Yakubova Umida Sharifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak o‘qituvchilarining ijtimoiy pedagogik kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4936.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Normurodova Nigora Abdusattorovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Sultonova O‘g‘iloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ijtimoiy-pedagogik bilim, ko‘nikma, malakalar majmuini egallash va o‘quvchilar bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan faoliyat tajribasini bosqichma-bosqich shakllantirish, o‘z-o‘zini obektiv baholashning ijtimoiy faolligini ta’limiy maqsadlarga mos uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish modeli amaliyot dasturlarining variativligi, dinamikligi, muammoli vaziyatlarni prognostik modellashtirishda mustaqil ta’lim faoliyatini yaxlitligini ta’minlash hamda ta’lim tarbiya amaliyotidagi yondashuvlarni o‘zaro hurmat, hamkorlik va faollik tamoyillariga ustuvorlik asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish metodikasi ta’lim jarayoni subektlarining pedagogik va ijtimoiy o‘zaro munosabatlarga tayyorgarligini maqsadli, tashkiliy metodologik mazmuni bilan maqbul integratsiyalash hamda natijaviy komponentlar mazmuni bilan proporsional optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish samaradorligi pedagogik bilimlarni qo‘llashga qaratilgan ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish, shaxsiy sifatlarini qiyosiy aniqlash hamda ta’lim subektlarining o‘zaro hamkorligini kasbiy faoliyatga tayyorlash dinamikligiga bog‘liq ekanligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ijtimoiy-pedagogik bilim, ko‘nikma, malakalar majmuini egallash va o‘quvchilar bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan faoliyat tajribasini bosqichma-bosqich shakllantirish, o‘z-o‘zini obektiv baholashning ijtimoiy faolligini ta’limiy maqsadlarga mos uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Ijtimoiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13-maydagi 11/05-3015/04-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentliligini rivojlantirish imkoniyatlarini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish modeli amaliyot dasturlarining variativligi, dinamikligi, muammoli vaziyatlarni prognostik modellashtirishda mustaqil ta’lim faoliyatini yaxlitligini ta’minlash hamda ta’lim tarbiya amaliyotidagi yondashuvlarni o‘zaro hurmat, hamkorlik va faollik tamoyillariga ustuvorlik asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ijtimoiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13-maydagi 11/05-3015/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish modeli ishlab chiqilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish metodikasi ta’lim jarayoni subektlarining pedagogik va ijtimoiy o‘zaro munosabatlarga tayyorgarligini maqsadli, tashkiliy metodologik mazmuni bilan maqbul integratsiyalash hamda natijaviy komponentlar mazmuni bilan proporsional optimallashtirish asosida mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13-maydagi 11/05-3015/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish samaradorligi pedagogik bilimlarni qo‘llashga qaratilgan ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish, shaxsiy sifatlarini qiyosiy aniqlash hamda ta’lim subektlarining o‘zaro hamkorligini kasbiy faoliyatga tayyorlash dinamikligiga bog‘liq ekanligini hisobga olish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ijtimoiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13-maydagi 11/05-3015/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish mezonlari, darajalari, ko‘rsatkichlarini aniqlashga erishilgan.