Gafarova Sitora Sobirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diabetik polineyropatiyaning klinik-diagnostik tamoyillari va davolashni takomillashtirish» 14.00.13 - Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib.4079.
Ilmiy rahbar: Xodjieva Dilbar Tadjievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Xaydarova Dildora Kadirovna, tibbiyot fanlari doktori professor; Halimova Zamira Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: I va II turdagi qandli diabetda diabetik polipolineyropatiyaning klinik kechishi, og‘irlik darajasini o‘rganish, diabetik polipolineyropatiyani tashxislashda gumoral immunitet rolini o‘rganish va kompleks davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sifat sezgi testlarining (Total Symptoms Score pozitiv simptomatika ifodalanishi va Neuropathy Disability Score sezuvchanlikning pasayish) shkalalari ahamiyati ilmiy jihatdan asoslangan;
diabetik polineyropatiya barcha bosqichlarida periferik nervlar neyrofiziologik ko‘rsatgichlari (M va S javob amplitudasi qo‘zg‘alishning tarqalish tezligining pasayishi, latentlikning oshishi) I va II tur qandli diabetning orasidagi tahlili isbotlangan;
I va II tur qandli diabetda kuzatiladigan diabetik polineyropatiya rivojlanishida immunologik status o‘zgarishi, neyrofiziologik ko‘rsatgichlar (M va S javob amplitudasi qo‘zg‘alishning tarqalish tezligining pasayishi, latentlikning oshishi) I va II tur qandli diabetga solishtirma tahlil qilinib, gumoral immun statusiga (IgA, IgM, IgG oshgan) asoslangan holda erta tashhislash mezonlari takomillashtirilgan;
I va II tur qandli diabetda kuzatiladigan diabetik polineyropatiya rivojlanishida klinik, immunologik status va neyrofiziologik ko‘rsatgichlarga asoslanib, erta tashhislash hamda davolashning (transmagnit stimulyasiya) bosqichli mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
"Diabetik polineyropatiyaning klinik-diagnostik tamoyillari va davolashni takomillashtirish" mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 11 yanvardagi 11/83-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: sifat sezgi testlarining (Total Symptoms Score pozitiv simptomatika ifodalanishi va Neuropathy Disability Score sezuvchanlikning pasayish) shkalalari ahamiyati ilmiy jihatdan asoslangan Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: diabetik polineyropatiya subklinik bosqichini erta tashxislashda klinik-nevrologik va neyrofiziologik tekshirish usullari ahamiyati o‘rganilib, diabetik polineyropatiyaning og‘ir bosqichlariga o‘tish xavfi oldi olishga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: diabetik polineyropatiyaning dastlabki bosqichlarida erta nevrologik buzilishlarni aniqlash orqali statsionar davo muddati qisqarishiga imkon yaratiladi. Aniqlangan nevrologik, neyrofiziologik buzilishlar rivojlanishini erta aniqlash orqali har bir bemorda byudjet mablag‘lari hisobidan 851200 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: olingan natijalarga asoslanib, an’anaviy yondashuvdan tashqari diabetik polineyropatiya bosqichiga ko‘ra rivojlanadigan nevrologik, neyrofiziologik buzilishlarni aniqlash natijasida 10 kunlik nevrologik statsionar xarajatlari hisobidan bir kunlik davolanish dori darmonlardan tashqari har bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini sutkasiga 401200 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: diabetik polineyropatiya barcha bosqichlarida periferik nervlar neyrofiziologik ko‘rsatgichlari (M va S javob amplitudasi qo‘zg‘alishning tarqalish tezligining pasayishi, latentlikning oshishi) I va II tur qandli diabetning orasidagi tahlili isbotlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: diabetik polineyropatiya subklinik bosqichini erta tashxislashda neyrofiziologik ko‘rsatgichlarning periferik nervlarga nisbatan ko‘rsatgichlari tahlil qilinib endokrinolog va nevrologlar uchun profilaktik mezon bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek, ushbu kasallik ustidan nazorat qilish imkonini beradi va davolashning shaxsiylashtirilgan usulini tanlash orqali profilaktik chora tadbirlar ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ambulator va statsionar sharoitida periferik nervlar holdatini tahlil etish orqali Diabetik polineyropatiyaning bosqichiga ko‘ra personalashtirilgan usulni tanlash dori vositasiga ketadigan mablag‘ni uchdan bir qismga qisqartirgan, ushbu miqdor har bir bemor uchun byudjet xarajatlarini 250000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: periferik nervlvr zararlanishi hamda glikrlangan gemoglobin orasidagi korrelyasion bog‘liqlikning mavjudligi neyrofiziologik tekshiruvlarda zararlanish shakllanishini bashoratlashdagi ahamiyatini tasdiqladi.
uchinchi ilmiy yangilik: I va II tur qandli diabetda kuzatiladigan diabetik polineyropatiya rivojlanishida immunologik status o‘zgarishi, neyrofiziologik ko‘rsatgichlar (M va S javob amplitudasi qo‘zg‘alishning tarqalish tezligining pasayishi, latentlikning oshishi) I va II tur qandli diabetga solishtirma tahlil qilinib, gumoral immun statusiga (IgA, IgM, IgG oshgan) asoslangan holda erta tashhislash mezonlari takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: I va II tur qandli diabetda kuzatiladigan diabetik polineyropatiya rivojlanishida qon zardobidagi gumoral immunitetning disbalansi o‘rganilganda diabetik polineyropatiyani erta bosqichlaridayoq rivojlanadigan nevrologik buzilishlarni erta tashxislashda immunoglobulinlar miqdori mutanosibligi nevrologik buzilishlarni chuqurlashib, og‘ir asoratlar rivojlanishini oldini olishga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: diabetik polineyropatiya va nevrologik buzilishlarni erta tashxislash natijasida bir nafar bemor hisobiga 200000 so‘mga iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: olingan ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishi diabetik polineyropatiyani hamda ushbu kasallik natijasida rivojlanadigan nevrologik buzilishlarni erta tashxislash keyinchalik rivojlanadigan asoratlarni kamaytirish, tibbiyot xodimlarining nevrologik asoratlarni rivojlanishda kuzatiladigan xavf omillarini aniqlash hamda davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: I va II tur qandli diabetda kuzatiladigan diabetik polineyropatiya rivojlanishida klinik, immunologik status va neyrofiziologik ko‘rsatgichlarga asoslanib, erta tashhislash hamda davolashning (transmagnit stimulyasiya) bosqichli mezonlari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: I va II tur qandli diabetda kuzatiladigan diabetik polineyropatiya rivojlanishida immunologik status o‘zgarishi, neyrofiziologik ko‘rsatgichlar va gumoral immun statusiga asoslanib erta tashhislashni takomillashtirish, transmagnit stimulyasiya usuli yordamida davolash optimallashtirish natijasida zaxira qobiliyati nevrologik asoratlarni erta tashxislash mezonlari bo‘lib, shakllanishini bashoratlovchi indikator sifatida qaraladi hamda o‘z vaqtida va maqsadga yo‘naltirilgan davoni olib borish imkonini yaratadi, bemorlarni qisqa muddatda mehnat qobiliyatini tiklashga va hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning statsionar murojaati 2 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar, instrumental tekshirish usullari soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga statsionar xarajatlari hisobidan bir kunlik davolanish dori darmonlardan tashqari har bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini sutkasiga 401200 so‘m, dori darmonlar hisobidan 250000 so‘m va erta tashxislash hisobidan 200000 so‘m miqdordagi jami 851200 so‘m xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ishlab chiqilgan laborator va instrumental mezonlardan foydalanib, erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan 851200 so‘mga iqtisod qilish imkonini berib, kasallikning keyingi bosqichlarga o‘tishini oldini olish, bemorlarning umumiy salomatligini va hayot sifatini yaxshilash bilan izohlanadi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Diabetik polineyropatiyaning klinik-diagnostik tamoyillari va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha Kogon shahar tibbiyot birlashmasi ( 2024 yil 7 noyabr`dagi 4011-2-208-TB/2024-son), Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (2024 yil 7 noyabrdagi 4013-2-208-TB/2024-son), RShTYoIM Navoiy filiali (2024 yil 7 noyabrdagi 100-son), RShTYoIM Navoiy filialining (2024 yil 7 noyabr` 101-son) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan va sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15-yanvardagi 11-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan 11/83-sonli ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosalar olingan.