Xo‘janazarova Sarvigul Rustam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. «Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Akrilamid sopolimeri kaliyli tuzi asosida burg‘ilash eritmalari modifikatorlarini yaratish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5541.
Ilmiy rahbar: Buxorov Shuxrat Burievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor; Akramov Baxshillo Shafievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: akrilamid (AA) va akril kislotasi (AK) sopolimerining kaliy tuzi asosida burg'ilash eritmalarini modifikatorini yaratish va ularning ingibirlash xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
AA:AK = 60:40 monomerlar miqdoriy nisbatidagi akrilamid va akril kislotasi sopolimerining kaliy tuzi uchun yangi tarkibiy resept ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu tarkib 1% konsentratsiyada qo‘llanilganda, 300 daqiqa davomida gil zarralarning bo‘kishi 0,22–0,25 mm gacha kamayishi ta’minlangan, bu esa ingibitorsiz eritmalarga nisbatan 72–78% ga kam ekanligi isbotlangan;
sopolimer tarkibiga KOH va K2SiO3 moddalari 1:1 nisbatda kiritilganda, polimerning tuzilmasi barqaror bo‘lib, yuqori reaksion qobiliyatni namoyon etishi, bu esa gilsimon to‘qimalarning gidratatsiya va maydalanishini samarali to‘sishga, ya'ni gidrofob himoya qatlamining hosil bo‘lishi va gillarning qatlamlararo zaryadlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishi orqali ta’minlanishi aniqlangan; 
AA:AK = 60:40 tarkibli ingibitor burg‘ilash eritmalarida filtratsion yo‘qotishlarni 2–3 sm3/30 daqiqagacha kamaytirishi va bu an'anaviy tarkiblarga nisbatan 50% ga samarali ekanligi, bu esa zich va barqaror filtratsion qatlam hosil bo‘lishi bilan bog‘liqligi aniqlangan; 
akrilamid va akril kislotasi sopolimerining kaliy tuzini sanoat miqyosida sintez qilish uchun texnologik sxema ishlab chiqilgan va unda KOH hamda K2SiO3 moddalari 1:1 nisbatda birga qo‘llanilishi, sopolimerning barqaror makromolekulyar tuzilmasini shakllantirishi, shuningdek, moddaning termik va kimyoviy ta’sirlarga chidamliligini oshirish imkonini berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gil qotishmalarining bo‘kishini oldini olishga xizmat qiluvchi ingibirlovchi reagentlarni olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
burg‘ilash eritmalari uchun yangi ingibitorlar olish texnologiyasi va shu asosida chuchuk ingibitorlovchi eritmalar resepturalari «Gazli neft va gaz qazib olish boshqarmasi»ning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2025 yil 20 maydagi 01/2-07-636-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida 1% AA:AK60/40 bo‘lgan burg‘ilash eritmasining slaneslarni ingibirlash qobiliyati 5-6 barorbar oshirish imkonini beradi; 
burg‘ilash eritmalari ingibitorlari minerallashgan burg‘ilash eritmalari tarkibida qo‘llanilishi bo‘yicha yangi usullar va resepturalar «Gazli neft va gaz qazib olish boshqarmasi»ning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2025 yil 20 maydagi  01/2-07-636-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi ingibirlovchi reagentlarni qo‘llash minerallashgan eritmalar uchun tuz elektrolitlar va ingibirlovchi reagentlar sarfini kamaytirgan hamda burg‘ilash eritmasi ta’sirida slaneslarni bo‘kishini 0,33 mm dan 0,14 mmgacha kamaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish