Sharofutdinov Iqboljon Usmonjon o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi 
himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’limdagi raqamli transformatsiyalar sharoitida bo‘lajak pedagoglarning akmeologik kompetentligini rivojlantirish  metodikasi”, 
13.00.02 - “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped3492.
Ilmiy rahbar: Karimov Akramjon Zaynobidinovich, fizika- matematika fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Nazirova Elmira Shodmonovna, texnika fanlari doktori, professor; Qodirova Feruzaxon Usmanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’limdagi raqamli transformatsiyalar sharoitida bo‘lajak pedagoglarning akmeologik kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli transformatsiya sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarda akmeologik kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasi kasbiy intensiya, professional individuallik, muloqotga moyillik, mas’uliyat, xayrixohlik, talabchanlik, muvozanatlilik, prinsipiallik va gnostik komponentlarini akmeologik yondashuv zamirida axborot va akmeologik kompetensiyalarning integratsiyalashuv jarayonini tahlil qilish orqali raqamli ta’lim muhitiga qayta aloqali munosabatda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
mavjud faol ta’lim texnologiyalari integratsiyasining didaktik imkoniyatlari bo‘lajak pedagogning akmeshaxslikka intilish jarayoniga raqamli transformatsiyalar ta’limga taqdim etayotgan ijobiy trendlar va zamonaviy praksiologiyaning ko‘p omilli ta’sirini aniqlash orqali takomillashtirilgan; ilk bor infoakmeologik kompetentlik tushunchasi kiritilgan, infoakmeologik komptentensiyalarning mazmun-mohiyati yoritib berilgan, ularga mos akmetexnologiyalar tasniflangan, bo‘lajak pedagoglarning infoakmeologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi ishlab chiqilgan;
bo‘lajak pedagoglarning akmeologik kompetentligini rivojlantirish modeli raqamli ta’lim muhitida uzlyuksiz va mustaqil kasbiy rivojlanishning ko‘p vektorli sharoitini ta’minlashning mantiqiy (motivatsion, loyihalashtirish, funksiyali-amaliy, refleksiya va korreksiya) bosqichlarini hamda akmepedagogik ierarxiyasini real ta’limiy muhitga moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglar akmeologik kompetentligining rivojlanganligini baholash mezonlari kasbiy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan o‘quv jarayonida ta’limning pedagogik, psixologik va akmeologik vazifalari integratsiyasini ta’minlash asosida, xususan, munozarali, rivojlantiruvchi, treningli va o‘yinli akmetexnologiyalarni hamda infoakmetexnologiyalarni (axborot-akmeologik texnologiyalarni) qo‘llash orqali akmeologik-kreativ qobiliyatni shakllantirish darajalarini individual ta’lim traektoriyasiga funksional uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ta’limdagi raqamli transformatsiyalar sharoitida bo‘lajak pedagoglarning akmeologik kompetentligini rivojlantirish  metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak pedagoglarning akmeologik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik ketma-ketligini konseptual va integratsiyalashgan yondashuvlar asosida mazmuniy, texnologik-jarayoniy va diagnostik-natijaviy komponentlar uzviyligida  amalga oshirishning ierarxik tasnifini asoslashga  doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifatning 2021-2022-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida keng tatbiq etilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-son Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturining  III bandida belgilangan  «Axborot hashari» loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining  2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi III yo‘nalishiga oid oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar 10-bandi “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyati va uni amalga oshirishning ilmiy-amaliy masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-seminarini o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil  2-iyundagi 204-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi    tahlimdagi raqamli transformatsiyalar sharoitida bo‘lajak pedagoglarning akmeologik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan. 
ta’limdagi raqamli transformatsiyalar sharoitida bo‘lajak informatika o‘qituvchisining akmeologik kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi va komponentlari (tadqiqotchilik, loyihalashtirish va integratsiyalash malakalarini pedagogik-psixologik xususiyatlari) uning kasbiy kompetensiyalari bilan muvofiqligini ta’minlashga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olingan 2018-2020-yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida  bajarilgan PZ-20170929789-sonli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy-ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2092/04-son dalolatnomasi). Natijada ta’limdagi raqamli transformatsiyalar sharoitida bo‘lajak pedagoglarning akmeologik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan  interfaol metodlarni ishlab chiqish uchun xizmat qilgan.
ta’limdagi raqamli transformatsiyalar sharoitida bo‘lajak informatika o‘qituvchisining interaktiv ta’lim vositalaridan foydalanishga o‘rgatishning predmetli-didaktik shart-sharoitlari bulutli texnologiyalarga asoslangan resursli, kommunikativ, tashkiliy-boshqaruv funksiyalarni bajarilishini ta’minlash hamda didaktik differensiyaga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olingan 
2018-2020 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida  bajarilgan PZ-20170929789-sonli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy-ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2092/04-son dalolatnomasi). Natijada ta’limdagi raqamli transformatsiyalar sharoitida bo‘lajak pedagoglarning akmeologik kompetentligini pedagogik jarayonda rivojlantirishning mezonlari va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish hamda empirik baholash samaradorligi aniqlanib, bo‘lajak pedagoglarning akmeologik kompetentligini rivojlantirishga doir mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi ishlab chiqilgan. 
ta’limdagi raqamli transformatsiyalar sharoitida bo‘lajak informatika o‘qituvchisining akmeologik kompetentligini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik zaruriyati o‘quv materiallari bilan ishlash (chaqiruv, anglash, fikrlash) va amaliy faoliyat (tushunish, anglash, tahlil, baholash) tajribasini umumlashtiruvchi ta’lim metodlari va pedagogik texnologiyalardan iborat metodik apparatga birlashtirish asosida takomillashtirishga doir yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olingan 2018-2020-yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida  bajarilgan PZ-20170929789-sonli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy-ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan(Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2092/04-son dalolatnomasi). Natijada ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak pedagoglarning akmeologik kompetentligini rivojlantirish modeli va uni amalga oshirish metodikasi yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish