Alyaviya Muzayyanaxon Nozimxonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maxsus davolovchi aralashmalar yordamida mukovicsidoz bilan kasallangan bolalarda kompleks davolash dinamikasida kasallik kechishining xususiyatlari”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: №B2023.1.PhD/Tib3333.
Ilmiy rahbar: Axmedova Dilorom Ilxamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oqsil gidrolizat asosli maxsus davolovchi aralashmalarni qo‘llash bilan olib borilgan kompleks davolash jarayonida bolalarda mukovissidoz kasalligining kechish xususiyatlarini nutritiv holat ko‘rsatkichlari asosida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mukovissidoz bilan kasallangan bolalarda barcha yosh toifalarida nutritiv holatning ishonchli ko‘rsatkichi — tana massasi indeksi (TMI)ning pasayishi aniqlangan, bu holat ayniqsa bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda yaqqol namoyon bo‘lib, ularda oziklanishni oqsil-energetik etishmovchiligi (OOEE) o‘g‘il bolalar 81,25% va qiz bolalarda 100,0% qayd etilgan, shuningdek, barcha yosh guruhlarida og‘ir OOEE holatlari qiz bolalarda bir yoshgacha — 77,8%, 7–10 yoshda — 20,0% (o‘g‘il bolalarda mos ravishda 56,3% va 0%) uchrashi isbotlangan;
mukovissidoz bilan kasallangan bolalarda insulinsimon o‘sish omili (IGF-1) va uning ta’sirini barqarorlashtiruvchi bog‘lovchi oqsil (IGFBP-3) nutritiv holatning biomarkeri, shuningdek mukovissidozda ALT va LDG fermentlari hamda fekal elastaza jigar funksiyasi va tashqi bez pankreatik etishmovchilikning markerlari ekani va IGF-1 darajasi bilan jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari (o‘sish — r=0,63; vazn — r=0,67; tana massasi indeksi — r=0,41) o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik, ALT va LDG darajalari o‘rtasidagi korrelyasiya (r=0,6) va fekal elastaza-1 miqdorining kamayishi (p<0,05), najasda yog‘ kislotalari va sovun mavjudligi, shuningdek, klinik belgilari va UZI ma’lumotlari bilan isbotlangan;
oqsil gidrolizat asosli davolovchi aralashma qabul qilgan bolalarda oziklanishni oqsil-energetik etishmovchiligi 17,9% ga kamayganligi, ayniqsa og‘ir darajadagi OOEE 12,7% ga pasayganligi, klinik va laborator ko‘rsatkichlar yaxshilanganligi(p<0,05), shuningdek, bolalarning shifoxonada yotishi o‘rtacha 3,5±1,08 kunga qisqarganligi(p<0,05), ayniqsa, ona suti bilan oziqlantirilgan va maxsus davolovchi aralashmalar (MDA) qabul qilgan bolalarda og‘ir OOEE holatlari 10,6% ga kamayganligi va tana massasi indeksi me’yorda bo‘lgan bolalar ulushi bir yoshgacha 2,6% dan 7–10 yoshda 43,7% gacha oshganligi, mukovissidozni kompleks davolashda oqsil gidrolizat davolovchi aralashmalarni qo‘llash samarali ekanligi isbotlangan;
hayot uchun xavfli bo‘lgan orfan kasalligi mukovissidoz bilan kasallangan bolalarda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishning har bir bosqichida chakaloklik va hayotning birinchi yilidan boshlab erta aniqlash, o‘z vaqtida davolash va nogironlik bo‘yicha hisobga olish kasallik kechishining prognoziga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, bolalarning o‘sish va rivojlanishi yaxshilandi, bronx-o‘pka va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari 2,2 martaga kamaydi (p<0,05) va o‘lim holatlari 3,0% ga qisqarganligi maxsus algoritmni joriy etish samarali ekaniligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan ilmiy natijalar asosida kompleks davolash dinamikasida oqsil gidrolizat asosli aralashmalarni qo‘llash mukovissidoz kechish xususiyatlarini aks ettiruvchi, nutritiv xolatni baxolash va ovqatlanishni muvofiqlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: mukovissidoz bilan kasallangan bolalarda barcha yosh toifalarida nutritiv holatning ishonchli ko‘rsatkichi — tana massasi indeksi (TMI)ning pasayishi aniqlangan, bu holat ayniqsa bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda yaqqol namoyon bo‘lib, ularda oziklanishni oqsil-energetik etishmovchiligi (OOEE) o‘g‘il bolalar 81,25% va qiz bolalarda 100,0% qayd etilgan, shuningdek, barcha yosh guruhlarida og‘ir OOEE holatlari qiz bolalarda bir yoshgacha — 77,8%, 7–10 yoshda — 20,0% (o‘g‘il bolalarda mos ravishda 56,3% va 0%) uchrashi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2025 yil 26 fevraldagi №03/339-sonli Ilmiy kengashi qarori bilan tasdiqlangan «Mukovissidozga chalingan bolalarda maxsus davolovchi aralashmalar asosida kompleks davolash va nutritiv holat dinamikasi» bo‘yicha uslubiy tavsiyalarga kiritilgan va taqdim etilgan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 20 martdagi №31-son va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining №23-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi №16/11 xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: vazn-bo‘y indeksini — nutritiv holatning eng ishonchli ko‘rsatkichini o‘z vaqtida aniqlash va monitoring qilish xavf guruhidagi va mukovissidozli bolalarda og‘ir shakldagi OOEE xavfi mavjud bo‘lgan guruhlarni aniqlash imkonini hamda davolashning boshlang‘ich bosqichlarida medikamentoz davo bilan birgalikda MDA qo‘llangan nutritiv qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga yordam beradi, bu esa bolalarning jismoniy rivojlanishini yaxshilash, mukovissidoz asoratlari tez-tez qaytalanish holatlarini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mukovissidozning asosiy asorati — OOEE barvaqt aniqlash va profilaktika qilish uning ilk bosqichlarida amalga oshirilganda, bir nafar bolani 10 kunlik davolash uchun 8936550 so‘mgacha mablag‘ tejash imkonini bergan (10 koyka-kun — 3663550 so‘m, ovqatlanish 300000 so‘m, medikamentoz terapiya 5000000 so‘m) va bu orqali 32 nafar bemorni davolashda esa umumiy byudjet ortiqcha sarf xarajatlarni 286833600 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: nutritiv holat buzilishlarini erta aniqlash orqali 1 nafar bola uchun 8936550 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: mukovissidoz bilan kasallangan bolalarda insulinsimon o‘sish omili (IGF-1) va uning ta’sirini barqarorlashtiruvchi bog‘lovchi oqsil (IGFBP-3) nutritiv holatning biomarkeri, shuningdek mukovissidozda ALT va LDG fermentlari hamda fekal elastaza jigar funksiyasi va tashqi bez pankreatik etishmovchilikning markerlari ekani va IGF-1 darajasi bilan jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari (o‘sish — r=0,63; vazn — r=0,67; tana massasi indeksi — r=0,41) o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik, ALT va LDG darajalari o‘rtasidagi korrelyasiya (r=0,6) va fekal elastaza-1 miqdorining kamayishi (p<0,05), najasda yog‘ kislotalari va sovun mavjudligi, shuningdek, klinik belgilari va UZI ma’lumotlari bilan isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2025 yil 26 fevraldagi №03/339-sonli Ilmiy kengashi qarori bilan tasdiqlangan «Mukovissidozga chalingan bolalarda maxsus davolovchi aralashmalar asosida kompleks davolash va nutritiv holat dinamikasi» bo‘yicha uslubiy tavsiyalarga kiritilgan va taqdim etilgan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 20 martdagi №31-son va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining №23-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi №16/11 xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: insulinsimon o‘sish omili IGF-1, ALT, LDG va fekal elastazani buzilishlarini erta bosqichlarda aniqlash, og‘ir shakldagi OOEE hamda jigar faoliyatining buzilishi va tashqi pankreatik etishmovchilikka oid asoratlarning oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Mukovissidozli bolalarda insulinsimon o‘sish omilini (IGF -1) aniqlash jismoniy rivojlanishning og‘ir buzilishlarini kamaytirishga xizmat qildi hamda pediatr va bolalar endokrinologi ko‘rigidan o‘tish - o‘rtacha 98756 so‘m, qo‘l suyagi rentgenografiyasi 60000 so‘m, IGF -1ni aniqlash 220000 so‘m, gepatolog ko‘rigi 49378 so‘m, ALT va LDG tahlili 92000 so‘m, qorin bo‘shlig‘ining MSKT tekshiruvi 215320 so‘m hamda gepatoprotektor dori vositalarini bir kurs davosi uchun qabul qilish 55600 so‘m kabi xarajatlarning kamayishiga olib keldi, natijada, bir nafar bola uchun umumiy tejamkorlik 791054 so‘m tashkil etgan, 32 nafar bemorni uchun esa byudjet mablag‘laridan 25313728 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: mukovissidoz bilan kasallangan bolalarda insulinsimon o‘sish omilini aniqlash jismoniy rivojlanishdagi og‘ir buzilishlarini kamaytirishga xizmat qildi, ALT, LDG va fekal elastazani o‘z vaqtida aniqlash esa jigar faoliyatiga oid asoratlarning oldini olish va 1 nafar bolani davolashga yo‘naltiriladigan mablag‘dan 791054 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda oziklanishni oqsil-energetik etishmovchiligi 17,9% ga kamayganligi, ayniqsa og‘ir darajadagi OOEE 12,7% ga pasayganligi, klinik va laborator ko‘rsatkichlar yaxshilanganligi(p<0,05), shuningdek, bolalarning shifoxonada yotishi o‘rtacha 3,5±1,08 kunga qisqarganligi(p<0,05), ayniqsa, ona suti bilan oziqlantirilgan va maxsus davolovchi aralashmalar (MDA) qabul qilgan bolalarda og‘ir OOEE holatlari 10,6% ga