Sharapova Nigora Amonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri:“ Zamonaviy ta’lim muhitida talabalarni masofaviy o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2907
Ilmiy rahbar: Samieva Shaxnoz Xikmatovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: 
Buxoro davlat texnika universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: 
Buxoro davlat texnika universiteti , PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar:
 1. Yadgarov Nodir Djalolovich pegagogika fanlari doktori(DSc), professor. (ixtisoslik shifri 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi) ;
2. Ibragimov Ulug‘bek Muradilloevich, pegagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.   (ixtisoslik shifri 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi);
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
oliy ta’lim muassasalari zamonaviy ta’lim muhitida talabalarni masofaviy o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalari zamonaviy ta’lim muhitida talabalarning axborot-kommunikatsion kompetentligi EdApp, OpenLearning, Blackboard, EasyWebinar, CourseCraft platformalari orqali moslashuvchanlik, modullilik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan;
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida talabalarni masofaviy o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirish metodikasi loyiha va case-study texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
zamonaviy ta’lim muhitida talabalarni masofaviy o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalash, case technology, person-oriented, cloud ta’lim technologiyalarini qo‘llash orqali  gipermediya, multimedia, gipermatn, ovozli video kabi shakl va vositalar samaradorligini aniqlashtirishning o‘quv-metodik ta’minot materiallari takomillashtirilgan;
oliy ta’lim  tizimini raqamlashtirish va  masofaviy ta’lim muhitida talabalarning axborot-kommunikatsion kompetentligini aniqlashga mo‘ljallangan virtual ta’lim texnologiyalari va tashxislovchi pedagogik dasturiy vositalar yordamida produktiv, qisman-izlanishli, kreativ baholash mezonlari asosida statistik tahlil qilish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalari zamonaviy ta’lim muhitida talabalarni masofaviy o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalari zamonaviy ta’lim muhitida talabalarni masofaviy o‘qitishda EdApp, OpenLearning, Blackboard, EasyWebinar, CourseCraft platformalari orqali axborot-kommunikatsion kompetentligi moslashuvchanlik, modullilik tamoyillariga oid taklif va tavsiyalar “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (O‘ROTF va I vazirligining 2024 yil 7 maydagi 149–sonli buyrug‘i, 804443-raqamli guvohnoma). Natijada texnika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida talabalarni masofaviy o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirish metodikasi loyiha va case-study texnologiyalarini qo‘llashning zamonaviy mexanizmlari “Dizayn va amaliy dasturlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘ROTF va I vazirligining 2023 yil 22 dekabridagi 537–sonli buyrug‘i, 888120-sonli guvohnoma). Natijada talabalarning fanni o‘zlashtitrish samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
zamonaviy ta’lim muhitida talabalarni masofaviy o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalash, case technology, person-oriented, cloud ta’lim technologiyalarini qo‘llash orqali  gipermediya, multimedia, gipermatn, ovozli video kabi shakl va vositalar samaradorligini aniqlashtirishning o‘quv-metodik ta’minot materiallarini ta’lim jarayoniga joriy etishga oid taklif va tavsiyalardan “Markaziy Osiyoda “BigData Intellegent Analysis” bo‘yicha o‘quv va ilmiy markazlarni tashkil qilish va kurslarni ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot  loyihasini bajarishda foydalanilgan (Buxoro muhandislik – texnologiya institutining 2024-yil 18-dekabrdagi 1-1-2-5156-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy o‘quv yurtlari zamonaviy ta’lim muhitida talabalarni masofaviy o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish