Niyozova Oyimxol Abdurasulovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo viloyati atmosfera havosi tarkibidagi  ayrim gazlar, bug‘lar va chang miqdorini fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlash va kimyoviy-ekologik baholash», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/K822.
Ilmiy rahbar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Qutlimurotova Nigora Xakimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo viloyati atmosfera havosi tarkibidagi Ch4, NO2, SO2, CO, CO2 gazlar miqdori, changning element tarkibi va miqdorini aniqlashning fizik-kimyoviy usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atmosfera havosi tarkibidagi Ch4, NO2, SO2, CO, CO2 gazlar va changing element tarkibini aniqlashning spektrofotometrik, rentgen-fluoressent usullari ishlab chiqilgan;
atmosfera havosi tarkibidagi Ch4, NO2, SO2, CO, CO2 gazlar va chang tarkibidagi elementlarni suvli eritmalardan miqdoriy aniqlashning spektrofotometrik usulining maqbul sharoitlari aniqlangan;
atmosfera havosi tarkibidagi gazlar miqdorini spektrofotometrik usulda aniqlashda eritma muhiti (pH) va miqdori CO2-2.1 mg/m3, Ch4 -0.07 mg/m3, CO-4.21 mg/m3, NO2-0.097 mg/m3, SO2-0.1 mg/m3 bo‘lishi isbotlangan;
atmosfera havosi tarkibidagi Ch4, NO2, SO2, CO, CO2 gazlar va chang tarkibidagi elementlarni ishlab chiqilgan usullar bilan qayta takrorlanuvchanligi “kiritildi-topildi” uslubi yordamida aniqlangan;
Ishlab chiqilgan usullar yordamida metrologik baholashning to‘g‘riligi va takrorlanuvchanligi ishlab chiqildi, atmosfera havosi tarkibidagi gazlar va changning pastki aniqlash chegarasi aniqlandi hamda gazlar va changning ko‘chish qonunyatlari aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo atmosfera havosi tarkibidagi Ch4, NO2, SO2, CO, CO2 gazlar va changlar ionlarini aniqlashning spektrofotometrik, rentgen-fluoressent usulini ishlab chiqarish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Surxondaryo atmosfera havosi tarkibidagi Ch4, NO2, SO2, CO, CO2 gazlar va changlar ionlarini aniqlashning ishlab chiqilgan spektrofotometrik usuli “Petromaruz Uzbekistan” MChJ xorijiy korxonasida ishlab chiqarish jarayonida xosil bo‘lgan gazlar miqdorini aniqlashda qo‘llanilgan (“Petromaruz Uzbekistan” MChJ xorijiy korxonasining 2025 yil 23 iyundagi EKO-I-TB-263-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan spektrofotometrik usul atmosfera havosi tarkibidagi ayrim gazlar miqdorini aniqlash imkonini bergan;
Surxondaryo viloyati atmosfera havosi namunalari tarkibidan NO2, SO2 gazlari miqdorini aniqlashning spektrofotometrik usuli “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJ xorijiy korxonasining sinov laboratoriyasida ushbu gazlar miqdorini aniqlashda amaliyotda joriy qilingan (“Petromaruz Uzbekistan” MChJ xorijiy korxonasining 2025 yil 23 iyundagi EKO-I-TB-263-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, atmosfera havosidagi NO2, SO2 gazlari miqdorini aniqlash samaradorligini 10-12% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish