Sadirxodjaeva Azizaxon Alavitdinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “1-turdagi qandli diabetli bolalarda kardiovaskulyar buzilishlar: o‘tkazilgan COVID-19 infeksiyasidan keyin erta tashxislash va kechish xususiyatlari”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2024.2.DSc/Tib1041.
Ilmiy maslahatchi: Ashurova Dilfuza Tashpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent peditriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori professor; Muratova Shaxlo Taxirjanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan bolalarda COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgandan so‘ng yurak-qon tomir buzilishlarining klinik va diagnostik xususiyatlarini baholash, ularning kechishi va erta tashxislash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 infeksiyasidan so‘ng kasallikning og‘irlik darajasidan qat’iy nazar, qandli diabetning 1-turi bilan kasallangan bolalarda yurak-qon tomir buzilishlari (11,0%, RR=5,1, p<0,05) va diabetik kardial avtonom neyropatiya (29,1%, RR=4,9, p<0,05) bilan kechganligi yuqori bo‘lgan lipidlarning aterogen fraksiyalari (XS, TG, PZLP) fibrinogen darajasi va immunitetning hujayraviy va gumoral bo‘g‘inlarining nomutanosibligi fonida kasallikning davomiyligi va glikemik nazorat bilan bog‘liqligi isbotlangan;
1-tur QD bilan kasallangan bolalarda COVID-19 infeksiyasidan so‘ng diabetik kardial avtonom neyropatiya vegetativ asab tizimining chuqur disfunksiyasi bilan tavsiflanganligi: tunda yurak urish tezligining etarli darajada pasaymasligi, qorincha aritmiyalari chastotasining 0,50 gacha (p<0,05) va o‘rtacha yurak urish tezligining 84,0 zarba/daqiqagacha (p<0,05) oshishi, LF quvvatining pasayishi va LF/HF nisbatidagi salbiy farqlar, simpato-parasimpatik disbalans fonida yurak-qon tomir kasalliklari xavfining oshishiga olib kelishi isbotlangan;
COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan, 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan bolalarda surunkali yurak etishmovchiligining klinik belgilari bo‘lmagan holatda, spekl-treking exokardiografiya (STE) yordamida baholangan global bo‘ylama deformatsiya (GLS) ko‘rsatkichlarining -20% va -18,37% dan past bo‘lishi chap qorinchaning subklinik sistolik disfunksiyasining ishonchli erta belgilari (AUC=0,984, p<0,001, OR=2,2 ekanligi isbotlangan;
tizimli yallig‘lanish javobi sindromida yallig‘lanishga qarshi jarayonning kompensator faollashuvi fonida qon tomir endotelial o‘sish omili (VEGF, AUC=0,979, p<0,001), fibrinogen (AUC=0,895, p<0,001) va D-dimer (AUC=0,984, p<0,001) darajalarining oshganligi endotelial disfunksiya va organizm qon tomiri shikastlanishiga bo‘lgan kompensator javobini aks ettirib, IL-1 (IL-1, AUC=0,939, p<0,001), IL-17 (IL-17, AUC=0,884, p<0,001), IL-10 (IL-10, AUC=0,957, p<0,001) hamda o‘smalar nekrozi omili alfa (TNF-α, AUC=0,922, p<0,001) kabi markerlarning yuqori qiymatlari qayd etilganligi isbotlangan;
COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan 1-tur qandli diabetli bolalarda yurak-qon tomir buzilishlari va diabetik kardial avtonom neyropatiyani erta tashxislash uchun yurak morfometrik ko‘rsatkichlari, yurak ritmi o‘zgaruvchanligi, kardiomiotsitlar shikastlanishi biomarkerlari va endotelial disfunksiyaning aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
