Voxidova Dildora Alikulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishemik insul`t prognozining klinik – patogenetik aspektlari», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1360.
Ilmiy rahbar: Usmanova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Muratov Faxmitdin Xayritdinovich tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kilichev Ibadulla Abdullaevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ishemik insul`tning klinik-nevrologik, molekulyar-genetik xususiyatlarini VEGFA i HIF-1α genlari polimorfizmini aniqlash orqali o‘rganish, tashxislash va prognoz kilish me’zonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishemik insul`tning birlamchi rivojlanishi va qaytalanishida VEGFA (rs2010963 va rs699947) va HIF-1α (P582S) genlari bir nukleotidli polimorfizmlarining ahamiyati isbotlangan;
ishemik insul`t qaytalanishi xavfini baholash uchun ishlab chiqilgan klinik, molekulyar-genetik va xavf omillar integratsiyasiga asoslangan usulning kasallikning rivojlanish xavfini stratifikatsiyalashda, profilaktikasi va davolash choralarini individuallashtirishdagi ahamiyati isbotlangan;
ikkitadan ortiq modifikatsiyalanuvchi ishemik insul`t xavf omillarining (arterial gipertenziya, qandli diabet, giperlipidemiya, tamaki chekish) mavjudligi qo‘shimcha ravishda, VEGFA 634 G/C genining C alleli kardioembolik, G/C genotipining aterotrombotik, shuningdek, HIF-1α P582S genining T alleli va T/T genotipining lakunar insul`t bilan o‘ziga xos o‘zaro bog‘liqligi, ishemik insul`tdan keyingi birinchi yil davomida uning qayta rivojlanish xavfi sezilarli darajada oshirishi aniqlangan;
TOAST klassifikatsiyasiga asoslangan ishemik insul`tning podtiplari rivojlanishini prognozlash mezonining samaradorligi, uning individual xavfni baholash jarayonini soddalashtirishi, prognozlashning aniqligini oshirishi va profilaktik hamda davolash tadbirlarini individuallashtirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ishemik insul`tning klinik-nevrologik, molekulyar-genetik xususiyatlari, VEGFA va HIF-1α genlari polimorfizmini, o‘rganish xamda tashxislash va prognoz me’zonlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: VEGFA (rs2010963 va rs699947) va HIF-1α (P582S) genlarining polimorfizmlarining birlamchi va kaytarilgan ishemik insul`tning qaytalanishida axamiyati isbotlangan; tadqiqot natijalari quyidagi tibbiyot muassasalarining klinik amaliyotiga joriy qilingan: Toshkent viloyati ixtisoslashgan somatik shifoxonasi, nevrologiya bo‘limi Ilmiy kengashining 2024 yil 20 dekabrdagi №01-115 buyrug‘i bilan tasdiklangan; Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliyot tibbiyot markazi, kon-tomir neyroxirurgiyasi bo‘limi 2024 yil 13 noyabrdagi №147 buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Joriy qilish ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalarni ishemik insul`tning birinchi va qaytarilgan holatlarini molekulyar-genetik faktorlar asosida baholash: VEGFA (rs2010963 va rs699947) va HIF-1α (P582S) polimorfizmlarini tahlil qilish hamda profilaktik tadbirlarni optimallashtirishni o‘z ichiga olingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mazkur usul insul`tning tashxisi va prognozini optimallashtirishga imkon beradi, bu esa samarali profilaktika va og‘ir holatlar sonini kamaytirishga yordam beradi. Bu nogironlik darajasini kamaytirib, bemorlarning hayot sifati va davolash samaradorligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: profilaktiklangan insul`t holatlarini davolashdagi yillik tejamkorlik quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: E iqtisod = (D1 - D2) × (G + Ye) × N - 0.15 × K. Bu erda: • D1 - usul joriy qilingangacha ishlab chiqarish uchun o‘rtacha vaqt (10 kun);• D2 - usul joriy qilingandan keyin ishlab chiqarish uchun o‘rtacha vaqt (7 kun);• G - bir ishchi kunlik daromadi (150000 so‘m);• Ye - ishsizlikka ijtimoyi yordam (kunlik 80000 sum);• N - usuldan foydalaniladigan bemorlar soni (40 kishi);• K - usulni joriy qilishdan kutilgan xarajatlar (600000 sum). Shunda: E iqtisod = (10 - 7) × (150000 + 80000) × 40 - 0.15 × 600000 E iqtisod = 3 × 230000 × 40 - 90000 E iqtisod = 27600000 - 90000 = 27510000 so‘m Xulosa: taklif qilingan usulni joriy qilish natijasida 27510000 sum tejaladi, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimida xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ishemik insul`t qaytalanishi xavfini baholash uchun ishlab chiqilgan klinik, molekulyar-genetik va xulqiy omillar integratsiyasiga asoslangan usulning kasallikning rivojlanish xavfini stratifikatsiyalashda, profilaktikasi va davolash choralarini individuallashtirishdagi ahamiyati isbotlangan. Qaytalangan insul`t xavfini baholash usuli Toshkent viloyati ixtisoslashgan somatik shifoxonasining nevrologiya bo‘limida 2024 yil 20 dekabrdagi №01-115 buyrug‘i bilan tasdiqlangan va Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliyot tibbiyot markazining, qon-tomir neyroxirurgiyasi bo‘limida 2024 yil 13 noyabrdagi №147 buyrug‘i joriy qilindi. Joriy qilingan usul klinik ma’lumotlarga, molekulyar-genetik markerlarga va bemorning xulq-atvor xususiyatlariga asoslangan qaytarilgan ishemik insul`t xavfini baholash uchun integrativ model`dan foydalanishni o‘z ichiga oladi, yuqori xavfga ega bemorlar uchun yakka tartibda profilaktik dasturlar yaratish va tibbiyot xodimlari uchun klinik amaliyotga joriy qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: usuldan foydalanish insul`tning qaytarilishini kamaytirishga imkon beradi, bu prognozni yaxshilash va bemorlarning nogironligini kamaytirishga yordam beradi. Profilaktik tadbirlar xavflarni o‘z vaqtida to‘g‘rilashga yordam beradi va faol hayot davrini uzaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: usuldan foydalanish qayta insul`tlarning oldini olish orqali davolash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Qayta insul`tlarning davolanishi quyidagi formula bilan hisoblanadi: E davo = N × (C asorat birlamchi – C asorat qaytalangan). Bu erda: N = 50 - bemorlar soni, C asorat birlamchi = 3500000 sum - qaytarilgan insul`t davolash xarajatlari, C asorat qaytalangan = 2200000 sum - qaytarilgan insul`t davolash xarajatlari. Shunda: E davo = 50 × (3500000 − 2200000) = 50 × 1300000 = 65000000 sum. Xulosa: taklif qilingan usulni joriy qilish natijasida qaytalangan insul`tni oldini olish, 65000000 sum iqtisodiy tejamkorlik hamda tibbiy amaliyotda yuqori iqtisodiy samarani ko‘rsatadi;
uchinchi ilmiy yangilik: VEGFA 2578C/A genining A alleli va A/A genotipi, VEGFA 634 G/C genining C alleli kardioembolik, G/C genotipining aterotrombotik, shuningdek, HIF-1α P582S genining T alleli va T/T genotipining lakunar insul`t bilan o‘ziga xos o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan; Toshkent viloyati ixtisoslashgan somatik shifoxonasining nevrologiya bo‘limida 2024 yil 20 dekabrdagi №01-115 buyrug‘i bilan tasdiqlangan va Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliyot tibbiyot markazining, qon -tomir neyroxirurgiyasi bo‘limida 2024 yil 13 noyabrdagi №147 buyrug‘i joriy qilingan. Joriy qilingan usul modifikatsiyalanadigan xavf omillarini kompleks nazorat qilish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: usul modifikatsiyalanadigan xavf omillarini nazorat qilish orqali qayta insul`tni oldini olish va bemorlarning nogironlik darajasini kamaytirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: usul qayta insul`tlarning 30% kamayishiga imkon beradi. 50 ta bemorda yiliga sarf-xarajatlarni hisoblash quyidagi formula bilan amalga oshiriladi: E iqtisod = N oldini-olish × (C birlamchi – C kaytalangan). Bu erda: N oldini-olish = 50 × 0.3 = 15 bemor (qaytarilgan insul`tlarni oldini olish); C birlamchi - birlamchi insul`t davolashning o‘rtacha xarajatlari (4500000 sum); C kaytalangan - qaytarilgan insul`t davolashning o‘rtacha xarajatlari (3000000 sum). Shunda: E iqtisod= 15 × (4500000 - 3000000). E iqtisod = 15 × 1500000. E iqtisod = 22500000 so‘m. Xulosa: mazkur usulni joriy qilish 22500000 so‘m yillik tejamkorlikka erishishni ta’minlaydi, shuningdek, qaytarilgan insul`tlar sonini sezilarli darajada kamaytiradi, prognozni yaxshilaydi va bemorlarning hayot tarziga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishemik insul`tning kichik turlari TOAST klassifikatsiyasi bo‘yicha bashorat qilishi uchun kompyuter dasturi ishlab chiqilgan va joriy qilingan. Dastur Toshkent viloyati ixtisoslashgan somatik shifoxonasining nevrologiya bo‘limida 2024 yil 20 dekabrdagi №01-115 buyrug‘i bilan tasdiqlangan va Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliyot tibbiyot markazining, qon-tomir neyroxirurgiyasi bo‘limida 2024 yil 13 noyabrdagi №147 buyrug‘i amalga oshirildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: dastur insul`tning individual xavfini baholash jarayonini avtomatlashtiradi, tashxis qo‘yish jarayonini tezlatadi va prognozlashda aniqlikni oshiradi, bu esa profilaktik tadbirlarning ertaroq boshlanishiga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: dasturdan foydalanish tashxisni qo‘yish vaqtini qisqartirish va ortiqcha tashxis ishlarini kamaytirishga imkon beradi. 50 ta bemor uchun yillik tejamkorlik quyidagi formula bilan hisoblanadi: E iqtisod = N × (C an’anaviy tashxis – C avtomatlashtirilgan tashxis) Bu erda: • N = 50 bemor; • Can’anaviy tashxis = 1200000 sum; Cavtomatlashtirilgan tashxis = 850000 so‘m. Shunda: E iqtisod = 50 × (1200000 - 850000). E iqtisod = 50 × 350000 = 17500000 sum. Xulosa: dasturni joriy qilish 17500000 so‘m yillik tejamkorlikka imkon beradi, tashxisni optimallashtirish orqali, shuningdek, tashxis qo‘yish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishga yordam beradi.