Bozorov Suxrob Baxodirovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘ng tomondan senzurlanishli sxemalarda taqsimot va zichlik funksiyalarining yadroviy baholarini matematik modellashtirish”, 05.01.07– Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/FM1165.
Ilmiy rahbar: Abdushukurov Abduraxim Axmedovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/03.06.2023.FM/T.73.08 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Maxmatjon Uktamovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Muradov Rustam Sobitxonovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. To‘liq bo‘lgan va o‘ng tomondan tasodifiy senzurlanishli sxemada silliqlangan yadroviy baholar yordamida umr davomiyligi funksiyasi, zichlik funksiyasi, tavakkallik funksiyalarini statistik baholash algoritimlarini ishlab chiqish, baholarni qurish, asimptotik xossalarini tasdiqlash, hamda turli statistik sonli usullar yordamida tekshirish dasturlarini tuzishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tavakkalliklar nisbati funksiyasi uchun yangi yadroviy silliqlangan baho olingan;
umr davomiyligi funksiyasi uchun yangi yadroviy silliqlangan taqsimot funksiyasining bahosi olingan;
taqsimot funksiyasining bahosi mavjud bo‘lgan eksponensial, ko‘paytma va darajali baholarga nisbatan samaradorligi ko‘rsatilgan;
o‘ng tomondan tasodifiy senzurlanish modelida silliqlangan darajadagi tavakkalliklar nisbati bahosini o‘rniga qo‘yish orqali yangi zichlik bahosi olingan, uning xossalari isbotlangan;
o‘ng tomondan tasodifiy senzurlanish modelida silliqlangan darajadagi tavakkalliklar nisbati bahosi yordamida yangi zichlikning gistagramma bahosi olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘ng tomondan senzurlanishli sxemalarda taqsimot va zichlik funksiyalarining yadroviy baholari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Ushbu dissertatsiya ishida olingan imiy natijalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMUda amalga oshirilgan F4-40 raqamli “O‘lchovlik funksiyalar sinfida indekslangan integral empirik protsesslarning asimptotik xossalarini tadqiq etish” fundamental loyihasida foydalanilgan (2024-yil 17-iyul, 04/11-5654-sonli ma’lumotnoma). Natijada to‘liq bo‘lmagan tanlanmalar (umr davomiyligi, texnik qurilmaning buzilishlarsiz ishlash vaqti) yordamida taqsimot funksiyasini baholash va ushbu baho yordamida taqsimot funksiyalar oilasi haqidagi kriteriylarni tekshirish imkonini bergan;
O‘ng tomondan tasodifiy senzurlanishli modeldan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida amaliyotga joriy qilingan (2024-yil 17-iyuldagi 01/1-04-10-16-sonli buyrug‘i). Bunda Python dasturlash tili yordamida qurilgan modellardan foydalanilgan. Ilimiy natijalarning qo‘llanishi uy xo‘jaliklari xarajatlarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlanma kuzatuvlarda ishtirok etishi lozim bo‘lgan uy xojaliklarini ixtiyoriylik tamoyili asosida tanlab olishda milliy hisoblar ko‘rsatkichlarini statistik tahlil qilish imkonini bergan.