1-tur qandli diabet bilan kasallangan bolalarda yurak-qon tomir kasalliklarining klinik-diagnostik xususiyatlarini aniqlash, erta tashxislash mezonini ishlab chiqish va COVID-19 infeksiyasidan keyin kasallikning kechishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasidan so‘ng kasallikning og‘irlik darajasidan qat’iy nazar, qandli diabetning 1-turi bilan kasallangan bolalarda yurak-qon tomir buzilishlari (11,0%, RR=5,1, p<0,05) va diabetik kardial avtonom neyropatiya (29,1%, RR=4,9, p<0,05) bilan kechganligi yuqori bo‘lgan lipidlarning aterogen fraksiyalari (XS, TG, PZLP) fibrinogen darajasi va immunitetning hujayraviy va gumoral bo‘g‘inlarining nomutanosibligi fonida kasallikning davomiyligi va glikemik nazorat bilan bog‘liqligining isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtirilgan ekspert Kengashi tomonidan 01.05.2024 yilda 03/274 va 03/275 sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan “Rannyaya diagnostika serdechnoy nedostatochnosti u detey s saxarnim diabetom 1-tipa posle perenesennoy COVID-19 infeksii” va “Immunologicheskie osobennosti endotelial`noy disfunksii u detey s saxarnim diabetom 1- tipa perenyosshix COVID-19 infeksiyu” nomli uslubiy tavsiyanomalarda aks ettirilgan va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasining 04.07.2024-yildagi 02/2255-son va 02/2256-son, Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 20.05.2024-yildagi 166 va 167-sonli buyruqlari va akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialiga 14.08.2024-yildagi 58-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 25.04.2025-yildagi 16/02-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasidan keyin QD1 bilan kasallangan bolalarda KVBni erta aniqlash o‘z vaqtida profilaktika va davolashni boshlash imkonini beradi, bu esa patologiyalarning rivojlanish xavfini kamaytiradi, prognozni yaxshilaydi va sog‘liqni saqlash tizimiga yuklamani kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasidan keyin 1-tur QD bilan kasallangan bolalarda yurak-qon tomir kasalliklarini erta tashxislash mezonining klinik amaliyotga joriy etilishi bir nafar bemor uchun 10 kun shifoxonada davolanishiga 3820000 so‘mni tejashga erishilgan. Xulosa: COVID-19 infeksiyasidan keyin QD1 KVB bilan kasallangan bir nafar bemor hisobiga 10 kun shifoxonada davolanishi uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 3820000 so‘mga 1 kun davolanishi uchun 382000 so‘mni iqtisod qilishga imkon bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: 1-tur QD bilan kasallangan bolalarda COVID-19 infeksiyasidan so‘ng diabetik kardial avtonom neyropatiya vegetativ asab tizimining chuqur disfunksiyasi bilan tavsiflanganligi: tunda yurak urish tezligining etarli darajada pasaymasligi, qorincha aritmiyalari chastotasining 0,50 gacha (p<0,05) va o‘rtacha yurak urish tezligining 84,0 zarba/daqiqagacha (p<0,05) oshishi, LF quvvatining pasayishi va LF/HF nisbatidagi salbiy farqlar, simpato-parasimpatik disbalans fonida yurak-qon tomir kasalliklari xavfining oshishiga olib kelishinining isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtirilgan ekspert Kengashi tomonidan 01.05.2024 yilda 03/274 va 03/275 sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan “Rannyaya diagnostika serdechnoy nedostatochnosti u detey s saxarnim diabetom 1-tipa posle perenesennoy COVID-19 infeksii” va “Immunologicheskie osobennosti endotelial`noy disfunksii u detey s saxarnim diabetom 1-tipa perenyosshix COVID-19 infeksiyu” nomli uslubiy tavsiyanomalarda aks ettirilgan va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasining 04.07.2024-yildagi 02/2255-son va 02/2256-son, Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 20.05.2024-yildagi 166 va 167-sonli buyruqlari va akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialiga 14.08.2024-yildagi 58-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 25.04.2025-yildagi 16/02-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan qandli diabetning 1-turi bilan kasallangan bolalarda diabetik kardial avtonom neyropatiya vegetativ asab tizimining yaqqol disfunksiyasi bilan namoyon bo‘lishi aniqlandi, bu tunda yurak urish tezligining pasayishi, qorincha aritmiyalari sonining ko‘payishi va vegetativ indekslarning (LF/HF) o‘zgarishi bilan birga keladi. Ushbu o‘zgarishlarni erta bosqichda aniqlash yurak-qon tomir asoratlarining oldini olishni o‘z vaqtida amalga oshirish, to‘satdan yurak o‘limi xavfini kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasidan keyin 1-tur QD bilan kasallangan bolalarda diabetik kardial avtonom neyropatiyani (DKAN) erta tashxislash mezonini klinik amaliyotga joriy etish 74 nafar bemor uchun 282680000 so‘mni tejashga erishilgan. Xulosa: DQAN ni erta tashxislashning taklif etilgan mezonlari bir nafar bemor hisobiga 10 kun shifoxonada davolanishi uchun uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 3820000 so‘mga 1 kun davolanishi uchun 382000 so‘mni iqtisod qilishga imkon bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan, 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan bolalarda surunkali yurak etishmovchiligining klinik belgilari bo‘lmagan holatda, spekl-treking exokardiografiya (STE) yordamida baholangan global bo‘ylama deformatsiya (GLS) ko‘rsatkichlarining -20% va -18,37% dan past bo‘lishi chap qorinchaning subklinik sistolik disfunksiyasining ishonchli erta belgilari (AUC=0,984, p<0,001, OR=2,2 ekanligining isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtirilgan ekspert Kengashi tomonidan 01.05.2024 yilda 03/274 va 03/275 sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan “Rannyaya diagnostika serdechnoy nedostatochnosti u detey s saxarnim diabetom 1-tipa posle perenesennoy COVID-19 infeksii” va “Immunologicheskie osobennosti endotelial`noy disfunksii u detey s saxarnim diabetom 1-tipa perenyosshix COVID-19 infeksiyu” nomli uslubiy tavsiyanomalarda aks ettirilgan va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasining 04.07.2024-yildagi 02/2255-son va 02/2256-son, Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 20.05.2024-yildagi 166 va 167-sonli buyruqlari va akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialiga 14.08.2024-yildagi 58-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 25.04.2025-yildagi 16/02-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgandan so‘ng QD1 bilan kasallangan bolalarda subklinik sistolik disfunksiyaning erta markeri sifatida GLS chegaraviy qiymatlarini aniqlash SYuE ning boshlang‘ich bosqichlarini o‘z vaqtida tashxislash, prognozni yaxshilash, nogironlikni kamaytirish va hayot sifatini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: 102 nafar bemorning 31 nafarida global bo‘ylama deformatsiyaning (GLS ) -20% va -18,37% dan past chegaraviy qiymatlari aniqlangan, bu esa o‘z vaqtida davolash choralarini korreksiyalash va SYuE rivojlanishini oldini olish imkonini bergan, shunday qilib, 28 ta yurak-qon tomir asoratlarining oldi olindi, iqtisodiy samaradorlik 106960000 so‘m tejashga erishilgan. Xulosa: COVID-19 infeksiyasidan keyin QD1 KVB bilan kasallangan bir nafar bemor hisobiga 10 kun shifoxonada davolanishi uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 3820000 so‘mga 1 kun davolanishi uchun 382000 so‘mni iqtisod qilishga imkon bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Tizimli yallig‘lanish javobi sindromida yallig‘lanishga qarshi jarayonning kompensator faollashuvi fonida qon tomir endotelial o‘sish omili (VEGF, AUC=0,979, p<0,001), fibrinogen (AUC=0,895, p<0,001) va D-dimer (AUC=0,984, p<0,001) darajalarining oshganligi endotelial disfunksiya va organizm qon tomiri shikastlanishiga bo‘lgan kompensator javobini aks ettirib, IL-1 (IL-1, AUC=0,939, p<0,001), IL-17 (IL-17, AUC=0,884, p<0,001), IL-10 (IL-10, AUC=0,957, p<0,001) hamda o‘smalar nekrozi omili alfa (TNF-α, AUC=0,922, p<0,001) kabi markerlarning yuqori qiymatlari qayd etilganligining isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtirilgan ekspert Kengashi tomonidan 01.05.2024 yilda 03/274 va 03/275 sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan “Rannyaya diagnostika serdechnoy nedostatochnosti u detey s saxarnim diabetom 1-tipa posle perenesennoy COVID-19 infeksii” va “Immunologicheskie osobennosti endotelial`noy disfunksii u detey s saxarnim diabetom 1-tipa perenyosshix COVID-19 infeksiyu” nomli uslubiy tavsiyanomalarda aks ettirilgan va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasining 04.07.2024-yildagi 02/2255-son va 02/2256-son, Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 20.05.2024-yildagi 166 va 167-sonli buyruqlari va akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialiga 14.08.2024-yildagi 58-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 25.04.2025-yildagi 16/02-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: VEGF, D-dimer, IL-1, IL-17 va boshqa biomarkerlar darajasini aniqlash COVID-19 infeksiyasidan keyin 1-tur qandli diabet bilan kasallangan bolalarda endoteliy disfunksiyasi va tizimli yallig‘lanishning og‘irligini erta bosqichlarda aniqlash imkonini beradi, bu esa qon tomir asoratlarining oldini olishga va salbiy oqibatlar xavfini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: endotelial disfunksiyaning diagnostik markerlarini joriy etish asosida 24 nafar bemorda davolash va profilaktika choralarini qo‘llash orqali qon tomir asoratlarining oldi olindi, bu esa statsionar davolanish uchun qo‘shimcha xarajatlarni 91680000 so‘mni tejashga imkon bergan. Xulosa: COVID-19 infeksiyasidan keyin QD1 bilan kasallangan bolalarda endotelial disfunksiyani tashxislash mezonlarini qo‘llash bir nafar bemor hisobiga 10 kun shifoxonada davolanishi uchun uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 3820000 so‘mga 1 kun davolanishi uchun 382000 so‘mni iqtisod qilishga imkon bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan 1-tur qandli diabetli bolalarda yurak-qon tomir buzilishlari va diabetik kardial avtonom neyropatiyani erta tashxislash uchun yurak morfometrik ko‘rsatkichlari, yurak ritmi o‘zgaruvchanligi, kardiomiotsitlar shikastlanishi biomarkerlari va endotelial disfunksiyaning aniqlash mezonlari ishlab chiqilganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtirilgan ekspert Kengashi tomonidan 01.05.2024 yilda 03/274 va 03/275 sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan “Rannyaya diagnostika serdechnoy nedostatochnosti u detey s saxarnim diabetom 1-tipa posle perenesennoy COVID-19 infeksii” va “Immunologicheskie osobennosti endotelial`noy disfunksii u detey s saxarnim diabetom 1-tipa perenyosshix COVID-19 infeksiyu” nomli uslubiy tavsiyanomalarda aks ettirilgan va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasining 04.07.2024-yildagi 02/2255-son va 02/2256-son, Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 20.05.2024-yildagi 166 va 167-sonli buyruqlari va akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialiga 14.08.2024-yildagi 58-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 25.04.2025-yildagi 16/02-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 dan keyin 1-tur QD bilan kasallangan bolalarda yurakning morfometrik ko‘rsatkichlari, kardiomiotsitlarning shikastlanish markerlari va endotelial disfunksiyaning ishonchli mezonlarini ishlab chiqish og‘ir asoratlarni erta tashxislash va oldini olish imkonini beradi, nogironlikni kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va tibbiy kuzatuv samaradorligini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yurakning morfometrik ko‘rsatkichlari, yurak ritmining o‘zgaruvchanligi, kardiomotsitlar shikastlanishining biomarkerlari va endotelial disfunksiyaning diagnostik mezonlarini klinik amaliyotga joriy etish 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan 28 nafar bemorning 21 nafarida KVNning og‘ir asoratlari xavfini kamaytirish, statsionar davolanish uchun qo‘shimcha xarajatlarni 80220000 so‘mni tejashga erishilgan. Xulosa: KVBni erta tashxislash mezonini qo‘llash va ularning og‘ir asoratlari xavfini kamaytirish bir nafar bemor hisobiga 10 kun shifoxonada davolanishi uchun uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 3820000 so‘mga 1 kun davolanishi uchun 382000 so‘mni iqtisod qilishga imkon bergan.