Muxamedova Zuxraxon Kazimovnaning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kon-metallurgiya kombinati ishchilarining maxsus kiyimlarini himoya xususiyatlarini oshirish” mavzusidagi 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5130
Ilmiy rahbar: Kasimova Aziza Baxodirovna, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nigmatova Fotima Usmanovna,  texnika fanlari doktori, professor; Nabidjanova Nargiza Nasimjanova texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kon-metallurgiya kombinat ishchilari mehnat sharoitidagi xavfli va zararli ta’sirlardan samarali himoya qiluvchi hamda uning ishonchliligini ta’minlovchi maxsus kiyimni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    kon-metallurgiya kombinatining mehnat sharoiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini tahlil qilish asosida quyish sexi ishchilari uchun maxsus kiyimga qo‘yiladigan talablar tizimlashtirilgan;
    maxsus kiyimning himoya ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun qaynoq suyuq metall zarrachalarining maxsus kiyim uchastkasi bo‘ylab harakatini ifodalovchi analitik bog‘lanish ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra zarrachaning harorati va kiyim sirtida ushlanib qolish ehtimoli charm matosi sirtida kamayishi isbotlangan;
    kon-metallurgiya kombinat ishchilarining maxsus kiyimi ekspluatatsion va himoya (olovbardosh) xususiyatlarini oshirish imkonini beruvchi ikkilamchi charm materialidan maxsus old kiyim ishlab chiqilgan;
    kon-metallurgiya kombinat ishchilarining harakat dinamikasini (ergonomik moslikni) tahlil qilish asosida himoya kostyumining ratsional konstruktiv-texnologik echimlari ishlab chiqilgan.
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kon-metallurgiya kombinat ishchilari uchun maxsus kiyimlarning himoya vazifasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida: kon-metallurgiya ishchilari uchun taklif etilayotgan maxsus kiyim komplektining konstruktiv xujjatlar paketi respublikamizdagi tikuvchilik korxonalarida, jumladan, “Art Print and Textile” MChJ, “NUR-TEX” MChJ, shuningdek, yakka tadbirkor D.V.Xudoyberdiev korxonalarida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 22 maydagi № 03/25-1070-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kon-metallurgiya kombinat ishchilari uchun qulay va iqtisodiy jihatdan maqbul maxsus kiyim komplekti ishlab chiqilgan hamda rentabelligi 25% ga oshirish imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish