Teshaeva Ruxsora Bahodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shahar hududlarini seysmik mikrorayonlashtirish uchun seysmogrunt sharoitlar modellarini ishlab chiqish», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PHD/GM214.
Ilmiy rahbar: Ismailov Vaxitxan Alixanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» DM, DSc.24/30.12.2019.GM.96.01.
Rasmiy opponentlar: Kayumov Abdubaki Djalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Mingboev Qodirjon Ro‘zimovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli muhandislik-geologik sharoitlarda, seysmogrunt modellarini ishlab chiqish asosida, grunt qatlamlaridagi seysmik tebranishlar parametrlarining o‘zgarishi xususiyatlarini aniqlash va ularni shahar hududlarini seysmik mikrorayonlashtirishda (SMR) amaliy qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gruntlarning turlari, qatlamlarning soni va qalinligi, qatlamlarning fizik va seysmik xususiyatlarini hisobga olgan holda, shahar hududlarida seysmik jadallikning namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlangan;
seymogrunt modellarini ifodalovchi, hamda seysmik jadallik orttirmasiga ta’sir qiluvchi seysmik tebranish ko‘rsatkichlari aniqlangan;
seysmogrunt modellari asosida seysmik tebranishlarning amplituda - chastota ko‘rsatkichlari bilan seysmik qattiqlik o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik aniqlandi, hamda rezonans xususiyatlariga bog‘liq holda seysmik jadallik orttirmasining miqdoriy o‘zgarishi aniqlangan;
Toshkent, Nurafshon va Chirchiq shaharlari uchun ishlab chiqilgan seysmogrunt modellaridan foydalanib, turli grunt sharoitlarida yuzaga keladigan gruntlarning dinamiklik koeffisientini hududiy o‘zgarishi hamda ular asosida seysmik jadallik orttirmasini baholash uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish maydonlari va shaharlarning seysmikligini baholashda olingan ilmiy natijalar asosida:
aniqlangan grunt turlari, qatlamlarning soni va qalinligi, qatlamlarning fizik va seysmik xususiyatlari, shuningdek, grunt qatlamlari tebranishlarining amplituda-chastota xususiyatlari kabi muhandislik-geologik sharoit ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda, shaharlar hududida seysmik jadallikning namoyon bo‘lish xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 15 yanvardagi 20-06/498-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shahar hududining seysmik jadalligi o‘zgarish hususiyatlarini samarali baholash uchun foydalanish imkonini bergan;
seysmogrunt modellarini tavsiflovchi, seysmik jadallikga ta’sir qiluvchi, seysmik tebranish ko‘rsatkichlarini (Vs30, ∆I, PGA, b, ρ30) tanlashga asoslangan parametrlar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 15 yanvardagi 20-06/498-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, seysmogrunt modellarining tarkibiy parametrlarini tanlash imkonini bergan;
seysmogrunt sharoit modellari uchun grunt qatlamlarining seysmik reaksiyada rezonans chastotali xususiyatlarini seysmik jadallikka ta’sirini baholash modellari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 15 yanvardagi 20-06/498-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gruntlarning rezonans chastota xususiyatlarini o‘zida saqlovchi dinamiklik koeffisientini seysmik qattiqlik parametri orqali aniqlash imkonini bergan;
O‘zbekiston shaharlari hududi uchun tuzilgan seysmogrunt modellarining umumiy katalogi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 15 yanvardagi 20-06/498-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 18 ta shahar hududining seysmogrunt sharoitlari modellarini ishlab chiqishdan olingan natijalari qurilish obektlari hududining seysmikligini tavsiflashda aniqlilik darajasini oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan seysmogrunt modellari asosida qurilish maydonlarida seysmik jadallik orttirmasini baholashning takomillashtirilgan metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 15 yanvardagi 20-06/498-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent shahri hududining seysmik mikrorayonlashtirish xaritasining muqobilini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.