Allaniyazov G‘ulomjon Sherniyazovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olishning texnologik asoslari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/T922
Ilmiy rahbar: Xoliqov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti va Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/04.10.2025.T. 174.01
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor, Xanxadjaeva Nilufar Rahimovna, texnika fanlari doktori, professor, Qoraboev Sherzod Ahmadjonovichni, texnika fanlari doktori, professor, Qayumov Jo‘ramirza Abdiramatovich.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikki qatlamli trikotaj matolarini ishlab chiqarishning texnologik asoslarini ishlab chiqish shuningdek, ikki qatlamli trikotaj to'qimalarining yangi tuzilishlarini ishlab chiqish orqali mashinaning texnologik imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
trikotaj qatlamlarini asos qatlamining iplari yordamida birlashtirishning turli usullarini qo‘llanilib olingan to‘qimaning, shakl saqlash xususiyati yuqori va xomashyo sarfi kam bo‘lgan takomillashtirilgan ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish usuli ishlab chiqilgan;
foydalanilgan xomashyo turining trikotaj qatlamlarini asos qatlamining iplari yordamida birlashtirilgan maqbul ikki qatlamli trikotajning texnologik parametrlari va fizik-mexanik xususiyatlariga ta'sir etish qonuniyatlari yaratilgan;
bir qatlamida glad to‘qimasi, ikkinchisida esa tukli trikotaj to‘qimasidan shakllangan hamda ikkala qatlami ham tukli trikotaj to‘qimasidan iborat ikki qatlamli trikotaj to‘qimasini olish texnologiyasi yaratilgan;
tuk protyajkalarini shakllantirishda to‘quv ignalari va ikki ignadon orasida vertikal ravishda o‘rnatilgan shtiftlardan foydalanib shakllantirilgan ikki qatlamli tukli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarishning texnologiyasi yaratilgan;
ikki qatlamli yopqichli-arqoqli va yopqichli-futerli hamda bir tomoni pressli va ikkinchi tomoni tukli trikotaj to‘qimasidan tashkil topgan shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan yangi tuzilishdagi trikotaj to‘qimalarini olish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikki qatlamli trikotajning yangi tuzilishlarini olish usulini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
ikki qatlamli va ikki qatlamli arqoqli trikotaj to‘qimalarining yangi tuzilishlarini olish texnologiyasi “SOFERO” MChJ da ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 29-apreldagi №03/25-907-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahsulot assortimentini kengaytirishga, sifatini yaxshilashga va xomashyo sarfini 17% ga kamaytirishga erishilgan.
Trikotaj to‘qimasi tuzilishida protyajkalar uzunligi va rapportni o‘zgartirish usuli “SOFERO” MChJ da ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 29-apreldagi №03/25-907-son ma’lumotnomasi). Natijada trikotaj to‘qimasining qalinligi oshishiga va hajmiy zichligi kamayishiga erishilgan, bazaviy namunaga nisbatan hajmiy zichlikni 12-24% ga kamayishi natijasida korxonada 1 tonna qayta ishlangan xomashyo uchun trikotaj to‘qimasi hajmiy zichligi 235,7mg/sm3 bo‘lganda kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 11,6 mln. (o‘n bir million olti yuz ming) so‘mni tashkil etgan.