kamayganligi va tana massasi indeksi me’yorda bo‘lgan bolalar ulushi bir yoshgacha 2,6% dan 7–10 yoshda 43,7% gacha oshganligi, mukovissidozni kompleks davolashda oqsil gidrolizat davolovchi aralashmalarni qo‘llash samarali ekanligi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2025 yil 26 fevraldagi №03/339-sonli Ilmiy kengashi qarori bilan tasdiqlangan «Mukovissidozga chalingan bolalarda maxsus davolovchi aralashmalar asosida kompleks davolash va nutritiv holat dinamikasi» bo‘yicha uslubiy tavsiyalarga kiritilgan va taqdim etilgan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 20 martdagi №31-son va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining №23-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi №16/11 xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mukovissidozni kompleks davolashda MDA qo‘llanilishi bolalar uchun to‘liq nutritiv qo‘llab-quvvatlashni ta’minlab, barcha yosh guruhlarda kasallikning kechishi va prognozini yaxshilashga olib keladi, bunda OOEE rivojlanishi, bronx-o‘pka va oshqozon-ichak kasalliklarining og‘irlashuv holatlari, bolalarning shifoxonada yotish muddatlari qisqaradi, remissiya davrlari uzayadi, samaradorlik esa ona suti va MDA bilan oziqlanayotgan bolalarda yanada yuqori bo‘lish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mukovissidozni kompleks terapiyasida MDA qo‘llanilishi nutritiv holatning yaxshilanishiga, og‘irlashuvlar sonining kamayishiga olib keldi, bu esa statsionarga murojaatlar sonini kamaytirishga xizmat qildi va bir nafar bolani 10 kun davomida davolash xarajatlari (10 koyka-kun 3663550 so‘m, ovqatlanish 300000 so‘m, medikamentoz terapiya 5000000 so‘m) o‘rtacha 8963550 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan, 32 nafar bemorni davolashda esa umumiy byudjet mablag‘laridan 286833600 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: MDAni kompleks davolash tarkibida o‘z vaqtida qo‘llash bronxo‘pka va oshqozon-ichak kasalliklari og‘irlashuvi sonini kamaytirishga, shifoxonada yotish muddati qisqarishiga va remissiya davrining uzayishiga olib keldi va 1 nafar bolani davolash uchun mo‘ljallangan 8963550 so‘m miqdoridagi mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi yangilik: hayot uchun xavfli bo‘lgan orfan kasalligi mukovissidoz bilan kasallangan bolalarda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishning har bir bosqichida chakaloklik va hayotning birinchi yilidan boshlab erta aniqlash, o‘z vaqtida davolash va nogironlik bo‘yicha hisobga olish kasallik kechishining prognoziga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, bolalarning o‘sish va rivojlanishi yaxshilandi, bronx-o‘pka va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari 2,2 martaga kamaydi (p<0,05) va o‘lim holatlari 3,0% ga qisqarganligi maxsus algoritmni joriy etish samarali ekaniligi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2025 yil 26 fevraldagi №03/339-sonli Ilmiy kengashi qarori bilan tasdiqlangan «Mukovissidozga chalingan bolalarda maxsus davolovchi aralashmalar asosida kompleks davolash va nutritiv holat dinamikasi» bo‘yicha uslubiy tavsiyalarga kiritilgan. Taqdim etilgan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 20 martdagi №31-son va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining №23-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi №16/11 xulosasi Ijtimoiy samaradorligi: birlamchi bo‘g‘in tibbiyot xodimlari uchun ishlab chiqilgan mukovissidozli bolalarni erta aniqlash va kuzatish algoritmi kasallikni erta aniqlash hamda bolalarni nogironlik hisobiga o‘z vaqtida olishni ta’minlaydi, bu esa mukovissidoz kechishining prognoziga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va bolalarni gospitalizatsiya qilish, davolash hamda doimiy ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan mablag‘larni tejash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bir nafar bolani 10 kun davomida davolash xarajatlari (10 koyka-kun 3663550 so‘m, ovqatlanish 300000 so‘m, medikamentoz terapiya 5000000 so‘m) o‘rtacha 8963550 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan, 32 nafar bemorni davolashda esa umumiy byudjet mablag‘laridan 286833600 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Birlamchi bo‘g‘in tibbiyot xodimlari uchun ishlab chiqilgan mukovissidozli bolalarni barvaqt aniqlash va kuzatish algoritmi ushbu kasallikni erta aniqlashga hamda 1 nafar bolani davolash hisobiga byudjet mablag‘larini 8963550 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.