Hojieva Ruxsora Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Rezina va plastmassa chiqindilaridan yoqilg‘i distillyatlarini olish jarayonining ilmiy-texnologik asosini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2228.
Ilmiy rahbar: Hayitov Ruslan Rustamjonovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01. 
Rasmiy opponentlar: Saydaxmedov Shamshiddinxo‘ja Muxtorovich, texnika fanlari doktori, professor; Tursunova Nargiza Samaraddinovna, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: rezina va plastmassa chiqindilaridan yoqilg‘i distillyatlarini olishning ilmiy-texnologik asosini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
termogravimetrik tahlil natijasiga asosan ishlatilgan avtomobil shinasining to‘liq destruksiyalanishi uchun maqbul harorat intervali 300-500℃, plastmassa chiqindilari uchun 400-500℃ ga tengligi ilmiy asoslangan;
ishlatilgan avtomobil shinasidan maksimal 50 % miqdorda yoqilg‘i distillyat olinishi uchun jarayonning maqbul parametrlari: harorat-400℃, vaqt-60 min., xomashyoning maydalanganlik darajasi-0,5-6 mm ga hamda plastmassa chiqindilaridan maksimal 33,63 % miqdorda yoqilg‘i distillyat olinishi uchun jarayonning maqbul parametrlari: harorat-500℃, vaqt-20 min., xomashyoning maydalanganlik darajasi-6-11 mm ga tengligi isbotlangan;
ishlatilgan avtomobil shinasi asosida olingan yoqilg‘i distillyati tarkibidagi oltingugurt miqdorini maksimum 0,07 % gacha kamaytirish uchun distillyatga konsentrlangan sulfat kislota va 10 % li natriy gidroksid eritmasi bilan ishlov berish usuli ishlab chiqilgan;
ishlatilgan avtomobil shinasi asosini tashkil qiluvchi alkadien uglevodorodlari oltingugurtli kompleks birikmalarining C-S-C, C-S-S-C va C-Sx-C bog‘lari aktivlanish energiyasiga mos ravishda 300-500℃ harorat intervalida uzulib, Dils-Alder mexanizmi bo‘yicha olefin, naften va aromatik uglevodorodlar hosil bo‘lishi ilmiy asoslangan;  
ishlatilgan avtomobil shinasi va plastmassa chiqindilari asosida yoqilg‘i distillyatini olish jarayonining texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlatilgan avtomobil shinasi va plastmassa chiqindilarini qayta ishlab, yoqilg‘i distillyatini olish jarayonining ilmiy-texnologik asosini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlatilgan avtomobil shinalari asosida yoqilg‘i distillyatlarini olish va olingan distillyatlarni oltingugurtli birikmalardan tozalash usuli «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJning “amaliyotga joriy etilsh bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2025 yil 19 martdagi 26-26/1526-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bu usulni qo‘llash orqali ishlatilgan avtomobil shinalaridan maksimum 50 % mass. gacha yoqilg‘i distillyati olingan va olingan distillyat tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,07 % mass. gacha kamaytirish imkonini beradi;
ishlatilgan avtomobil shinasi va plastmassa chiqindilarini qayta ishlab, yoqilg‘i distillyatini olish texnologiyasi «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJning “amaliyotga joriy etilsh bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2025 yil 19 martdagi 26-26/1526-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bu texnologiyada olingan yoqilg‘i distillyatini Buxoro neftni qayta ishlash zavodida motor yoqilg‘ilarini ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyoga qo‘shimcha xomashyo sifatida qo‘llash imkonini beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish