Kurbanova Aziza Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Harbiy xizmatchilarda dorsopatiyani shakllanishi, erta aniqlash va oldini olishni takomillashtirish xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3808.
Ilmiy rahbar: Xakimova Soxiba Ziyadulloevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Mirdjuraev Elbek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxkamova Nargiza Utkurovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
harbiy xizmatchilarda dorsopatiyani shakllanishini o‘rganish, erta aniqlash, oldini olishni va diagnostikasiga to‘g‘ri yondashib samarali davolash usullarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
harbiy xizmatchilar orasida motoo‘qchi, tank va havo-desant bo‘linmalarida uchraydigan dorsopatiyalarning shakllanish omillari, surunkali og‘riq sindromining klinik-nevrologik xususiyatlari hamda patogenezining asosiy mexanizmlari chuqur o‘rganilgan, ularning erta tashxis qo‘yish imkoniyatlari va klinik jihatdan muhim bo‘lgan o‘zaro farqlovchi belgilarini aniqlash usullari zamonaviy diagnostik talablar va klinik mezonlar asosida takomillashtirilgan;
dorsopatiya tashxisi qo‘yilgan harbiy xizmatchilarda qon bioximik va serologik tahlillari elektrolitlar muvozanatining buzilishi va yallig‘lanish biomarkerlarining faollashganligini namoyon qilgan, ushbu o‘zgarishlar metabolik gomeostazning izdan chiqishi va neyromuskulyar to‘qimalarda distrofik-iltihobiy jarayonlarning shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lib, dorsopatiya patogenezida mazkur omillarning muhim rol o‘ynashi ilmiy jihatdan asoslangan;
harbiy xizmatchilarda kuzatiladigan dorsopatiyani davolashda etiotrop va patogenetik yo‘naltirilgan kompleks terapiya - Etorikoksib, parenteral Xondrogard va individual reabilitatsion jismoniy mashqlar majmuasini qo‘llash - yallig‘lanish mediatorlarining faollashishi, elektrolit disbalansi va neyromuskulyar to‘qimalardagi trofik o‘zgarishlar bilan bog‘liq patogenetik mexanizmlarga maqsadli ta’sir ko‘rsatgan, og‘riq sindromini kamaytirish, yallig‘lanish biomarkerlarini me’yorlashtirish va harakat funksiyalarini yaxshilashda yuqori klinik samaradorligi aniqlangan;
maxsus bo‘linmalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarda dorsopatiyalarning oldini olish va samarali davolash maqsadida, ushbu patologiyaning patogeneziga asoslangan, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan maqbul, yangicha multidissiplinar profilaktik va terapevtik strategiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha yagona xulosa 2025 yil 15 fevraldagi 12/17-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: harbiy xizmatchilarning motoo‘qchi, tank va havo desant bo‘linmalarida uchraydigan dorsopatiyani shakllanishi, surunkali og‘riq sindromining klinik-nevrologik xususiyatlari hamda patogenetik mexanizmlari o‘rganilib, uni erta aniqlash usullari va ular orasidagi o‘zaro xos jihatlari takomillashtirilgan. Bu bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024-yil 25-dekabrdagi 5-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “Harbiy xizmatchilarda dorsopatiyani shakllanishi, erta aniqlash va oldini olishni takomillashtirish xususiyatlari” va “Harbiy xizmatchilarda dorsopatiyani shakllanishi, erta aniqlash va oldini olishni, diagnostikasini takomillashtirish xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu bo‘yicha Farg‘ona harbiy gospitali amaliyotiga 06.01.2025 yildagi №25, №26 buyruqlari va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga 18.01.2025 yildagi №49, №50 buyruqlari bilan amalitga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 15.02.2025 yildagi 12/17-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: harbiy xizmatchilarda maxsus bo‘linmalariga (motoo‘qchi, tank va havo-desant) xos dorsopatiyasida shakllantirilgan differensial diagnostika mezonlari asosida surunkali og‘riq sindromining klinik-nevrologik xususiyatlari baholanib, uning patogenetik bog‘liqlik mexanizmlarini inobatga olgan holda maqsadli profilaktika va reabilitatsiya choralari ishlab chiqildi. Bu esa harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish va mehnat qobiliyatini uzoq muddat saqlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik: maqsadli profilaktika va reabilitatsiya choralari bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolanish muddati 5 kundan 3 kungacha qisqarishi, bundan tashqari, barcha laborator tekshiruvlarning umumiy qiymati 25% gacha qisqarishini hamda 3215530 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilindi. Xulosa: harbiy xizmatchilarni har olti oyda bir marotaba kompleks tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish – dorsopatiyani erta aniqlash va profilaktika qilishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, bemorlarning shikoyatlari, to‘liq anamnez yig‘ish va klinik holatini baholash va harbiy xizmatchilarni xizmat o‘tayotgan bo‘linmalarining xususiyatlari (o‘ziga xos maxsus yuklamalari) ni hisobga olgan holda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va laborator tekshiruvlarga qo‘shimcha ravishda instrumental tekshiruvlardan ham o‘tkazish harbiy xizmatchilarda dorsopatiyani erta aniqlashda samaradorligi qayd etilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: dorsopatiya tashxisi qo‘yilgan maxsus bo‘linmalardagi harbiylarda qonda Ca (≤2.1 mmol`/l), K (≤3.5 mmol`/l), Mg (≤0.65 mmol`/l) va Na (≤136 mmol`/l) miqdorining pasayishi, shuningdek S-reaktiv oqsil (>10 mg/l), S-reaktiv faktor (>8 ME/ml) va ASLO (>200 ME/ml) darajalarining oshishi aniqlangan bo‘lib, ularning metabolik disbalans va neyromuskulyar o‘zgarishlar bilan patogenetik bog‘liqligi tasdiqlangan. Bu bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024-yil 25-dekabrdagi 5-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “Harbiy xizmatchilarda dorsopatiyani shakllanishi, erta aniqlash va oldini olishni takomillashtirish xususiyatlari” va “Harbiy xizmatchilarda dorsopatiyani shakllanishi, erta aniqlash va oldini olishni, diagnostikasini takomillashtirish xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu bo‘yicha Farg‘ona harbiy gospitali amaliyotiga 06.01.2025 yildagi №25, №26 buyruqlari va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga 18.01.2025 yildagi №49, №50 buyruqlari bilan amalitga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 15.02.2025 yildagi 12/17-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: harbiy xizmatchilarning maxsus bo‘linmalariga xos dorsopatiyada elektrolitlar (Ca, K, Mg, Na) disbalansi va yallig‘lanish markerlarining (S-reaktiv oqsil, S-reaktiv faktor, ASLO) oshishi aniqlanib, ushbu biomarkerlar dorsopatiyani erta aniqlash, klinik baholash va maqsadli terapiyani shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorlik: maqsadli terapiyani shakllantirish usullaridan foydalanish natijasida ijobiy natijalar 1,5 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5259400 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Bel radikulopatiyasi umurtqa pog‘onasining L5 va S1 nerv ildizlari shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, og‘riq, harakat funksiyasining buzilishi va periferik nervlardagi o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi. 
uchinchi ilmiy yangilik: harbiylarga xos dorsopatiyada etiotrop va patogenetik davolash usullari baholanganda, Etorikoksib (90–120 mg/k), Xondrogard (100 mg/ml, v/m) va maxsus moslashtirilgan davolovchi jismoniy mashqlar to‘plami og‘riq sindromini kamaytirish, qon biomarkerlarini me’yorlashtirish va harakat faoliyatini yaxshilashda yuqori samaradorligi aniqlangan. Bu bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024-yil 25-dekabrdagi 5-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “Harbiy xizmatchilarda dorsopatiyani shakllanishi, erta aniqlash va oldini olishni takomillashtirish xususiyatlari” va “Harbiy xizmatchilarda dorsopatiyani shakllanishi, erta aniqlash va oldini olishni, diagnostikasini takomillashtirish xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu bo‘yicha Farg‘ona harbiy gospitali amaliyotiga 06.01.2025 yildagi №25, №26 buyruqlari va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga 18.01.2025 yildagi №49, №50 buyruqlari bilan amalitga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 15.02.2025 yildagi 12/17-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: harbiy xizmatchilarda maxsus bo‘linmalariga xos dorsopatiyada Etorikoksib, Xondrogard va maxsus davolovchi jismoniy mashqlar kasallikni kompleks davolashda klinik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, og‘riq sindromini kamaytirish, qon biomarkerlarini me’yorlashtirish va harakat faoliyatini yaxshilashda samarali ekanligi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorlik: jismoniy mashqlar to‘plamining qo‘llanilishi og‘riq sindromini kamaytirish bilan (50-70%) iqtisodiy samaradorlikni berdi. Xulosa: Harbiy xizmatchilarning maxsus bo‘linmalari (motoo‘qchi, tank va havo-desant) uchun xos bo‘lgan dorsopatiyalarda har bir guruhga moslashtirilgan maxsus davolovchi jismoniy mashqlar to‘plami ishlab chiqildi. Natijada, og‘riq sindromini kamaytirish, harakat faoliyatini yaxshilashda yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: maxsus bo‘linmalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarda dorsopatiyalarning oldini olish va samarali davolash maqsadida, ushbu patologiyaning patogeneziga asoslangan, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan maqbul, yangicha multidissiplinar profilaktik va terapevtik strategiya ishlab chiqilgan. Bu bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024-yil 25-dekabrdagi 5-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “Harbiy xizmatchilarda dorsopatiyani shakllanishi, erta aniqlash va oldini olishni takomillashtirish xususiyatlari” va “Harbiy xizmatchilarda dorsopatiyani shakllanishi, erta aniqlash va oldini olishni, diagnostikasini takomillashtirish xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu bo‘yicha Farg‘ona harbiy gospitali amaliyotiga 06.01.2025 yildagi №25, №26 buyruqlari va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga 18.01.2025 yildagi №49, №50 buyruqlari bilan amalitga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 15.02.2025 yildagi 12/17-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: harbiy xizmatchilarning maxsus bo‘linmalariga xos dorsopatiyani oldini olish va davolash bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan maqbul tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu tavsiyalar dorsopatiyaning patogenetik mexanizmlarini inobatga olgan holda profilaktika, erta diagnostika va kompleks terapiya choralarini o‘z ichiga oladi. Taklif etilgan yondashuvlar kasallikning davomiyligini kamaytirish, xizmat qobiliyatini saqlab qolish va davolash samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, tavsiyalarning amaliy tatbiqi davolash xarajatlarini kamaytirish va harbiy xizmatchilarning mehnat unumdorligini uzoq muddat saqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4156430 so‘m sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 30% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: Bel umurtqalari radikulopatiyasida surunkali og‘riq sindromining qo‘zg‘alish davrida standart davo muolajalariga qo‘shimcha ravishda Etorikoksib (30 mg) – nosteroid yallig‘lanishga qarshi (NYaQ) preparat va Xondrogard (100 mg/ml, v/m) – xondroprotektor preparatlarini qo‘llash samaradorligi klinik jihatdan baholandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish