Axmedova Dilafro‘z Bahodirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
    

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh og‘riq surunkali shakllarining klinik-neyrofiziologik va neyroimmunologik o‘ziga xosligi, davolashni optimallashtirish usullari» 14.00.13 - Nevrologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc /Tib.849. 
Ilmiy rahbar: Xodjieva Dilbar Tadjievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Xaydarova Dildora Kadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliqulova Nigora Abduqodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shomurodova Dilnoza Salimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bosh og‘riq surunkali shakllari klinik-neyrofiziologik, neyroimmunologik o‘ziga xosligini o‘rganish, davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektroensefalografiyada peshona sohasidagi sekin to‘lqinlar bilan kognitiv buzilishlar o‘rtasida va psixoemotsional buzilishlarning og‘riq intensivligi bilan kuchli musbat korrelyasiya aniqlanib, migrenning og‘irlashuvini ko‘rsatuvchi indikator ekanligi aniqlangan; 
elektroensefalografik tahlillar asosida aurali va aurasiz migrenda peshona sohasida sekin to‘lqinlar va past amplitudali al`fa faollik, abuzusli bosh og‘riqda vizual reaktivlik pasayishi va to‘lqin amplitudasi kamayishi, surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘ida esa ritm barqarorligi va al`fa dominantlik saqlanishi isbotlangan;
qon zardobida 25(ON)-D darajasi past bo‘lgan bemorlarda ilk bor migren` hurujlarining ko‘proq kuzatilishi va og‘riq intensivligining yuqoriroq bo‘lishi asoslangan;
surunkali migrenning aurali va aurasiz shakllarida xuruj vaqtida interleykin-1β, IL-6 darajalari ishonchli oshishi, interleykin -10 (IL-10) pasayishi, remissiya davrida esa interleykin-1β nisbatan yuqori darajada saqlanishi, surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘i va abuzusli bosh og‘riqlarda bu sitokinlarning faol emasligi, S- reaktiv oqsilning barcha guruhlarda oshishi asoslangan;
surunkali bosh og‘riqning klinik-nevrologik va neyroimmunologik  belgilari namoyon bo‘lishiga ko‘ra davolash differensial yondashuv algoritmi patogenetik mexanizmlarni inobatga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buxoro davlat tibbiyot institutining 2025 yil 1-apreldagi №04/3113-sonli xatiga ko‘ra quyidagi ilmiy yangilik va samaradorliklarga erishilgan:
birinchi ilmiy yangilik: elektroensefalografiyada peshona sohasidagi sekin to‘lqinlar bilan kognitiv buzilishlar o‘rtasida va psixoemotsional buzilishlarning og‘riq intensivligi bilan kuchli musbat korrelyasiya aniqlanib, migrenning og‘irlashuvini ko‘rsatuvchi indikator ekanligi aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali bosh og‘riqlarida havotir va depressiyani  davolash bemorlarni nisbatan tez muddatlarda oyoqqa turishiga, davolanish kunlari qisqarishiga, mehnat faoliyatiga qaytishiga sabab bo‘lib, mehnat qobiliyati tiklanishi orqali nogironlik kuzatilishi mumkin bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘rtacha davolanish kuni surunkali migrenda 1,3 kunga, SZBOda 1,2 kunga va abuzusli BOda 1,7 kunga qisqarishiga olib keldi. https://technomed.uz/ dasturi hisoblash natijalari surunkali BOda bir kunlik davolanish byudjet hisobidan 104210.80 so‘mni tashkil qilib, ushbu mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: surunkali BO bilan bir kunlik davolanish statsionar harajatlari dori darmonlardan tashqari har bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini sutkasiga 104210.80 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: elektroensefalografik tahlillar asosida aurali va aurasiz migrenda peshona sohasida sekin to‘lqinlar va past amplitudali al`fa faollik, abuzusli bosh og‘riqda vizual reaktivlik pasayishi va to‘lqin amplitudasi kamayishi, surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘ida esa ritm barqarorligi va al`fa dominantlik saqlanishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: bosh og‘rig‘i bo‘yicha tashxis qo‘yishdagi ishonchlilik oshishi, davolash protokollarining individuallashuvi va bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishiga zamin yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: noto‘g‘ri tashxislar va ularga bog‘liq ortiqcha tibbiy xarajatlarning kamayishi, samarali davolash natijasida mehnat qobiliyati tiklangan bemorlar sonining ortishi orqali  har bir bemorda byudjet mablag‘lari hisobidan 240.700 so‘m iqtisod qilishga erishilgan, hamda tibbiyot muassasalarida resurslarni optimal taqsimlash orqali tizim samaradorligining oshishi ta’minlandi. Xulosa: klinik neyrofiziologiya sohasida diagnostika va terapevtik yondashuvlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi va 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini sutkasiga 240.700 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: qon zardobida 25(ON)-D darajasi past bo‘lgan bemorlarda ilk bor migren` hurujlarining ko‘proq kuzatilishi va og‘riq intensivligining yuqoriroq bo‘lishi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: Vitamin D etishmovchiligini bartaraf etish bosh og‘riq hurujlarining kamayishiga olib kelib, bemorlarning kundalik turmush faoliyatini yaxshilaydi, ish qobiliyatini saqlaydi va ta’lim jarayonidagi uzilishlarni kamaytiradi. Shu orqali jamiyatda sog‘lom va faol aholi ulushi oshadi, psixologik barqarorlik ta’minlanadi va umumiy ijtimoiy samaradorlikka erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: vitamin D etishmovchiligini erta tashxislash natijasida bir nafar bemor hisobiga 15.400 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Olingan ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishi vitamin D darajasini nazorat qilish va etishmovchilikni bartaraf etish orqali bosh og‘riq hurujlarini kamaytirish, hamda davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali migrenning aurali va aurasiz shakllarida xuruj vaqtida interleykin-1β, IL-6 darajalari ishonchli oshishi, interleykin -10 (IL-10) pasayishi, remissiya davrida esa interleykin-1β nisbatan yuqori darajada saqlanishi, surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘i va abuzusli bosh og‘riqlarda bu sitokinlarning faol emasligi, S- reaktiv oqsilning barcha guruhlarda oshishi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: kardioembolik insul`tning o‘tkir davrida  nevrologik buzilishlar hamda koagulogramma Migren patogenezida yallig‘lanish sitokinlari (IL-6, IL-1β, IL-10) va S-reaktiv oqsil (SRO) darajasining huruj paytida ishonchli oshishi va remissiya davrida pasayishi, klinik dinamikani molekulyar darajada monitoring qilish imkonini yaratadi. Bu biomarkerlar asosida individuallashtirilgan yondashuvlar hurujlarni erta aniqlash va samarali davolashga zamin yaratadi. Ilmiy jihatdan asoslangan mazkur yondashuv aholi o‘rtasida bosh og‘riq holatlarini kamaytiradi, ish qobiliyatini saqlaydi, hamda o‘z vaqtida va maqsadga yunaltirilgan davoni olib borish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning statsionar murojaati 2 martaga kamayadi, hurujlar soni yiliga 30% kamayishi hisobidan har bir nafar bemorga byudjet hisobidan 150.400 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan.  Xulosa: ishlab chiqilgan laborator mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan   150.400 so‘mga  iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: surunkali bosh og‘riqning klinik-nevrologik va neyroimmunologik  belgilari namoyon bo‘lishiga ko‘ra davolash differensial yondashuv algoritmi patogenetik mexanizmlarni inobatga olgan holda takomillashtirilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlar uchun individual rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda, reabilitatsiya, kasbga qaytarish va psixo-ijtimoiy yordam choralarini samarali tarzda joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy samaradorligi: bosh og‘riq bilan bog‘liq ish kuni yo‘qotishlari, shifoxona xarajatlari va samarasiz davolash oqibatida vujudga kelgan xarajatlar milliy iqtisodiyot uchun salmoqli yuk hisoblanadi. SF-36 asosida yuqori xavf guruhlaridagi bemorlar erta aniqlanib, maqsadli intervensiyalarga yo‘naltirilishi, ish kunlarini yo‘qotishni kamaytirish, psixo-emotsional muvozanatni tiklash va qayta jamiyatga moslashuvni ta’minlash imkoni orqali sog‘liqni saqlash xarajatlari kamayishi hisobidan har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘lardan 418300 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 651800 so‘m  iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: SF-36 so‘rovnomasi asosida aniqlangan hayot sifati va ijtimoiy faollikdagi pasayish holatlari migren va surunkali bosh og‘riqlarning ahamiyatli funksional oqibatlarga olib kelishiga dalolat beradi. Erta skrining va maqsadli intervensiya orqali kognitiv va ijtimoiy imkoniyatlarni tiklash, ish qobiliyatini saqlash hamda sog‘liqni saqlash tizimida iqtisodiy yukni kamaytirish mumkin. Shu jihatdan, SF-36 kabi kompleks baholash vositalarining klinik amaliyotga integratsiyasi yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bosh og‘riq surunkali shakllarining klinik-neyrofiziologik va neyroimmunologik o‘ziga xosligi, davolashni optimallashtirish usullari» mavzusidagi tadqiqot natijalari ilmiy yangiliklarni sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (2025 yil 4 apreldagi 475-2-42-TB/2025-son buyruq), Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (2025 yil 5- apreldagi 116-U-son buyruq), Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (2025 yil 2 apreldagi 1467-3-55-TB/2025-son buyruq) bilan amaliyotga joriy qilingan va sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 22-maydagi 18-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan №18/28-sonli ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i buyicha xulosa olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish