Yusufov Norbek Islombek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jag‘ alveolyar o‘siqlarining mexanik sinishlarida siniq bo‘laklari immobilizatsiya usullarini solishtirma baholash», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib4652
Ilmiy rahbar: Shomurodov Qaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01
Rasmiy opponentlar: Azimov Muxamadjon Ismailovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Shukparov Asilbek Bayadilovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Qozog‘iston).
Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jag‘larning alveolyar o‘siqlari sinishlarini davloshda parodont to‘qimalariga salbiy ta’sirni kamaytirishga karatilgan immobilizatsiya usullarini solishtirma baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jag‘larning alveolyar o‘sig‘i sinishlarida turli xil immobilizatsiya usullarining og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi holatiga va milk yallig‘lanishi og‘irligiga ta’siri sababli an’anaviy immobilizatsiya usulida 21 kun davomida og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi holati yomonlashishi va parodont to‘qimalarining yallig‘lanish darajasining oshishi aniqlangan;
immobilizatsiyaning an’anaviy usulida parodontning shikastlanishi va yallig‘lanishi osteokalsin miqdorini (80,57±0,83 ng/ml) pasayishiga, paratgormonining esa (7,93±0,20 pg/ml) oshishiga, atravmatik usulda esa osteokalsin miqdori oshishi (104,25±1,10) va paratgormon pasayishi (4,03±0,03) suyak konsolidatsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
turli immobilizatsiya usullarining parodont mikrotsirkulyasiyasiga ta’siri yallig‘lanish og‘irligi va mikrotsirkulyasiya ko‘rsatkichlari o‘rtasida teskari korrelyasiya mavjudligi hamda yallig‘lanish jadalligi ortishi bilan to‘qima perfuziyasi darajasi pasayishi va noadekvat immobilizatsiyada parodont trofikasining sezilarli darajada yomonlashishi aniqlangan;
alveolyar o‘siq sinishlarini davolashda parodont to‘qimalarida yallig‘lanish jarayonlarini kamayishi va sinish sohasida suyak to‘qimasi zichligini oshishi hisobiga taklif etilgan immobilizatsiya usullarining samaradorligi ultratovushli osteometriya asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya institutining 2025 yil 22 maydagi 18/44-sonli xulosasiga ko‘ra:
Birinchi ilmiy yangilik: Jag‘ning alveolyar o‘sig‘i sinishlarida turli xil immobilizatsiya usullarining og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi holatiga va milk yallig‘lanishining og‘irligiga ta’siri qiyosiy baholandi va 21 kun davomida an’anaviy immobilizatsiya usulida og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi holati yomonlashishi va parodont to‘qimalarining yallig‘lanish darajasi oshishi aniqlandi. Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.03.2025-yildagi 4-51-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar 4-son bolalar stomatologiya poliklinikasining 26.02.2025-yildagi 44-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 22.05.2025-yildagi 18/44-sonli xulosasi). Parodont to‘qimalarining holatini hisobga olgan holda immobilizatsiya usulini tanlashni optimallashtirish orqali asoratlar xavfini kamaytirish, bu esa jarohatdan keyingi osteomielitlar, nekrozlar va tishlarning yo‘qolishi chastotasini qisqartirish imkonini beradi. Immobilizatsiyaga individual yondashuvni qo‘llash orqali davolash va reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Sinishlarning noto‘g‘ri konsolidatsiyasi va parodont kasalliklarining rivojlanishi bilan bog‘liq chaynov apparatining funksional buzilishlari profilaktikasi orqali nogironlikning oldi olinadi. Yuz-jag‘ jarrohligida yangi diagnostika mezonlarini joriy etish orqali shaxsiylashtirilgan tibbiyotni rivojlantirish davolash samaradorligini oshiradi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, parodontning yallig‘lanish kasalliklarini immobilizatsiya qilish va oldini olishning taklif etilgan usullaridan foydalanish takroriy kasalxonaga yotqizish, jarrohlik aralashuvlari va asoratlar chastotasini kamaytirish hisobiga ortopedik davolash xarajatlarini qisqartirishga yordam berishi aniqlandi. Immobilizatsiyaning atravmatik usullarini amaliyotda qo‘llash sog‘liqni saqlash tizimi uchun iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 1500000 so‘mga etishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Ikkinchi ilmiy yangilik: Yondosh shikastlanishlar va parodont to‘qimalaridagi yallig‘lanish jarayonlari suyak metabolizmining markeri bo‘lgan osteokalsin konsentratsiyasini sezilarli darajada pasaytiradi va kalsiy almashinuvini tartibga soluvchi paratireoid gormonining ko‘payishiga yordam beradi. Parodontdagi yallig‘lanish darajasi va suyak metabolizmining biokimyoviy markerlari dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlandi: parodontdagi yallig‘lanish nafaqat osteokalsinning pasayishi, balki paratireoid gormonining ko‘payishi bilan birga keladi, bu alveolyar o‘siq sinishlarida reparativ osteogenezning buzilishini kuchaytiradi. Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.03.2025-yildagi 4-51-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar 4-son bolalar stomatologiya poliklinikasining 26.02.2025-yildagi 44-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 22.05.2025-yildagi 18/44-sonli xulosasi). Parodont to‘qimalarining holatini hisobga olgan holda immobilizatsiya usulini tanlashni optimallashtirish orqali asoratlar xavfini kamaytirish, bu esa jarohatdan keyingi osteomielitlar, nekrozlar va tishlarning yo‘qolishi chastotasini kamaytirish imkonini beradi. Immobilizatsiyaga individual yondashuvni qo‘llash orqali davolash va reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Sinishlarning noto‘g‘ri konsolidatsiyasi va parodont kasalliklarining rivojlanishi bilan bog‘liq chaynov apparatining funksional buzilishlari profilaktikasi orqali nogironlikning oldi olinadi. Yuz-jag‘ jarrohligida yangi diagnostika mezonlarini joriy etish orqali shaxsiylashtirilgan tibbiyotni rivojlantirish davolash samaradorligini oshiradi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, parodontning yallig‘lanish kasalliklarini immobilizatsiya qilish va oldini olishning taklif etilgan usullaridan foydalanish takroriy kasalxonaga yotqizish, jarrohlik aralashuvlari va asoratlar chastotasini kamaytirish hisobiga ortopedik davolash xarajatlarini qisqartirishga yordam berishi aniqlandi. Immobilizatsiyaning atravmatik usullarini amaliyotda qo‘llash sog‘liqni saqlash tizimi uchun iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 1 500 000 so‘mga etishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Uchinchi ilmiy yangilik: Jag‘lar alveolyar o‘siqlarining sinishlarida turli xil immobilizatsiya usullarining parodont to‘qimalarida mikrotsirkulyasiya holatiga ta’siri lazerli doppler floumetriyasi yordamida qiyosiy baholangan va parodontdagi yallig‘lanish jarayonlarining og‘irligi va mikrotsirkulyasiya ko‘rsatkichlari o‘rtasida teskari korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan: yallig‘lanish intensivligi qanchalik yuqori bo‘lsa, to‘qimalar perfuziyasi darajasi shunchalik past bo‘ladi, bu esa jarohat paytida parodont trofikasining sezilarli darajada yomonlashishini va singan suyaklarning etarli darajada immobilizatsiya qilinmaganligini ko‘rsatadi. Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.03.2025-yildagi 4-51-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar 4-son bolalar stomatologiya poliklinikasining 26.02.2025-yildagi 44-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 22.05.2025-yildagi 18/44-sonli xulosasi). Parodont to‘qimalarining holatini hisobga olgan holda immobilizatsiya usulini tanlashni optimallashtirish orqali asoratlar xavfini kamaytirish, bu esa jarohatdan keyingi osteomielitlar, nekrozlar va tishlarning yo‘qolishi chastotasini kamaytirish imkonini beradi. Immobilizatsiyaga individual yondashuvni qo‘llagan holda davolash va reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Sinishlarning noto‘g‘ri konsolidatsiyasi va parodont kasalliklarining rivojlanishi bilan bog‘liq chaynov apparatining funksional buzilishlari profilaktikasi orqali nogironlikning oldi olinadi. Yuz-jag‘ jarrohligida yangi diagnostika mezonlarini joriy etish orqali shaxsiylashtirilgan tibbiyotni rivojlantirish davolash samaradorligini oshiradi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, parodontning yallig‘lanish kasalliklarini immobilizatsiya qilish va oldini olishning taklif etilgan usullaridan foydalanish takroriy kasalxonaga yotqizish, jarrohlik aralashuvlari va asoratlar chastotasini kamaytirish hisobiga ortopedik davolash xarajatlarini qisqartirishga yordam berishi aniqlandi. Immobilizatsiyaning atravmatik usullarini amaliyotda qo‘llash sog‘liqni saqlash tizimi uchun iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 1500000 so‘mga etishi mumkinligini ko‘rsatdi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: Alveolyar o‘siqlarning sinishlarini davolashda taklif etilgan immobilizatsiya usullarining samaradorligi ultratovushli osteometriya asosida parodont to‘qimalarida yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirish va sinish sohasida suyak to‘qimasi zichligini oshirish orqali asoslangan. Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.03.2025-yildagi 4-51-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar 4-son bolalar stomatologiya poliklinikasining 26.02.2025-yildagi 44-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 22.05.2025-yildagi 18/44-sonli xulosasi). Parodont to‘qimalarining holatini hisobga olgan holda immobilizatsiya usulini tanlashni optimallashtirish orqali asoratlar xavfini kamaytirish jarohatdan keyingi osteomielitlar, nekrozlar va tishlarning yo‘qolishi chastotasini kamaytirish imkonini beradi. Immobilizatsiyaga individual yondashuvni qo‘llash orqali davolash va reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Sinishlarning noto‘g‘ri konsolidatsiyasi va parodont kasalliklarining rivojlanishi bilan bog‘liq chaynov apparatining funksional buzilishlari profilaktikasi orqali nogironlikning oldi olinadi.
Yuz-jag‘ jarrohligida yangi diagnostika mezonlarini joriy etish orqali shaxsiylashtirilgan tibbiyotni rivojlantirish davolash samaradorligini oshiradi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, parodontning yallig‘lanish kasalliklarini immobilizatsiya qilish va oldini olishning taklif etilgan usullaridan foydalanish takroriy kasalxonaga yotqizish, jarrohlik aralashuvlari va asoratlar chastotasini kamaytirish hisobiga ortopedik davolash xarajatlarini qisqartirishga yordam berishi aniqlandi. Immobilizatsiyaning atravmatik usullarini amaliyotda qo‘llash sog‘liqni saqlash tizimi uchun iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 1500000 so‘mga etishi mumkinligini ko‘rsatdi.