Mirkomilov Eldor Mirqodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nospesifik aortoarteriitning oftal`mologik ko‘rinishlarining diagnostikasini takomillashtirish» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1894.
Ilmiy rahbar: Narzikulova Kumri Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01. 
Rasmiy opponentlar: Kiseleva Tat`yana Nikolaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Zoxidov Ulug‘bek Basitovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon tibbiyot universiteti (Ozarbayjon Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Nospesifik aortoarteriitning oftal`mologik ko‘rinishlarini diagnostika qilish usullarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy va maxsus oftal`mologik tekshiruvlar asosida nospesefik aortoarteriitni braxiotsefal arteriyalarning barcha qatlamlariga ketma-ket ta’sir qiluvchi  va ushbu kasallikni dastlabki bosqichlarida ishemiyaga va qon tomirlar gipoksiyasiga olib keluvchi surunkali yallig‘lanish jarayoni to‘r pardaning morfo-funksional buzilishlari bilan birga kechishi isbotlangan;
kompyuter perimetriyada to‘r pardaning yorug‘likka sezgirligining pasayishi va “deflection” ko‘rsatkichini oshishi nospesifik aortoarteriiti bo‘lgan bemorlarda ko‘ruv analizatorining ishemik shikastlanish darajasini ishonchli ravishda aks ettiruvchi va braxiotsefal arteriyalarda yallig‘lanish jarayonining rivojlanishini namoyon qiluvchi ishonchli funksional markerlari ekanligi isbotlangan;
ilk bor nospesifik aortoarteriitning oftal`mologik ko‘rinishlari va yallig‘lanish jarayonining faollik darajasining belgilari sifatida ko‘z yosh suyuqligi va qon zardobida bosh miya neyrotrofik omili konsentratsiyasining diagnostik va prognostik ahamiyati aniqlangan;
nospesifik aortoarteriitda ko‘zdagi qon oqimining etishmovchiligi qon tomirlarning mahalliy autoregulyasiyasi va kollateral qon aylanishi orqali qoplanishi orqa kalta kipriksimon va braxiotsefal arteriyalarda qon oqimi tezligi parametrlarining teskari korrelyasiyasiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nospesifik aortoarteriitning oftal`mologik ko‘rinishlarining diagnostikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/96-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: umumiy va maxsus oftal`mologik tekshiruvlar asosida nospesefik aortoarteriitni braxiotsefal arteriyalarning barcha qatlamlariga ketma-ket ta’sir qiluvchi  va ushbu kasallikni dastlabki bosqichlarida ishemiyaga va qon tomirlar gipoksiyasiga olib keluvchi surunkali yallig‘lanish jarayoni to‘r pardaning morfo-funksional buzilishlari bilan birga kechishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: NAA bilan bemorlarda OKT-angiografiya o‘tkazish orqali chap ko‘zda perfuziya zichligi ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada pasayishi qayd etildi, bu esa patologik jarayonning lateralizatsiyasini ko‘rsatadi va xastalik patogenezini yanada chuqurroq anglashga imkon beradi. Ushbu ma’lumotlar “Nospesefik aortoarteriitni erta laborator tashxislash” deb nomlangan metodik tavsiyalar (O‘zbekiston Respublikasi SSV ilmiy texnik Kengashida tasdiqlangan №11/96 15 yanvar` 2025 yil) tarkibiga kiritilgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: OKT-angiografiya usuli Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (09.09.2024 yildagi №156 buyruq) va Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazining Toshkent viloyati filiali (04.09.2024 yildagi №120 buyruq) amaliyotlarida tatbiq etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi tibbiy amaliyotida qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu usul yordamida NAAning ko‘rish a’zosini zararlovchi asoratlarini erta bosqichda aniqlash va tegishli davolash choralarini o‘z vaqtida ko‘rish imkoni yaratiladi, bu esa ko‘rish qobiliyatini saqlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: OKT-angiografiya yordamida kasallikni erta diagnostika qilish orqali qo‘shimcha asoratlarning oldini olish mumkin. Bu bemorlarning qayta-qayta qimmat tekshiruvlardan o‘tishi va kech qo‘yilgan tashxis oqibatidagi qo‘shimcha xarajatlarni kamaytiradi. Bir martalik OKT-angiografiya tekshiruvi taxminan 200000 so‘mni tashkil etadi va uzoq muddatli xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi. Xulosa: NAAda OKT-angiografiyani amaliyotga joriy etish to‘qimalarda ishemiya va qon tomir o‘zgarishlarini aniqlashda samarali usul hisoblanadi. Bu diagnostikaning aniqligini oshirish, davolashni o‘z vaqtida boshlash va asoratlarni bartaraf etish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: kompyuter perimetriyada to‘r pardaning yorug‘likka sezgirligining pasayishi va “deflection” ko‘rsatkichini oshishi nospesifik aortoarteriiti bo‘lgan bemorlarda ko‘ruv analizatorining ishemik shikastlanish darajasini ishonchli ravishda aks ettiruvchi va braxiotsefal arteriyalarda yallig‘lanish jarayonining rivojlanishini namoyon qiluvchi ishonchli funksional markerlari ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: kompyuter perimetriyasi orqali to‘r pardaning yorug‘likka sezuvchanligi va "Deflection" ko‘rsatkichlarini baholash NAAning ilk bosqichlarida uni aniqlash imkonini beradi va kasallikni erta tashxislashning samarali va aniq usuli sifatida muhim nazariy ahamiyat kasb etadi. Ushbu ma’lumotlar “Nospesefik aortoarteriitni erta laborator tashxislash” deb nomlangan metodik tavsiyalar (O‘zbekiston Respublikasi SSV ilmiy texnik Kengashida tasdiqlangan №11/96 15 yanvar` 2025 yil) tarkibiga kiritilgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: tadqiqot natijalari Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (09.09.2024 yildagi №156 buyruq) va Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazining Toshkent viloyati filialida (04.09.2024 yildagi №120 buyruq) amaliyotiga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu diagnostika usuli yordamida NAAda oftal`mologik va nevrologik asoratlarni erta aniqlash mumkin va bu aholining ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish, hayot sifatini yaxshilash va kasallikning og‘irlashishiga yo‘l qo‘ymaslikda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy samaradorligi: kompyuter perimetriyasi orqali NAAni erta bosqichda aniqlash natijasida asoratlarni oldini olish, bemorlarning sog‘lig‘ini saqlash va davolash xarajatlarini kamaytirish imkoni yaratiladi, bir martalik kompyuter perimetriyasi tekshiruvi 100000 so‘mni tashkil etadi va klinik amaliyotda buni doimiy qo‘llash orqali umumiy xarajatlar sezilarli darajada qisqaradi. Xulosa: kompyuter perimetriyasini NAAning oftal`mologik ko‘rinishlarini aniqlashda klinik amaliyotga joriy etish kasallikni erta tashxislash imkonini beradi, asoratlar rivojlanishining oldini oladi va davolash samaradorligini oshiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor nospesifik aortoarteriitning oftal`mologik ko‘rinishlari va yallig‘lanish jarayonining faollik darajasining belgilari sifatida ko‘z yosh suyuqligi va qon zardobida bosh miya neyrotrofik omili konsentratsiyasining diagnostik va prognostik ahamiyati aniqlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: braxiotsefal arteriyalar va ko‘z olmasi tomirlarini dupleks skanerlash orqali NAAni erta bosqichda aniqlash, qon aylanishidagi patogenetik o‘zgarishlarni baholash va funksional aloqalarni ochish imkoni yaratiladi va bu usul diagnostikada yuksak sezgirlikka ega bo‘lib, nazariy va klinik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ushbu ma’lumotlar “Nospesefik aortoarteriitni erta laborator tashxislash” deb nomlangan metodik tavsiyalar (O‘zbekiston Respublikasi SSV ilmiy texnik Kengashida tasdiqlangan №11/96 15 yanvar` 2025 yil) tarkibiga kiritilgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: tadqiqot natijalari Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (09.09.2024 yildagi №156 buyruq) va Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazining Toshkent viloyati filialida (04.09.2024 yildagi №120 buyruq) amaliyotiga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: dupleks skanerlash usuli yordamida NAAda oftal`mologik va nevrologik asoratlarni erta aniqlash mumkin va bu bemorlarning ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish, hayot sifatini yaxshilash va noto‘g‘ri tashxislar oqibatida rivojlanadigan og‘ir asoratlarning oldini olishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: NAAning erta diagnostikasi uchun dupleks skanerlashni doimiy qo‘llash orqali bemorlarning ortiqcha tekshiruvlar va davolash xarajatlarini kamaytirish mumkin, tekshiruv narxi taxminan 200000 so‘mni tashkil etadi va samarali tashxis orqali mablag‘larni tejash imkonini beradi. Xulosa: Orqa kalta kipriksimon arteriya va braxiotsefal arteriyalardagi qon oqimi o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikni baholashga qaratilgan dupleks skanerlash usuli NAAni erta tashxislash, ishemik o‘zgarishlarni aniqlash va patogenetik davolashni o‘z vaqtida boshlash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: nospesifik aortoarteriitda ko‘zdagi qon oqimining etishmovchiligi qon tomirlarning mahalliy autoregulyasiyasi va kollateral qon aylanishi orqali qoplanishi orqa kalta kipriksimon va braxiotsefal arteriyalarda qon oqimi tezligi parametrlarining teskari korrelyasiyasiga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ko‘z yoshi suyuqligi va qon zardobida BMNO darajasini aniqlash NAAning erta bosqichdagi diagnostikasida qo‘shimcha samarali biomarker sifatida qo‘llanilishi mumkin. Bu usul kasallikning dinamikasi va ko‘z to‘qimalaridagi shikastlanishni baholashda ilmiy va amaliy jihatdan muhimdir. Ushbu ma’lumotlar “Nospesefik aortoarteriitni erta laborator tashxislash” deb nomlangan metodik tavsiyalar (O‘zbekiston Respublikasi SSV ilmiy texnik Kengashida tasdiqlangan №11/96 15 yanvar` 2025 yil) tarkibiga kiritilgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: tadqiqot natijalari Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (09.09.2024 yildagi №156 buyruq) va Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazining Toshkent viloyati filialida (04.09.2024 yildagi №120 buyruq) amaliyotiga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: nospesifik aortoarteriit (NAA) bilan kasallangan bemorlarda ko‘z yoshi suyuqligi va qon zardobidagi BMNO aniqlash kasallikni erta bosqichlarda aniqlash va uning oftal`mologik ko‘rinishlarining rivojlanishini  oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: BMNOni 100000 so‘mlik laborator tahlil orqali aniqlash kasallikni simptomlar rivojlanmasidan oldin aniqlash imkonini beradi, agar tashxis kech qo‘yilsa, qonning umumiy tahlili (80000 so‘m), revmatologik tekshiruv (90000 so‘m), karotid arteriyalarning dupleks skanerlash (150000 so‘m) va MSKT (500000 so‘m) kabi bir necha qimmat tekshiruvlarni talab qiladi, shu bilan birga, statsionar davolanish zarurati paydo bo‘ladi va taklif etilayotgan usuldan foydalanish ushbu xarajatlarni 8 barobargacha qisqartirish imkonini yaratadi. Xulosa: bosh miya neyrotrofik omilining ko‘z yoshi suyuqligi va qon zardobida aniqlanishi NAAni erta tashxis qilish, kasallikning kechishini monitoring qilish va to‘g‘ri davolash taktikasini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi va mazkur usul orqali asoratlarning oldini olish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va davolash xarajatlarini optimallashtirish mumkin. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish