Turaxujaeva Nilufar Nazirjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Maxsus trikotaj mahsulotlari texnologiyasini takomillashtirish va assortimentini kengaytirish”. 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4919
Ilmiy rahbar: Xanxadjaeva Nilufar Rahimovna, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Alieva Dilbar Ganievna, texnika fanlari doktori, professor; Allaniyazov G‘ulomjon Sherniyazovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mashina imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yuqori mustahkamlikka ega va olovbardosh kimyoviy iplardan foydalanib maxsus xossali mahsulotlar uchun mo‘ljallangan trikotaj olish texnologiyasini takomillashtirish va assortimentni kengaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuqori mustahkamlikka ega va olovbardosh kimyoviy tolalardan tarkib topgan yuqori molekulyar polietilen birikmali hamda para-aramid sintetik iplar asosida ikki ignadonli yassi fang mashinalarida trikotaj mato toʻqish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
olingan maxsus trikotaj matolarining mustahkamlik xususiyatlari hamda para-aramid ipidan tayyorlangan va olovbardoshlilik ishlovi berilmagan trikotaj namunalari qiyin yonuvchi materiallar xususiyatiga ega ekani ilk bor aniqlangan;
maxsus trikotaj matolarining mexanik xususiyatlarini aniqlashga moslashtirilgan trikotaj halqalariga gorizontal va vertikal cho‘zuvchi kuchlarining ta’siri natijasida hosil boʻladigan taranglik kuchlarini aniqlaydigan matematik model olingan;
yuqori mustahkamlikka ega va olovbardosh trikotaj matolari uchun halqa ipi uzunligi, gorizontal bo‘yicha zichlik, halqa qadami koʻrsatkichlariga regression matematik model yordamida ratsional qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Trikotaj mashinalarida yuqori texnologiyali kimyoviy iplardan foydalangan holda maxsus trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Yuqori molekyulyar polietilen birikmali kimyoviy iplardan foydalanib yangi turdagi maxsus trikotaj mahsulotlari uchun trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasi “OSIYo FAROVON LIDER” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ma’lumotnomasi №03/25-1018, 14.05.2025 y.). Natijada trikotaj-to‘quv mashinasida xomashyo sarfi kam va sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan trikotaj to‘qima variantlarini ishlab chiqarilgan hamda joriy etish natijasida 1000 m2 mato ishlab chiqarishda (704,3 kg) xomashyo sarfi hisobiga kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 2 502 500 so‘mni tashkil etgan.
Para-aramid ipidan foydalanib, asos, hosilaviy va aralash to‘qimalardan olingan maxsus trikotajning yangi assortimenti “RIVIERA TEXTILE” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ma’lumotnomasi №03/25-1018, 14.05.2025 y.). Natijada trikotaj-to‘quv mashinasida xomashyo sarfi kam va sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarishga joriy qilish natijasida 1000 m2 mato ishlab chiqarishda (422 kg) xomashyo sarfi hisobiga kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 18 315 900 so‘mni tashkil etgan.