Usmanova Komola Xikmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tili o‘qitish jarayonida mediatexnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya metodikasi va nazariyasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5204
Ilmiy rahbar: Ilxamova Iroda Nuritdinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iminaxunova Iroda Xuseynovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tili o‘qitish jarayonida mediatexnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
chet tilini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini hamda zamonaviy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda mediata’limning xorijiy tajribasini o‘rganish va mediaresurslar tarkibiy qismlarini modifikatsiya qilish;
nofilologik OTMlari boshlang‘ich kurs talabalariga ingliz tili o‘qitish jarayonida mediatexnologiyalardan foydalanish metodik tizimining hozirgi holatini tahlil qilish, darslarida mediaresurslar orqali mediamadaniyatlikni shakllantirishning uslubiy asoslari va samarali vositalarini aniqlash;
OTMlarining talabalariga ingliz tili o‘qitish jarayonida mediatexnologiyalardan foydalanishning integrativ modelini takomillashtirish va uni ingliz tili darslarida samarali amalga oshirishning didaktik vositalarini ishlab chiqish;
yaratilgan didaktik vositalarni nofilologik OTMlarida ingliz tilini o‘qitish amaliyotida sinab ko‘rish va samaradorligini baholash.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga ingliz tili o‘qitish jarayonida mediatexnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ilmiy natijalar:
nofilologik fakultetlar talabalariga chet tilini o‘qitishning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mediaresurslardan foydalanishning tarkibiy-mazmuniy komponentlariga qadriyat-semantik-inklyuziv komponentini kiritish orqali takomillashtirish, tadqiqot jarayonida chet tili darslarida mediatexnologiyalardan foydalanishda “media (reading) - media matnlar (writing) – ma’lumotni ovozli qabul qilish (listening) – muloqot (speaking) jarayonida mediama’lumotlardan foydalanish” tuzilmasi asosida to‘rt komponentli modeli takomillashtirilgan hamda mediamatnlar janrlarning o‘ziga xosligi va lingvistik qiyinchiliklarni hisobga olgan holda ingliz tili darslarida mediamadaniyatni shakllantirishning mediavositalari aniqlanganligiga oid tavsiyalardan bajarilgan “AIF 1/4-Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. Natijada axborot makonini kengaytirish va mediatexnologiyalarni rivojlantirish zamonaviy voqeliklarga mos ravishda xorijiy tillarni maxsus maqsadlar uchun o‘qitish metodikasi (ESP) takomillashtirilgani ishning amaliy natijadorligini oshirgan;
nofilologik fakultetlar talabalariga chet tilini o‘qitishning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mediaresurslardan foydalanishning tarkibiy-mazmuniy komponentlariga qadriyat-semantik-inklyuziv komponentini kiritish orqali takomillashtirishga oid takliflardan Jizzax politexnika institutida bajarilgan OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoyi-psixologik xususiyatlari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 30-sentyabrdagi 11-05-5557/07-dalolatnomasi). Natijada chet tilini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda zamonaviy shart sharoitlarini aniqlash imkonini kengaytirilgan;
chet tili darslarida mediatexlogiyaldan foydalanishda “media (reading) – media matnlar (writing) – ma’lumotni ovozli qabul qilish (listening) – muloqot (speaking) jarayonida mediama’lumotlardan foydalanish” tuzilmasi asosida to‘rt komponentli modeli takomillashtirishga oid takliflardan Jizzax politexnik institutida bajarilgan OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoyi-psixologik xususiyatlari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 30-sentyabrdagi 11-05-5557/07-dalolatnomasi). Natijada ta’lim muassasalari talabalariga ingliz tilini o‘qitish jarayonida mediatexlogiyalardan foydalanish metodik tizimining hozirgi holatini tahlil qilishga sharoit yaratilgan;
mediamatnlar janrlarning o‘ziga xosligi va lingvistik qiyinchiliklarni hisobga olgan holda ingliz tili darslarida mediamadaniyatni shakllantirishning mediavositalarini aniqlashga oid takliflardan Jizzax politexnika institutida bajarilgan OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoyi-psixologik xususiyatlari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 30-sentyabrdagi 11-05-5557/07-dalolatnomasi). Natijada talabalarning darslarida mediaresurslar orqali mediamadaniyatlikni shakllantirish samaradorligi oshgan.
Axborot makonini kengaytirish va mediatexnologiyalarni rivojlantirish zamonaviy voqeliklarga mos ravishda xorijiy tillarni maxsus maqsadlar uchun o‘qitish metodikasini hamda talabalarning ingliz tiliga asoslangan muloqot madaniyatini rivojlantirish mazmuni “mobil-elektron muloqot” tamoyili asosida mediakeyslar bazasi yaratish asosida takomillashtirishga oid takliflar Jizzax politexnika institutida bajarilgan OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoyi-psixologik xususiyatlari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 30-sentyabrdagi 11-05-5557/07-dalolatnomasi). Natijada yaratilgan didaktik vositalarni nofilologik OTMlarida ingliz tilini o‘qitish amaliyotida sinab ko‘rish va samaradorligini baholashga erishilgan.