Kosimbetova Aygul Esbosinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Sag‘inbay Ibragimov asarlarining lingvopoetik tahlili”, 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3391.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pirniyazova Alima Kudiyarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Kunnazarova Sholpanay Maxsetbaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shoir Sag‘inbay Ibragimov asarlarining lingvopoetik xususiyatlarini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:    
– badiiy matnning shakliy va mazmuniy jihatlari bo‘yicha ilmiy nazariyalar o‘rganilgan. Shoir Sag‘inbay Ibragimov asarlari orqali poetik matnning tarkibiy qismi bo‘lgan poetik bayon, dialogizatsiya, allyuziya, bayon subekti, avtokommunikatsiya hodisalari tahlil qilingan;
– shoir Sag‘inbay Ibragimov asarlarining tuzilishi, o‘rin tartibi jihatidan shaxsiy individualligi e’tiborga olinib, poetik grafika, vizual poetik matn masalasi o‘rganilib, misollar orqali asoslangan;
– shoir asarlarida yangi ma’no hosil qiluvchi artemalar tahlil qilinib, ularning badiiy va uslubiy vazifasi misollar orqali lingvopoetik vazifalarni bajarishi aniqlangan;
– emotsional-ekspressiv ma’noning jahon tilshunosligida tadqiqot holati o‘rganilib, tadqiqot obektiga mos nazariyalar tanlab olingan, Sag‘inbay Ibragimov asarlari orqali badiiy matnda ijobiy va salbiy emotsional-ekspressiv ma’no yaratilish usullariga lingvistik tahlil qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot bo‘yicha olingan natijalar asosida:
shoirning o‘ziga xos uslubi, she’r tuzilishidagi o‘ziga xosligi, shoir asarlaridagi uslubiy figuralarning vazifasiga oid tahlillar Qoraqalpog‘iston telekanalining “Adabiy jurnal” ko‘rsatuvida va Qoraqalpog‘iston radiokanalining “Ma’naviyat bo‘stoni” eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2024-yil 27-sentyabrdagi 05-22/433-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni takomillashtirilgan, ilmiy dalillar bilan ta’minlangan.
Shoir asarlarida badiiy tasvir vositalarining qo‘llanilish xususiyatlarini tahlil qilish bo‘yicha nashr etilgan ilmiy maqola va tezislar Berdaq nomidagi qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida ilmiy-amaliy rejalarga oid loyihalarni bajarishda, arxiv materiallarini yig‘ishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligi Berdaq nomidagi qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2025-yil 13-yanvardagi 01-02/03-15-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada berilgan ilmiy xulosalar va takliflar adabiyot arboblariga bag‘ishlab o‘tkazilgan adabiy bayram kechalarida, ekskursiya vaqtida manba sifatida olingan.
Poetik mahorat, poetik nutq jozibadorligini ta’minlovchi intralingvistik va ekstralingvistik omillar, til birliklarining lingvopoetik imkoniyatlarini chuqur tahlil qilish muammosi azaldan tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Fanlar kesimida antropotsentrik tamoyillarning tahlili lingvopoetik tahlil doirasini ham kengaytirdi: til-ijodkor-asar-adresat munosabatining lingvopoetik tabiatini o‘rganish jarayonida lingvopoetika yo‘nalishi lingvopragmatika, lingvokulturologiya, kognitiv lingvistika, tilning emotsional-ekspressiv jihati kabi yaqin sohalar bilan hamkorlik qilishni boshladi, turli jihatlari hali nazariy va amaliy jihatdan turli tillar misolida tadqiqot saqlanib qolayotganligi isbotlangan holda yangiliklarini joriy etishda samarali foydalanilmoqda. Til va madaniyat shoir S.Ibragimov asarlari misolida muzey mehmonlariga ilmiy va nazariy bilim berdi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 25-martdagi №2-03/591-son ma’lumotnomasi).
Shoir S.Ibragimov asarlarining lingvopoetik o‘ziga xosligi  va badiiy matnda poetik hosidalarning qo‘llanilish masalasini o‘rganishda dissertatsiya ishi bo‘yicha ilmiy jurnallarda e’lon qilgan maqolalarida keltirilgan nazariy xulosalar va ilmiy tavsiyalari e’tiborga olinib, hozirgi qoraqalpoq tilida tadqiq qilishda dissertatsiyada va e’lon qilingan maqolalarda keltirilgan nazariy xulosalardan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” yo‘nalishidagi fundamental ilmiy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 19-maydagi 292/1-son ma’lumotnomasi). 
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish