Turdiev Hayotbek Ergashboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Shnekli mayda iflosliklardan tozalagichni takomillashtirish orqali tozalash samaradorligini oshirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4482
Ilmiy rahbar: Tuychiev Timur Ortikovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Mo‘minov Mansurbek Rahimovich, texnika fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mayda iflosliklardan tozalovchi uskunaning qoziqchali shneklarini takomillashtirgan holda tozalash samaradorlikni oshirish va paxta tolalarini eshilishini kamaytirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qoziqchali shnek perosining ikki tomoniga qoziqchalarni 450 burchak ostida joylashtirgan holda takomillashtirilgan mayda iflosliklardan tozalash uskunasi ishlab chiqilgan;
mayda iflosliklarni ajratuvchi shnekli tozalagich ishchi kamerasida paxta bo’laklarining harakat traektoriyasini tahlili asosida paxta tolasini eshilish darajasini kamaytirish imkoniyatini beruvchi qoziqchalarning og‘ish burchaklari aniqlangan;
deformatsiyalanadigan paxta bo‘lakchasining tekis yuza bilan o‘zaro ta’sir modeli asosida tozalagichning tozalash samaradorligini oshirish imkoniyatini beruvchi qoziqchali shnek ishlab chiqilgan;
paxta bo‘laklari tarkibidagi iflosliklar harakatining fazoviy traektoriyasi qurilib, qoziqchali shnekli tozalagichda ifloslikning ajralish jarayonining modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani mayda iflosliklardan tozalash uskunasining takomillashtirilgan konstruksiyasini qo‘llash orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta bo’lakchalarini eshilishini kamaytirish hisobiga mayda iflosliklardan tozalash samaradorligi yuqori bo‘lgan tozalovchi mashinaning takomillashtirilgan konstruksiyasi Farg‘ona viloyati “Kosta line holding” MChJ ga qarashli “Rishton paxta tozalash” korxonasiga joriy qilingan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 9 sentyabrdagi 03/25-2445-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tozalash samardorligi 8,3 % ga oshirishga erishilgan hamda korxonada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 273 mln 480 ming 927 (ikki yuz etmish uch million to‘rt yuz sakson ming to‘qqiz yuz yigirma etti) so‘mni tashkil qilgan.
Paxta tolasini eshilish darajasini kamaytirish imkoniyatini beruvchi mayda iflosliklarni ajratuvchi shnekli tozalagich ishchi kamerasida paxta bo’laklarining harakat traektoriyasini tahliliy natijalari “Rishton paxta tozalash” korxonasiga joriy qilingan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024-yil 9-sentyabrdagi 03/25-2445 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, eshilgan paxta bo’lakchalari miqdorini 2,5 martagacha kamaytishirishga erishilgan.