Raximov Ilxomjon Azimjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
        Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston milliy taraqqiyoti bosqichida mahalla institutini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari. 23.00.02 – siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi  ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ss242 
Ilmiy rahbar: Utamuradov Akbar  falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03
Rasmiy opponentlar: Bayrieva Almagul Qurbanovna, siyosiy fanlar doktori, professor, Alimardonov To‘lqin Turdievich, siyosiy fanlar doktori, professor.   
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston milliy taraqqiyoti bosqichida mahalla institutini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlariga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar sharoitida mahalla instituti fuqarolarning siyosiy ishtiroki va hududiy o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlarini mustahkamlovchi “hududiy siyosiy mobillashuv” (mahalliy tashabbuslarni uyushtirish, hududiy muammolarni siyosiy institutlar orqali hal qilishga yo‘naltirish, tashabbuslarini moliyalashtirish bo‘yicha innovatsion modellarni ishlab chiqish)ning asosiy drayveri sifatida ilmiy jihatdan asoslangan; 
mahalla institutining siyosiy subekt sifatidagi rolini faollashtirish orqali mahalliy aholining siyosiy ongi, jamoaviy manfaatlar atrofida uyushishi va qaror qabul qilish jarayonlarida qatnashishini rag‘batlantiruvchi mexanizmlari (institusional: mahalla kengashlarining qaror qabul qilishda maslahat organi sifatida ishtirokini ta’minlash, mahalla fuqarolar yig‘inining institusional maqomini kuchaytirish; jamoatchilik ishtirokini kuchaytiruvchi: mahalla byudjeti yuzasidan aholi fikrini yig‘ish, “participatory budgeting” amaliyoti, saylovoldi va saylovdan keyingi muhokama maydonlari) mahallaning klassik ma’muriy institutdan zamonaviy lokal siyosiy platformaga transformatsiya qilish imkoniyatini ochib berishi ilmiy asoslangan.
mahalla saylovlarida, jamoat muhokamalarida va fuqarolik tashabbuslarida faollik ko‘rsatgan shaxslar mahallaning siyosiy kapitali sifatida baholanib, ularni mahalla instituti faoliyatida hududiy ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashda “iqtidorli yetakchilarni aniqlash va siyosiy faollik orqali davlat boshqaruviga integratsiya qilish” mexanizmi orqali hududiy boshqaruv tizimiga bosqichma-bosqich jalb etish, natijada “quyi siyosiy elita”ni shakllantirish orqali davlat siyosatini mahalliy ijtimoiy ehtiyojlarga yaqinlashtirish va siyosiy kadrlar zahirasini joylarda shakllantirish imkoniyati ilmiy jihatdan asoslangan;
mahalla institutining davlat siyosatini hududiy darajada amalga oshirishdagi transformatsion roli “pastdan yuqoriga” tamoyiliga asoslangan inklyuziv siyosiy qarorlar qabul qilish modeli sifatida shakllantirilib, mahallaning siyosiy vakillik platformasi sifatida real ehtiyojlar va fuqarolik tashabbuslarini siyosiy kun tartibiga olib chiqishdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
            O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar sharoitida mahalla instituti fuqarolarning siyosiy ishtiroki va hududiy o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlarini mustahkamlovchi “hududiy siyosiy mobillashuv”(mahalliy tashabbuslarni uyushtirish, hududiy muammolarni siyosiy institutlar orqali hal qilishga yo‘naltirish, tashabbuslarini moliyalashtirish bo‘yicha innovatsion modellarni ishlab chiqish)ning asosiy drayveriga oid takliflardan  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining V-yo‘nalishida belgilangan “Jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash masalalari” 23-bandi “Hududlardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni ilmiy asosda o‘rganish, baholash hamda doimiy monitoringini amalga oshirish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan 2023-yil 31-avgustdagi № 348-sonli dalolatnoma). Natijada mahallalardagi aholining o‘z resurslari asosida taraqqiy etishi, ularning  tashabbuslarini ilmiy asosda o‘rganish, baholash hamda doimiy monitoringini amalga oshirishga oid chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. 
         Mahalla institutining siyosiy subekt sifatidagi rolini faollashtirish orqali mahalliy aholining siyosiy ongi, jamoaviy manfaatlar atrofida uyushishi va qaror qabul qilish jarayonlarida qatnashishini rag‘batlantiruvchi mexanizmlari (institusional: mahalla kengashlarining qaror qabul qilishda maslahat organi sifatida ishtirokini ta’minlash, mahalla fuqarolar yig‘inining institusional maqomini kuchaytirish; jamoatchilik ishtirokini kuchaytiruvchi: mahalla byudjeti yuzasidan aholi fikrini yig‘ish, “participatory budgeting” amaliyoti, saylovoldi va saylovdan keyingi muhokama maydonlari) mahallaning klassik ma’muriy institutdan zamonaviy lokal siyosiy platformaga transformatsiya qilish imkoniyatini ochib berishiga oid takliflaridan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan. (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining 2025-yil 21-aprel № 01-27-195-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyasi ilmiy xulosalari, taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni va targ‘ibot faoliyatini amalga oshirishda o‘ziga xos ilmiy-uslubiy manba vazifasini o‘tamoqda.
       Mahalla saylovlarida, jamoat muhokamalarida va fuqarolik tashabbuslarida faollik ko‘rsatgan shaxslar mahallaning siyosiy kapitali sifatida baholanib, ularni mahalla instituti faoliyatida hududiy ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashda “iqtidorli yetakchilarni aniqlash va siyosiy faollik orqali davlat boshqaruviga integratsiya qilish” mexanizmi orqali hududiy boshqaruv tizimiga bosqichma-bosqich jalb etish, natijada “quyi siyosiy elita”ni shakllantirish orqali davlat siyosatini mahalliy ijtimoiy ehtiyojlarga yaqinlashtirish va siyosiy kadrlar zahirasini joylarda shakllantirish imkoniyatini rivojlantirish va amaliyotga joriy etishga oid amaliy takliflar va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining 2024-yil 29-apreldagi № 01-06-10/589-son dalolatnomasi). Natijada Mahalllarda “Iqtidorli yetakchilarni aniqlash va siyosiy faollik orqali davlat boshqaruviga integratsiya qilish” mexanizmi orqali hududiy boshqaruv tizimiga bosqichma-bosqich jalb etishga oid  chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.              
      Mahalla institutining davlat siyosatini hududiy darajada amalga oshirishdagi transformatsion roli “pastdan yuqoriga” tamoyiliga asoslangan inklyuziv siyosiy qarorlar qabul qilish modeli sifatida shakllantirilib, mahallaning siyosiy vakillik platformasi sifatida real ehtiyojlar va fuqarolik tashabbuslarini siyosiy kun tartibiga olib chiqishdagi o‘rniga  oid ilmiy xulosa, amaliy taklif, statistik ma’lumot va sotsiologik so‘rov natijalaridan Respublika mahallalar uyushmasi faoliyatidagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2025-yil 9-apreldagi № 04-01/18/127-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston mahallalari uyushmasining mahalla faoliyatining samaradorligini aniqlashga oid indikator talablari va institusional tizim sifatidagi vakolatlarini amalga oshirishga oid takliflar ishlab chiqilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish