Xayridinov Abbosxon Anvarovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “O‘zbekiston yoshlarida “ommaviy madaniyat”xurijiga qarshi immunitet shakllanishida milliy qadriyatlarning o‘rni”
09.00.06 – G‘oyalar tarixi va metodologiyasi  (falsafa fanlari)
  Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: (2024 yil 2-sonida B2024.2.PhD/Fal1763).
Ilmiy rahbar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich falsafa fanlari doktori,professori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14. 
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Davlat  falsafa fanlari doktori, professor Xudayberganov Ravshan falsafa  doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  O‘zbekiston yoshlarida bilim va e’tiqod uyg‘unligiga erishish orqali ommaviy madaniyat xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, milliy qadriyatlarga sadoqat ruhini yuksaltirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat: 
ommaviy madaniyat va xalq madaniyatining ham g‘oyaviy mazmunini obrazlar, ramzlar va timsollarda aks etadigan o‘zaro aloqasi va farqli jihatlari tahlil etilgan va maqsad-resurs-natija tamoyili asosida ularning yoshlar ongiga ta’sirining ijobiy va salbiy jihatlari aniqlanib mafkuraviy immunitetni shakllantirishdagi roli ochib berilgan;
jamiyat barqaror taraqqiyotini, aholi osoyishtaligini va farovonligini ta’minlashdagi ijobiy o‘zgarishlarga “X”-keksa avlod, “Y”-o‘rta avlod hamda  “Z”-hozirgi avlod o‘rtasidagi qadriyatlar tizimini o‘zaro moslashtirishning mafkuraviy muvozanatni ta’minlash, ijtimoiy ishonch va birdamlik bilan bog‘liq sotsiokreativ jihatlari yoshlar tarbiyasi samaradorligini oshirishga xizmat qilishining mafkuraviy ahamiyati asoslangan;
O‘zbekistonda milliy qadriyatlar tizimini siyosiy tizim elementlari bilan o‘zaro dialektikasini umuminsoniy qadriyatlar bog‘lashning normativ uyg‘unlik, ijtimoiy moslashuvchanlik, mafkuraviy izchillik, ma’naviy immunitetni kuchaytirish kabi sifat xususiyatlari va ularning jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi avlodlararo qadriyatlar muloqotidagi roli ochib berilgan;
yoshlar ongida hayotiy qadriyatlarni shakllantirish bilan birga milliy urf-odatlarning etnomadaniy, tarixiy shakllarini namoyon bo‘lishining dinamikasi ular faoliyatini yuqori, o‘rta va quyi darajalardagi baholash bilan aniqlangan va ijtimoiy faol yoshlar ongida ommaviy madaniyat xurujlariga bilim bilan qarshi kurashishni tushunishning mafkuraviy ahamiyatiga asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
O‘zbekiston yoshlarida “ommaviy madaniyat” xurujiga qarshi immunitet shakllanishida milliy qadriyatlarning o‘rni mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari, xususan:
ommaviy madaniyat va xalq madaniyatining o‘zaro aloqasi va farqli jihatlari tahlil etilgan va maqsad-resurs-natija tamoyili asosida ularning yoshlar ongiga ta’sirining ijobiy va salbiy jihatlari aniqlanib mafkuraviy immunitetni shakllantirishdagi roliga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ish rejasining 3-yo‘nalishiga O‘zbekiston-2030 strategiyasining 12-band “O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy himoya qilishning huquqiy asoslari va adolatli ijtimoiy siyosat yuritish borasidagi islohotlar” yo‘nalishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2024-yil 3-avgustdagi 04/3-12-29-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston-2030 strategiyasining 12-band “O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy himoya qilishning huquqiy asoslari va adolatli ijtimoiy siyosat yuritish borasidagi islohotlar” mavzusidagi seminarni tashkil etishga xizmat qilgan;
jamiyat barqaror taraqqiyotini, aholi osoyishtaligini va farovonligini ta’minlashdagi ijobiy o‘zgarishlarga “X”-keksa avlod, “Y”-o‘rta avlod hamda  “Z”-hozirgi avlod o‘rtasidagi qadriyatlar tizimini o‘zaro moslashtirishning sotsiokreativ jihatlari yoshlar tarbiyasi samaradorligining mutanosibligi mahsuli ekanligining mafkuraviy ahamiyatiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2024-yil ish rejasining 10-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2024-yil 12-avgustdagi 04/9-10-29-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir” mavzusidagi davra suhbatini tashkil qilishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda milliy qadriyatlar tizimining siyosiy tizim elementlari bilan o‘zaro dialektikasini umuminsoniy qadriyatlar bog‘lashning sifat xususiyatlari va ularning jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi roliga oid takliflardan  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ish rejasining 3-yo‘nalishiga O‘zbekiston-2030 strategiyasining 12-band “O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy himoya qilishning huquqiy asoslari va adolatli ijtimoiy siyosat yuritish borasidagi islohotlar” yo‘nalishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2024-yil 3-avgustdagi 04/3-12-29-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston-2030 strategiyasining 12-band “O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy himoya qilishning huquqiy asoslari va adolatli ijtimoiy siyosat yuritish borasidagi islohotlar” mavzusidagi seminarni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha risola tayyorlashga xizmat qilgan;
yoshlar ongida hayotiy qadriyatlarni shakllantirish bilan birga milliy urf-odatlarning etnomadaniy, tarixiy shakllarini namoyon bo‘lishining dinamikasi ular faoliyatini yuqori, o‘rta va quyi darajalardagi baholash bilan aniqlangan va ijtimoiy faol yoshlar ongida ommaviy madaniyat xurujlariga bilim bilan qarshi kurashishning ahamiyatini tushunishning mafkuraviy ahamiyatiga oid  takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2024-yil ish rejasining 10-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2024-yil 12-avgustdagi 04/9-10-29-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir” mavzusidagi davra suhbatini tashkil etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish