Xasanova Shaxzoda Abdujabbor qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Mo Yanning “Musallas mamlakati” romani o‘zbekcha tarjimasida fe’l frazeologizmlarning berilishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5386
Ilmiy rahbar: Ismatullaeva Nargiza Rasuljanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyamuhamedov Jasur Tashpulatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qurbonova Gulsara Sodiqovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klari instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xitoy tilidagi fe’l frazeologizmlarda variantlilik, polisemiya, sinonimiya va antonimiya hodisalarining tarjimada ifodalanishini, shuningdek, muqobilli hamda muqobilsiz fe’l frazeologizmlarning tarjima xususiyatlarini Mo Yanning “Musallas mamlakati” asari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xitoy tilidagi variantdosh fe’l frazeologizmlarning o‘zbek tilida identik tarjima variantini berish, polisemiya sharoitida esa kontekstual tarjima usulining qo‘llanilishi aniqlangan;
fe’l frazeologizmlar ma’noviy, ekspressiv-stilistik, funksional xususiyatlarga ko‘ra o‘z sinonimlariga ega bo‘lishi, qarama-qarshilik xususiyatiga ko‘ra esa mantiqiy va semantik antonim shakllarining mavjud bo‘lishi asoslangan;
xitoy tilidagi o‘zbek tilida ekvivalenti va muqobili mavjud fe’l frazeologizmlar son jihatdan kamligi va har doim ham tarjimada fe’lli ibora shaklida berilmasligi aniqlangan;
xitoycha muqobilsiz fe’l frazeologizmlarni o‘zbek tiliga o‘girishning kal`kalash, tasviriy (eksplikatsiya) usul, ma’lumot qo‘shish, tushirib qoldirish va so‘z yoki so‘z birikmasi vositasida berish kabi tarjima usullari orqali amalga oshirilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xitoy tilida fe’l frazeologizmlarning turlari, semantik jihatlari va o‘zbek tiliga tarjima qilish xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
xitoy tilida frazeologizmlari shakllanishining omillari Xitoydagi ijtimoiy qatlamlar nutqida qo‘llanadigan turg‘un birliklar bo‘yicha olingan natijalar hamda xulosalardan F1-136 “O‘zbekiston va xitoy madaniy obidalari” (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2025-yil 2-martdagi 02-04-02/353-sonli ma’lumotnomasi) o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan. Ilmiy natijalarning tatbiqi xitoy va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarning tilshunoslikdagi o‘rni, ularning semantikasi hamda tarixiy taraqqiyotini ochib berishga xizmat qilgan;
xitoy va o‘zbek tillarida frazeologizmlarning tasnifiy xususiyatlari, ular o‘rtasidagi struktur va semantik tafovutlar masalalariga oid tadqiqot natijalaridan Xitoy Xalq Respublikasi Pekin Markaziy millatlar universiteti Akademik tadqiqotlar bo‘limida RX-167201960 “Masofaviy ta’lim tashkillashtirish va isloh qilish (O‘zbek tili grammatikasi 1)” (2020-2023-yillar) loyihasida foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi Pekin Markaziy millatlar universitetining 2023-yil 15-fevraldagi ma’lumotnomasi). Olingan natijalar Xitoy Xalq Respublikasi Pekin Markaziy millatlar universiteti (Minzu university of China)da o‘zbek tili va madaniyati bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishda hamda xitoyliklar uchun “O‘zbek tili” darsligini tayyorlashga xizmat qilgan;
hozirgi xitoy tilidagi fe’l frazeologizmlarning leksik-grammatik xususiyatlari va o‘zbek tiliga tarjimasi masalalariga oid tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan ayrim ko‘rsatuvlar hamda “Foreign Languages” telekanalining “Good morning, Uzbekistan!” ko‘rsatuvi ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2024-yil 10-yanvardagi 01-24-54-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tatbiqi efirga uzatilgan ko‘rsatuvlarning ilmiy dalillarga boy bo‘lishi va ilmiy-ommabopligini ta’minlagan.