A’zamxonov Oltinxon Ashrafxon o‘g‘lining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kurash bo‘yicha murabbiylar kasbiy mahoratini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped2308
Ilmiy rahbar: Qirg‘izboev Ma’rufjon Mo‘ydinovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimir Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Olimov Alisher Isoqovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida kurash bo‘yicha murabbiylar kasbiy mahoratini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
malaka oshirish jarayonida kurash mashg‘ulotlarining nazariy va amaliy birligini ta’minlash uchun amaliy mashg‘ulotlarda texnik-taktik elementlarini, fan modullariga murabbiylarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan amaliy mavzularni kiritish hisobiga musobaqalarda bajariladigan usullarni bajarish samaradorligi oshirilgan;
kurash bo‘yicha murabbiylar uchun ko‘chma mashg‘ulotlarni innovatsion yondashuvlar asosida loyihalash, trening modeli, keys-stadi, reflektiv analiz va interaktiv metodlarni namoyon etuvchi o‘quv dasturini ishlab chiqish hisobiga individual va guruh shaklidagi mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish imkoniyatlari kengaytirilgan;
kurash bo‘yicha murabbiylarda ijodiy faollik kompetensiyalarining nisbiy o‘sishi hamda mahallalarda yoshlarning kurashga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan ijtimoiy omillar tahlil qilish o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil qilish qismiga kiritish orqali erishilgan;
sport maktablari kurash murabbiylarining kasbiy mahoratini oshirish uchun mo‘ljallangan na’munaviy o‘quv dasturida belgilangan mashg‘ulot vaqti, qismi, mashqlar nomi hamda shiddat zonalari optimal taqsimlangan sport pedagogik mahoratini oshirishdagi amaliy mashg‘ulotlar dasturini ishlab chiqish hisobiga texnik-taktik tayyorgarligini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. malaka oshirish jarayonida kurash bo‘yicha murabbiylar kasbiy mahoratini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida;
malaka oshirish jarayonida kurash mashg‘ulotlarining nazariy va amaliy birligini ta’minlash uchun amaliy mashg‘ulotlarda texnik-taktik elementlarini, fan modullariga murabbiylarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan amaliy mavzularni kiritish bo‘yicha takliflar mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Sport mashg‘uloti nazariyasi va uslubiyati” o‘quv modulining ko‘chma mashg‘ulotlar uchun ajratilgan mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligining 2024-yil 
5-noyabrdagi 03-16/11136-son ma’lumotnomasi). Natijada, murabbiylarning mashg‘ulotlarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 30% ga oshgan;
kurash bo‘yicha murabbiylar uchun ko‘chma mashg‘ulotlarni innovatsion yondashuvlar asosida loyihalash, trening modeli, keys-stadi, reflektiv analiz va interaktiv metodlarni namoyon etuvchi o‘quv dasturidan foydalanish bo‘yicha bo‘yicha takliflar “Kurash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 20-apreldagi 0l/50l-A/F-sonli buyrug‘iga asosan 01/501-A/F-33 raqamli guvohnomasi). Natijada, kurash bo‘yicha murabbiylarning ko‘chma mashg‘ulotlarini tashkil qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar respublika miqyosida barcha sport maktablariga tatbiq qilingan hamda murabbiylarning ko‘chma mashg‘ulotlarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 23,4% ga oshgan;
kurash bo‘yicha murabbiylarda ijodiy faollik kompetensiyalarining nisbiy o‘sishi hamda mahallalarda yoshlarning kurashga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan ijtimoiy omillar tahlil qilish o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil qilish bo‘yicha takliflar jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali Sport turlari bo‘yicha trenerlar malakasini oshirish kurslarining nazariy hamda amaliy mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligining 2024-yil 
5-noyabrdagi 03-16/11136-son ma’lumotnomasi). Natijada, murabbiylarning kasbiy mahorati 
30 % ga oshgan;
sport maktablari kurash murabbiylarining kasbiy mahoratini oshirish uchun mo‘ljallangan na’munaviy o‘quv dasturida belgilangan mashg‘ulot vaqti, qismi, mashqlar nomi hamda shiddat zonalari optimal taqsimlangan sport pedagogik mahoratini oshirishdagi amaliy mashg‘ulotlar dasturi bo‘yicha takliflar jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali Sport turlari bo‘yicha trenerlar malakasini oshirish kursida o‘qitilyotgan “Sport mashg‘uloti nazariyasi va uslubiyati” mazmuniga singdirilgan  hamda amaliy mashg‘ulotlarga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligining 2024-yil 5-noyabrdagi 03-16/11136-son ma’lumotnomasi). Natijada, murabbiylarning o‘zlashtirish malakasini oshirish tizimi 33,4 % ga hamda texnik-taktik tayyorgarlik mahorati 
11 % ga yaxshilangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish