Raxmatov Abdurashid Abdijabborovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston florasiga mansub Nepeta L. turkumi turlarining ekologiyasi va dorivor turlarining introduksiyasi», 06.03.03 - Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, etishtirish texnologiyasi va agrofarmoekologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/B1230.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Trobjon Xusanboevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamraeva Dilovar Tolibdjonovna, biologiya fanlari doktori, professor; Allaberdiev Rustam Xamraevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston florasiga mansub Nepeta L. turkumi turlarining ekologiyasi va dorivor turlarini introduksion baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Nepeta L. turkumining N. pamirensis Franch Franch va N. badachschanica Kudrjasch. turlari O‘zbekiston florasida uchrashi ilk bor qayd etilib, zamonaviy taksonomik ro‘yxati shakllantirilgan;
N. badachschanica Kudrjasch. va N. pamirensis Franch ning fitosenotik va demografik tuzilishi tavsiflangan bo‘lib, N. badachschanica Kudrjasch. ning Sino senopopulyasiyasi turg‘un va Quruqsoy senopopulyasiyasi rivojlanayotgan holatdaligi, N. pamirensis Franch ning yagona G‘urloq senopopulyasiyasi rivojlanayotgan holatdaligi aniqlangan;
N. cataria L. va N. olgae Regel ning urug‘ unuvchanligi uchun eng maqbul harorat mos ravishda +20 oS va +25 oS ekanligi kuzatilib, unuvchanlik ko‘rsatkichi mos ravishda 47,6% va 52,4% ni tashkil etishi aniqlangan;
N. cataria L.ni urug‘ unuvchanligini oshirish uchun elektr magnit nurlantirishda (EMN) 20 minut saqlanganda unuvchanlik 90% yuqori ekanligi, N. olgae Regel urug‘larining unuvchanligiga nurlantirishning ta’siri ijobiy emasligi aniqlangan;
ekish muddatlarining N. cataria L. va N. olgae Regel urug‘larining unuvchanligiga ta’siri bo‘yicha eng yuqori natija aprel oyida ekilgan urug‘larda mos ravishda 58 % va 64 % ni tashkil etishi isbotlangan;
N. cataria L.va N. olgae Regel ni ontogenez bosqichlari – latent, maysa, yuvenil, immatur, virginil, generativ davrdan iborat bo‘lib, N. cataria L. ning umumiy vegetatsiya davri 237-253 kunni, N. olgae Regel da esa 259-271 kunni tashkil etishi aniqlangan hamda ularning biologik xususiyatlari va mavsumiy rivojlanish maromi yuqori qayishqoqligi va introduksiya sharoitida madaniy ekin sifatida etishtirish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston florasiga mansub Nepeta L. turkumi turlarining ekologiyasi va dorivor turlarini introduksion baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston florasida tarqalgan Nepeta L. turkumi va u tarqalgan jamoalardan 13 dan ortiq turlarning 125 dona gerbariy namunalari O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASH) noyob ilmiy ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 17 sentyabrdagi № 4/1255-2082-son ma’lumotnomasi). Natijada, Nepeta L. turlarining yangi gerbariy namunalari noyob ob’ektning O‘rta Osiyo bo‘limi kolleksiyasini boyitishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston florasiga mansub Nepeta L. turkumi turlarining tarqalish areallari bo‘yicha GAT ma’lumotlari Bioxilma-xillik bo‘yicha global ma’lumotlar bazasi (Global Biodiversity Information Facility, GBIF) platformasiga joylashtirilgan (Bioxilma-xillik bo‘yicha global ma’lumotlar fondining 2025 yil 2 martdagi 030-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda Nepeta L. turkumining geografik va filogenetik jihatdan tarqalishini global tahlil qilish imkonini bergan.