Almatov Baxrom Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning suv omborlari suvidan foydalanish samaradorligini ilmiy asoslash hamda mikrobiologik monitoring mexanizmini ishlab chiqish», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib185.
Ilmiy rahbar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya gigiena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Eshboev Egamberdi Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Narboeva Xurshida Saparbaevna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatimiz suv omborlari suvidan sifatli foydalanish va mikrobiologik xavfsizlik monitoring mexanizmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli suv omborlari suvidan aholi foydalanishida salomatlik holatida ijobiy ko‘rsatkichlari va mikrobilogik xavfsizligi asoslangan;
ilk bor yil fasllariga bog‘liq holda turli suv omborlari suvining patogen mikroorganizmlarining turli ichak kasalliklarining rivojlanishi va hayotga xavf soluvchi xususiyatlarining qiyosiy tavsifi ochib berilgan;
suv havzalari suv omborlari suvi sifatini baholashda Davlat standartiga kiritish uchun Cryptosporidiumni patogenlik va virulentlik ko‘rsatkichlari isbotlangan;
suvning ifloslanish darajasini dinamikada nazorat qilish, suv omborlarini to‘ldiruvchi oqimlarni tabiiy va sun’iy boshqarilishiga preventiv ta’sir qilishga imkon yaratadigan suv omborlarining mikrobiologik monitoring mexanizmi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublikamizdagi suv omborlari suvidan foydalanish samaradorligini ilmiy asoslash va mikrobiologik monitoring mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«O‘zbekiston Respublikasi hududida suv havzalari suvini muhofaza qilish bo‘yicha gigienik va epidemiyaga qarshi talablar» (0318-15 son SanMvaQ) tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yildan 18 sentyabrdagi 8n-d/23-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjat yuza suv havzalari, shu jumladan suv omborlari ustidan ogohlantiruvchi va doimiy sanitariya nazoratini o‘tkazishni yaxshilash, yuza suv manbalari bilan bog‘liq respublikada epidemiyaga qarshi tadbirlar samaradorligini oshirish imkonini yaratgan;
«Ichimlik va rekreatsion maqsadlardagi suv havzalarining gidrobiologik tahlili» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yildan 18 sentyabrdagi 8n-d/23-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma asosida aholining suvdan foydalanish samaradorligi va xavfsizligini oshirish bo‘yicha suv omborlari mikrobiologik, gidrobiologik va kimyoviy monitoringini samarali usullaridan birini ishlab chiqish imkonini bergan;
respublikamizdagi suv omborlari suvidan foydalanish samaradorligini ilmiy asoslash va mikrobiologik monitoring mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani, Xorazm viloyati Urgench tumani davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yildan 12 iyundagi 8n-d/123-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi suv namunalaridan patogen va shartli-patogen mikroorganizmlar unishini yaxshilangan, mikrobiologik monitoringni yaxshilash bilan birga Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati bo‘yicha suvning mikrobilogik ko‘rsatkichlarni davlat standartiga moslashishi, patogenlik va virulentlik ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi, suv orqali yuqadigan ichak infeksiyalari ustidan epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlarni o‘tkazishni optimallashtirish, bakteriolog va saniatriya vrachlari tomonlaridan sarflanadigan ortiqcha ish vaqtini tejashga imkon bergan.