Saidov Otabek Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa infratuzilmasini rivojlanishini ekonometrik modellashtirish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.06– “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4397
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Baxtiyor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Xatamov Ochildi Kurbanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rajapov Alibek Xushnudbekovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa infratuzilmasini rivojlanishini ekonometrik modellashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqaviy infratuzilmaning ijtimoiy, muhandislik-texnik, innovatsion va ekologik infratuzilma kabi tashkiliy shakllaridan samarali foydalanishning mualliflik yondashuvlari ishlab chiqilgan;
mintaqa infratuzilmasi imkoniyatlarini yuqori (MII≥1), o‘rta (0,7≤MII≤0,9) va quyi (MII≤0,6) darajalardagi iqtisodiy-statistik baholash usullari taklif qilingan;
Xorazm viloyati hududlarini infratuzilma salohiyati asosida segmentatsiyalash ko‘rsatkichlari asosida infratuzilmani rivojlantirishning sobit ta’sir (FEM) va tasodifiy ta’sir (GLS) ekonometrik modellari ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyati iqtisodiyotining infratuzilma tarmoqlarining 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati mintaqasi infratuzilmasini rivojlanishini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqaviy infratuzilmaning ijtimoiy, muhandislik-texnik, innovatsion va ekologik infratuzilma kabi tashkiliy shakllaridan samarali foydalanishning mualliflik yondashuvlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimi mahkamasiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyundagi 06-15-09/5555-son-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqada infratuzilma sohasini rivojlantirishga qaratilgan optimal dasturlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
mintaqa infratuzilmasi imkoniyatlarini yuqori (MII≥1), o‘rta (0,7≤MII≤0,9) va quyi (MII≤0,6) darajalardagi iqtisodiy-statistik baholash usullari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimi mahkamasiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyundagi 06-15-09/5555-son-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqa infratuzilmasining iqtisodiy samaradorligini o‘rtacha 3-5 foizga oshirish imkonini bergan;
Xorazm viloyati hududlarini infratuzilma salohiyati asosida segmentatsiyalash ko‘rsatkichlari asosida infratuzilmani rivojlantirishning sobit ta’sir (FEM) va tasodifiy ta’sir (GLS) ekonometrik modellari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimi mahkamasiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyundagi 06-15-09/5555-son-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida Xorazm viloyati mintaqasida samarali infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan ta’sir qiluvchi strategiyalaridan samarali foydalanishga erishilgan;
Xorazm viloyati iqtisodiyotining infratuzilma tarmoqlarining 2030-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimi mahkamasiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyundagi 06-15-09/5555-son-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish Xorazm viloyati mintaqasida infratuzilma tarmoqlaridan samarali foydalanishga qaratilgan optimal qarorlarni ishlab chiqish imkonini bergan.