Sultonova Munojat Yunusovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilini o‘qitishda filologiya yo‘nalishi talabalarda korpus lingvistik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya metodikasi va nazariyasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.2.PhD/Ped3570.
Ilmiy rahbar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ahmedova Laylo Tolibjonovna, O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti, pedagogika fanlari doktori, professor; Xasanova Gulsanam Xusanovna-O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti,  pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  ingliz tilini o‘qitishda korpus lingvistik kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasining samaradorligini o‘rganish va uni filologiya yo‘nalishi talabalariga tatbiq etishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
 oliy ta’lim muassasalarida filologiya yo‘nalishi talabalarining tilshunoslik kompetentliklarini oshirishda korpus lingvistikasi orqali ingliz tilidagi kasbiy muloqotni o‘qitish mazmunining lingvodidaktik hamda psixolingvistik imkoniyatlarining tarkibiy qismlari aniqlashtirilgan; 
oliy ta’lim muassasalarida filologiya yo‘nalishi talabalarining tilshunoslik kompetentliklarini korpus lingvistikasi mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda tizimli integratsiyalashgan yondashuv asosida ingliz tilidagi  kasbiy muloqotni o‘qitishni tashkil etishning funksional aspektlari asoslangan;  
 korpus lingvistikasi orqali til bilish darajalarining faktorli tahlili hamda kasbiy layoqatlari, amaliy kasbiy bilimlarini aniqlashtirishda zamonaviy bilimlar intensivligini hisobga olish, kombinatsiyalash hamda interfaol ta’lim metodlarini mutaxassislik hamda ingliz tili fanlari bilan boyitib borish texnologiyalarini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
filologiya yo‘nalishi talabalarining tilshunoslik kompetentliklarini korpus lingvistikasi orqali til bilish darajalarining ko‘rsatkichlaridan foydalanish konsepsiyasiga asoslangan amaliy faktorli tahlili orqali ingliz tilini o‘qitishni integratsion jarayonlarini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan  taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish jarayonida amaliyotga joriy qilinadi. O‘quv dasturlari va metodik qo‘llanmalarda yangilik sifatida e’tiborga olinadi:
oliy ta’lim muassasalarida filologiya yo‘nalishi talabalarining tilshunoslik kompetentliklarini korpus lingvistikasi orqali ingliz tilidagi kasbiy muloqotni o‘qitish mazmunining lingvodidaktik hamda psixolingvistik imkoniyatlarining tarkibiy qismlariga doir takliflari “Mannual for EFL learners” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 30-dekabrdagi 537-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada ingliz tili o‘rganishda filologiya yo‘nalishi talabalarning korpus ligvistik kompetentligini rivojlantirish orqali ularni ingiz tilidagi muhim til ko‘nikmalari, jumaladan, “speaking” “writing” va so‘zlarni konteksda to‘g‘ri qo‘llashni  shakllantirish imkoni yanada oshirildi;
oliy ta’lim muassasalarida filologiya yo‘nalishi talabalarining tilshunoslik kompetentliklarini korpus lingvistikasi mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda tizimli integrasiyalashgan yondashuv asosida ingliz tilidagi kasbiy muloqotni o‘qitishni tashkil etishning funksional aspektlarini rivojlantirishga doir takliflari “Mannual for EFL learners” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 30-dekabrdagi 537-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada filologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilini o‘rganishlarida korpus lingvistikasini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
filologiya yo‘nalishi talabalarining tilshunoslik kompetentliklarini korpus lingvistikasi orqali til bilish darajalarining faktorli tahlili hamda kasbiy layoqatlari, amaliy kasbiy bilimlarini aniqlashtirish zamonaviy bilimlarning intensivligini hisobga olish, kombinatsiyalash hamda interfaol ta’lim metodlarini mutaxassislik hamda ingliz tili fanlari bilan boyitib borish texnologiyalariga doir takliflardan “Yoshlar vaqti”,  “Ochiq muloqot”,  “Biz bilgan va bilmagan olam” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 4-martdagi 44-sonli ma’lumotnomasi). Natijada filologiya yo‘nalishi talabalarining tilshunoslik kompetentliklarini korpus lingvistikasi orqali til bilish darajalarini faktorli tahlil qila olish imkoniyatlari kengaytirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish