Doniyorova Farangisbonu Alisher qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Autizmda nevrologik buzilishlarning patogenetik mexanizmlari va terapiyani takomillashtirish», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib851.
Ilmiy konsul`tant: Xaydarov Nodirjon Qodirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Ibodullaev Zarifboy Radjabovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadikova Gulchexra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Eshimbetova Saida Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universtiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda autizm spektri buzilishlarining klinik-nevrologik va patogenetik xususiyatlarini har tomonlama o‘rganish, shu asosda erta tashxislash va davolashni takomillashtirishga qaratilgan shaxsiylashtirilgan prognostik modellarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kannep va Aspergep sindromlari bo‘lgan bolalarda sensomotor hatti-harakatning o‘ziga xos xususiyatlari hamda klinik-etiologik diffepensial tashxis qo‘yish mezonlari ishlab chiqilgan;
Kannep va Aspergep sindromlari bo‘lgan bolalarda klinik alomatlarning og‘irligi va yaqqol namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq holda neyrotransmitterlar, neyroppotektiv omillar va gipoksik-ishemik zararlanish indikatorlarini o‘z ichiga olgan neyrokimyoviy va yallig‘lanish markerlarining kompleks tahlili ishlab chiqilgan;
Kannep va Aspergep sindromlari patogenezida neypotrofik, neypomediator va yallig‘lanish oldi omillar disfunksiyasi yetakchi rol` o‘ynashi, serotonin, GAMK, oksitotsin va BDNF darajalari past bo‘lishi hamda v-endorfin, S-100 va IL-6 konsentratsiyalarining yuqori bo‘lishi klinik belgilaning shakllanishi va kuchayishi bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan;
klinik simptomlarni og‘irlik alomatlarining yaqqolligi va kognitiv etishmovchilik darajasiga qarab psixomotor terapiyani differensial qo‘llash klinik belgilarning pasayishi va kognitiv funksiyalarning yaxshilanishiga yordam berishi isbotlangan;
klinik, neyropsixologik va biokimyoviy tekshiruvlar natijalarini integratsiya qilish asosida autizm spektridagi buzilishlari bo‘lgan bolalarda erta klinik belgilarni aniqlash uchun prognostik model` ishlab chiqildi hamda ushbu guruhdagi bemorlarni erta diagnostika qilish va olib borish taktikasi uchun algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Autizm spektridagi buzilishlari bo‘lgan bolalarda kliniko-etiologik hamda differensial tashxis mezonlarini aniqlash, terapevtik yondashuvlarni optimallashtirish, ushbu buzilishlarning shakli, og‘irlik darajasi va jinsga xos farqlariga bog‘liq patogenetik mexanizmlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Kannep va Aspergep sindromlari bo‘lgan bolalarda sensomotor hatti-harakatning o‘ziga xos xususiyatlari hamda klinik-etiologik diffepensial tashxis qo‘yish mezonlari ishlab chiqilgan. Ushbu dalillar 2025 yil 28 martdagi Sog‘liqni saqlash vazirligining №01-r/95-t-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Autizm spektridagi buzilishlari bo‘lgan bolalarda klinik belgilarning yaqqollik darajasini aniqlash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Ilmiy natijalar Respublika bolalar psixonevrologiya kasalxonasi (U.K.Kurbanov nomidagi) - buyruq №44, 2025 yil 9 aprel va Namangan viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi - buyruq №89, 2025 yil 16 aprel asosida klinik amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Kanner va Asperger sindromlari uchun ishlab chiqilgan differensial-diagnostik mezonlar asosida terapevtik yondashuvni individuallashtirish, bemor bolalarda erta korreksiya, ijtimoiy reabilitatsiya va ta’lim jarayoniga to‘g‘ri integratsiyani ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Autizm spektri buzilishlari bo‘lgan bolalarda asoratlarning oldini olish, o‘z vaqtida aniq tashxis qo‘yish va maqbul terapiyani amalga oshirish orqali har bir bola uchun 1100000 so‘m miqdorida byudjet mablag‘larini tejash imkoni yaratiladi. Bu mablag‘ ambulator shartlarda davolash, pedagogik-psixologik ko‘mak va reabilitatsiya jarayonlariga yo‘naltirilishi mumkin. Xulosa: Ushbu ilmiy yangilikni autizm spektridagi buzilishlarga ega bo‘lgan bolalarda qo‘llash sog‘liqni saqlash tizimida samarali tashxis va terapiya modelini joriy qilishga xizmat qiladi. Shuningdek, bir bemorga 1100000 so‘m atrofida mablag‘ni tejash imkonini berib, byudjet va byudjetdan tashqari xarajatlarni optimallashtiradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: Kannep va Aspergep sindromlari bo‘lgan bolalarda klinik alomatlarning og‘irligi va yaqqol namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq holda neyrotransmitterlar, neyroppotektiv omillar va gipoksik-ishemik zararlanish indikatorlarini o‘z ichiga olgan neyrokimyoviy va yallig‘lanish markerlarining kompleks tahlili ishlab chiqilgan. Ushbu ko‘rsatkichlarning integral tahliliga asoslangan xolda, etiopatogenetik terapiya yo‘nalishlari shakllantirildi. Ushbu natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 28 martdagi №01-r/94-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Autizm buzilishi bo‘lgan bolalarda psixomotor terapiya” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Ilmiy yangilik Respublika bolalar psixonevrologiya kasalxonasi (U.Kurbonov nomidagi) tomonidan 2025 yil 9 apreldagi №44-sonli buyruq va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 22 maydagi №18-sonli xulosasi asosida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Kanner va Asperger sindromlarida nevrologik o‘zgarishlarga ta’sir qiluvchi neyroximik biomarkerlarning aniqlanishi va ularga asoslangan etiopatogenetik terapiya usullarining joriy etilishi, bolalarda statsionarda davolanish muddatini qisqartirish, kognitiv imkoniyatlarni tiklash va ularning ijtimoiy moslashuvini yaxshilashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Autizm spektridagi buzilishlarda asoratlarning oldini olish, erta va  aniq tashxis hamda patogenetik yo‘naltirilgan davolash usullari orqali har bir bemor uchun taxminan 1350000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkoniyati yaratiladi. Ushbu mablag‘lar maqsadli ravishda ambulator reabilitatsiya va psixonevrologik ko‘makni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin. Xulosa: autizm spektridagi buzilishlarda neyroximik va yallig‘lanish biomarkerlariga asoslangan patogenetik terapiyani joriy etish klinik samaradorlikni oshiradi va statsionar davolash muddatini qisqartiradi. Bunda har bir bemor uchun 1350000 so‘m miqdorida mablag‘ tejalishi orqali sog‘liqni saqlash tizimida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: Kannep va Aspergep sindromlari patogenezida neypotrofik, neypomediator va yallig‘lanish oldi omillar disfunksiyasi yetakchi rol` o‘ynashi, serotonin, GAMK, oksitotsin va BDNF darajalari past bo‘lishi hamda v-endorfin, S-100 va IL-6 konsentratsiyalarining yuqori bo‘lishi klinik belgilaning shakllanishi va kuchayishi bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan. Ushbu neyrobiologik ko‘rsatkichlar va ularning o‘zaro bog‘liqligi aniqlanib, patogenetik tarzda yo‘naltirilgan psixomotor terapiyani individuallashtirish mezonlari ishlab chiqildi. Olingan dalillar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 28 martdagi №01-r/94-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Autizm spektridagi buzilishlari bo‘lgan bolalarda psixomotor terapiya» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritildi va amaliyotga Respublika bolalar psixonevrologiya kasalxonasi (U.K.Qurbanov nomidagi) - buyruq №44, 2025 yil 9 aprel hamda Namangan viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi - buyruq №89, 2025 yil 16 aprel asosida joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Neyrobiologik markerlar (serotonin, GABA, oksitotsin, BDNF, β-endorfin, S-100, IL-6 va TNF-α) ekspressiya darajasiga qarab etiopatogenetik terapiya usulini tanlash imkoni paydo bo‘lib, bu Kanner va Asperger sindromli bolalarda klinik belgilarni kamaytirish, funksional holatni yaxshilash va statsionarda qolish muddatini qisqartirishga yordam beradi. Shuningdek, mazkur biomarkerlar patogenetik jarayonlarni chuqur tushunish imkonini beradi va zamonaviy nazariyalarni ilmiy asos bilan boyitishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Diagnostik va davolash algoritmlarini samarali joriy etish orqali autizm spektridagi buzilishlar bilan bog‘liq asoratlarni erta aniqlash va maqbul terapiya o‘tkazish yo‘li bilan har bir bemor uchun 1100000 so‘m miqdorida byudjet mablag‘larini tejash imkoniyati yaratiladi. Bu mablag‘lar asosan statsionar davolash xarajatlari hisobidan tejaladi. Xulosa: Autizm spektridagi buzilishlarda neyrobiologik ko‘rsatkichlar asosida terapevtik strategiyani individuallashtirish klinik samaradorlikni oshiradi va bolalarni statsionar davolash muddatini qisqartiradi. Bu orqali har bir bemor uchun 1100000 so‘mgacha byudjet mablag‘larini tejashga erishilib, sog‘liqni saqlash tizimida iqtisodiy barqarorlik ta’minlanadi; 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik simptomlarni og‘irlik alomatlarining yaqqolligi va kognitiv etishmovchilik darajasiga qarab psixomotor terapiyani differensial qo‘llash klinik belgilarning pasayishi va kognitiv funksiyalarning yaxshilanishiga yordam berishi isbotlangan. Mazkur yondashuv klinik simptomlarning regressini va kognitiv faoliyatning yaxshilanishini ta’minlashda samarali ekani bilan ahamiyatlidir. Olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 28 martdagi №01-r/94-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Autizm spektridagi buzilishlari bo‘lgan bolalarga psixomotor terapiya» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Taklif etilgan terapevtik yondashuv Respublika bolalar psixonevrologiya kasalxonasi (U.K.Qurbanov nomidagi) — buyruq №44, 2025 yil 9 aprel hamda Namangan viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi — buyruq №89, 2025 yil 16 aprel asosida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikni ijtimoiy samaradorligi: Autizm spektridagi buzilishlarda psixomotor terapiyaning differensial qo‘llanilishi bemorlarni reabilitatsiya jarayoniga tezroq jalb qilish, klinik belgilarni yumshatish va ularning sog‘lomlashuvini tezlashtirish imkonini yaratadi. Shu orqali statsionarda davolanish muddati qisqaradi va bolalarning ta’lim va ijtimoiy muhitga integratsiyasi osonlashadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: autizm turlarini o‘z vaqtida aniqlash va patogenetik terapiyani belgilangan darajada o‘tkazish kelgusidagi asoratlarning oldini olishga xizmat qilib, har bir terapiya uchun 1500000 so‘mgacha byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Bu mablag‘lar reabilitatsiya markazlari va ambulator davolashni moliyalashtirishda qayta yo‘naltirilishi mumkin. Xulosa: Autizm spektridagi buzilishlar uchun ishlab chiqilgan differensial psixomotor terapiya usuli bolalarda simptomlar regressini ta’minlab, davolash muddatini qisqartiradi. Bu orqali har bir bemor uchun 1500000so‘mgacha byudjet mablag‘larini tejash imkoni vujudga kelib, sog‘liqni saqlash tizimida resurslarni maqsadli sarflashga xizmat qiladi;
beshinchi ilmiy yangilik: klinik, neyropsixologik va biokimyoviy tekshiruvlar natijalarini integratsiya qilish asosida autizm spektridagi buzilishlari bo‘lgan bolalarda erta klinik belgilarni aniqlash uchun prognostik model` ishlab chiqildi hamda ushbu guruhdagi bemorlarni erta diagnostika qilish va olib borish taktikasi uchun algoritm ishlab chiqilgan. Ushbu ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 28 martdagi №01-r/94-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Autizm spektridagi buzilishlari bo‘lgan bolalarda klinik belgilarning yaqqollik darajasini aniqlash” hamda “Autizm spektridagi buzilishlari bo‘lgan bolalarda psixomotor terapiya” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga kiritildi. Ishlab chiqilgan tashxis algoritmlari Respublika bolalar psixonevrologiya kasalxonasi (U.K.Qurbanov nomidagi) - buyruq №44, 2025 yil 9 aprel` va Namangan viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi - buyruq №89, 2025 yil 16 aprel` asosida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Bolalarni erta aniqlashga xizmat qiluvchi kompleks tashxis modellarining joriy etilishi autizm spektridagi buzilishlarga ega bemorlarni vaqtli ravishda korreksion, ta’limiy va psixoterapevtik dasturlarga jalb qilish imkonini yaratadi. Bu bolalarning kognitiv, ijtimoiy va ta’limiy integratsiyasini yaxshilash, jamiyatda to‘laqonli faol ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Yuqori sezgirlikka ega tashxis algoritmi asosida patologiyani erta aniqlash va maqsadli davolash orqali kelgusida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldi olinadi. Bu esa har bir bolani statsionar va murakkab reabilitatsiya jarayonlaridan ehtiyojsiz qiladi, natijada umumiy xarajatlar qisqaradi va sog‘liqni saqlash tizimi uchun iqtisodiy tejamkorlik ta’minlanadi. Xulosa: Autizm spektridagi buzilishlarga chalingan bolalarni kompleks klinik, bioximik va neyropsixologik baholash asosida ishlab chiqilgan tashxis modeli yuqori aniqlik va ishonchlilikni ta’minlaydi. Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilish orqali erta diagnostika, maqsadli davolash, ijtimoiy reabilitatsiya va byudjet resurslarini oqilona boshqarishga erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish