanoat korxonalarida innovatsion mexanizm modeli taklif etilgan. 
sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda resurslarning optimal taqsimotini samarali tashkil etish jarayonlarida farmatsevtivka sanoati korxonalarida innovatsion investision faoliyatni rivojlantirish bosqichlari taklif etilgan. 
farmatsevtika sanoati korxonalari innovatsion investision faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha “FAZO-LUXE” MChJ va “NIKA PHARM” MChJ ishlab chiqarish  korxonalarining 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarini miqdoriy tahlili hamda unga ta’sir etuvchi omillar tarkibi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farmatsevtika sanoati korxonalarida innovatsion investisiyalash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asosan:
farmatsevtik mahsulotlarga bo‘lgan import extiyojini  kamaytirish maqsadida mahalliy dorivor o‘simliklar xamda kimyoviy moddalarni tadqiq etishda innovatsion investisiyalash samaradorligini oshirish asosida mahalliylashtirish jarayoni algoritmi ishlab chiqilgan. (“FAZO-LUXE” MChJ 2025 yil 20 fevraldagi 38 sonli ma’lumotnomasi). Natijada korxona faoliyatida innovatsion investisiyalash faoliyati samaradorligi 5 % foizgacha oshirilishga erishilgan;
farmatsevtika sanoat korxonalari innovatsion faoliyatini jadal rivojlantirish maqsadida farmatsevtik mahsulot ishlab chiqarish jarayonini zamonaviy ilmiy-texnologik yondashuv, raqamli transformatsiya, biotexnologiya va nanotexnologiyalar asosida sanoat korxonalarida innovatsion mexanizm modeli taklif etilgan. (“FAZO-LUXE” MChJ 2025 yil 20 fevraldagi 38 sonli ma’lumotnomasi). Taklifning joriy qilinishi natijasida korxonada ishlab chiqarish xajmi 3% ga oshirishga erishilgan;
sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda resurslarning optimal taqsimotini samarali tashkil etish jarayonlarida farmatsevtivka sanoati korxonalarida innovatsion investision faoliyatni rivojlantirish bosqichlari  “FAZO-LUXE” MChJ faoliyatiga taklif etilgan. (“FAZO-LUXE” MChJ 2025 yil 20 fevraldagi 38 sonli ma’lumotnomasi). Natijada korxona faoliyatida samardorlgi 7% ga oshirishga erishilgan.
farmatsevtika sanoati korxonalari innovatsion investision faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha FAZO-LUXE” MChJ va “NIKA PHARM” MChJ ishlab chiqarish  korxonalarining 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarini miqdoriy tahlili hamda unga ta’sir etuvchi omillar tarkibi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. (“FAZO-LUXE” MChJ 2025 yil 20 fevraldagi 38 sonli ma’lumotnomasi). Prognoz natijalariga ko‘ra, “FAZO-LUXE” MChJ da 2030 yilga borib  ishlab chiqarish samaradorligi 1,2 martaga oshirish mumkunligi,  “NIKA PHARM” MChJ da esa 2030 yilga borib  ishlab chiqarish samaradorligi 3,1 martaga oshirish mumkunligi ko‘rsatilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish